Evolyutsiya nazariyasi


-Mavzu YERDA HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI



Download 10,57 Mb.
bet7/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

6-Mavzu YERDA HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI
Hayotning kelib chiqishi muammosi qadimdan tabiatshunoslarni qiziqtirib kelagan. Qadimda yerda hayotning anorganik (o‘lik) moddalardan kelib chiqqanligini isbotlovchi ilmiy dalillar nihoyat kam bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan. Idealistik namayondalar esa o‘simlik, hayvon va odamlarni hozirgidek mukammal holda yaratgan deb tushuntirganlar.
Qadimgi Misr va xind afeonalarida tirik organizmlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi qayd etilgan. Qadimgi Gretsiya faylasuflari, Jumladan Aristotel ham tirik mavjudotlarni to‘satdan paydo bo‘lishini e’tibof etgan. Masalan, chuvalchanglar, molyuskalar, hasharotlar alohida hayotiy kuch ta’sirida chirayotgan go‘sht va go‘ngdan rivojlanadi deb tushuntirgan. XVII asrgacha bunday tushunchani targ‘ib qilish ommaviy formaga aylandi.
Demak, bungacha va undan keyin ham, hatto materialistlarda ham bu savolga javob berish uchun yetarli ma’lumotlar yo‘q edi.
XVI asrda yashagan biolog vrach Van Gelmont sichqonlar dondan (urug‘dan), shived vrachi Flipp Paratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo‘ladi, degan fikrni aytganlar. Paratsels hatto kichkina tirik odam gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzib chiqqan. Bu retseptga ko‘ra, parchalanayotgan siydik bilan otquloqni aralashtirib, keyin uning otning oshqozoniga joylashtirib qo‘yish kerak. Unda odam-gomenkulis rivojlanar emish.
XVII asrda italiyalik vrach Franchesko Redi hayotining o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini tajribada isbotladi. U bir necha shisha idishlarga bir parchadan go‘sht solib, ba’zilarini ochiq qoldirdi, ba’zilarini og‘zini doka bilan yopib qo‘ydi. Ochib qoldirilgan shishalardagi go‘shtga pashsha qo‘nib, tezda qurtlar paydo bo‘ldi, yopig‘idagi go‘shtlar sasisa ham qurt paydo bo‘lmadi. Demak, qurtlar hasharotni tuxumidan rivojlangan, sasigan go‘shtdan qurt paydo bo‘lmaydi.
Mikroskopni kashf etilishi XVII asrda mikrooganizmlar va mayda hayvonlarni o‘rganishga imkon yaratdi. Natijada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishini ba’zi olimlar eksperemental yo‘l bilan isbotlashga urundilar. M: Angliyalik olim Inxem 1745 yilda ivitilgan pichanda o‘z-o‘zidan infuzoriyalar paydo bo‘lishini isbotlashga urundilar.
Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishini J.L.Byuffon ham qo‘llab-quvvatladi. Lamark namlik, issiqlik, yorug‘lik ta’sirida hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, deydi.
1862 yilda Fransuz mikrobiologi Lui Paster hayotni o‘z-o‘zidan paydo bo‘la olmasligini tajriba asosida xatto eng mayda bakteriyalardan ham o‘ziga o‘xshashini paydo bo‘lishini isbotladi. Pasterning bu ishlari e’lon qilingandan keyin hayot mangu deb davo qiluvchi idealistlar kosmozoy va panspermiya gepotezalarini e’lon qildilar. Kosmozoy kurtaklar g‘oyasini birinchi marta 1865 yilda nemis vrachi G.Rixter oldinga surdi. U hayot mangudir, uning boshlang‘ich kurtaklari bir planetadan ikkinchisiga ko‘chib kiradi, deydi. Organizmlar juda baland osmondan meteroitlarga yopishib yerga tushadi, deydi. Uning fikrlarini V.Topson va G.Gelmgolslar ham quvvatlaydi.
Panspermiya gipotezasini 1907 yilda Shved olimi Svante Arrenius tomonidan taqdim etildi. Uning fikricha meteroitlar harakatlanganda undagi hayot kurtaklari o‘ladi, deb kosmozoy gepotezasini inkor etadi. U hayot mangu, deydi. Tirik, mayda organizmlar quyoshga tortiladi, ana shu tortilish paytida ular boshqa planetalarga tushib qoladi. Bu ikkala gipoteza hayotning mangulgini tan oladi, lekin hayotning kelib chiqishini materialistik tarzda hal eta olmaydi. Hayot materiya harakatining alohida formasidir, degan dialektik qoidaga asoslanib haytning kelib chiqish muammosi materialistik tarzda hal etildi.

Yerda hayotning kelib chiqishi to‘g‘risidagi materialistik gipotezalar


Rossiyalik olim A.I.Oparin 1924 yilda, Angliyalik olim D.Xoldeyn 1928 yilda yerda hayotning paydo bo‘lishi xaqida abiogen gipoteza yaratdilar.
A.I.Oparin bu gipotezani yaratishda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va boshqa zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi. Uning fikricha: yerda hayot boshqa planetalardan ko‘chib kelmaydi, balki materiyaning tarixiy taraqqiyoti tufayli abiogen (a-inkor, bio-tirik, gen-rivojlanish) jismlardan, ya’ni o‘lik tabiatdan paydo bo‘lgan. Abiogen jismlardan dastlab biogen jismlar, ya’ni fotosintez va xemosintez sodir bo‘luvchi organik jismlar paydo bo‘lgan. Oparin gipotezasiga ko‘ra, yerda hayotning paydo bo‘lishi 3 ta bosqichdan iborat: 1) organik moddalarning paydo bo‘lishi; 2) oqsillarning paydo bo‘lishi; 3) oqsil jismlarning paydo bo‘lishi.
1. Birinchi bosqich-organik moddalarining paydo bo‘lishi (ximiyaviy bosqich). Yerda hayotning dastlabki ko‘rinishi- organik moddalar ximiyaviy usul bilan paydo bo‘lgan. Bu quyosh, yulduzlar va boshqa planetalarni o‘rganish asosida aniq bo‘ldi. Quyoshdagi 6000˚ S da tirik organizmlar yashay olmaydi. Shuning uchun u yerda uglerod brikamalari tirik organizmsiz sintezlangan. Yupiterda – 135˚ S da ham hayot yo‘q, lekin u yerda ham organik moddalar bor. Meteroitlarda ham uglerodli, vodorodli va oltingugurtli birikmalar bor. Yerda hayot paydo bo‘lmasdan oldin organik moddalar ana shunday sof ximiyaviy usul bilan hosil bo‘lgan.
Yer tarkibida karbidlar shaklidagi anorganik uglerodlar, ya’ni uglerodning metallar bilan birikmasi yerning asosiy qatlamini tashkil etadi. Ular keyinchalik yerning yuzasiga chiqib qolgan. D.I.Mendeleyev karbidlarni suvga erishi natijasida yer yuzasiga chiqib qolganligini aytgan edi. Bunda suv malekulasidagi kislorod uglerod bilan brikib uglevodlar hosil qilgan. M: kalsiy karbid suv bilan brikib kalsiy gidrooksid va atsetilen hosil qilgan.
1868-69 yillarda radiospektroskopiya yordamida yulduzlar orasida formaldegid va ammiak borligi aniqlandi. Quyoshdagi yuqori temperatura har xil nurlar, elektr zaryadlari organik moddalarni ximiyaviy sinteziga sababchi bo‘lgan. Astronom olimlar v.A.Ambarsumyan, V.G.Fesenkov va O.Y.Shmidt planetani, jumladan yulduzlarni xosil bo‘lishi protsessini aniqlab chiqdilar. Yulduzlar juda ko‘p bo‘lib, ularning yig‘indisi golaktika deb ataladi. Golaktikada 150 mld yulduz bor.
Organik moddalarning abiogen (ximiyaviy) usulda hosil bo‘lishini amarikalik olim S.Miller 1951-1957 yillarda isbotladi. U ammiak, metan, vodorod va suv bug‘ini kolbaga solib 80˚ S gacha qizdirgan va elektrodlar orqali elektr toki yuborganda kolbada aminokislotalar va boshqa organik moddalar hosil bo‘lishini kuzatgan. Rus olimlari Pavlovskaya va Pasinskiylar yuqoridagi gazlardagi vodorod o‘rniga kislorod oqsidini qo‘shib, nurlar ta’sirida aminokislotalar hosil qildi. Eybelson degan olim metan, ammiak vodorod, suv bug‘i, SO2, azotdan iborat gazlar aralashmasidan aminokislotalar hosil qildi. Astronomlar fikricha, planetalar sistemasi gazsimon, changsimon moddalardan gazsimon xolatda bo‘lgan. Ular ba’zan bug‘lanib bulutlarni xosil qiladi.
O.Y.Shmidt gipotezasiga ko‘ra, planetalar sistemasi gazlar xosil qilgan bulutlardan hosil bo‘lgan. Bu gazlarning bir qismidan quyosh, ikkinchi qismidan yer va boshqa planetalar hosil bo‘lgan. Yer qattiq jismlardan paydo bo‘lgan va dastlab sovuq bo‘lgan, keyinchalik radioaktiq parchalanish natijasida ko‘p qizigan. Og‘ir jismlar pastga va markazga, gazlar yuqoriga ko‘tarilgan. Shunday qilib, birinchi bosqichda turli moddalarning evolyutsiyasi natijasida oldin oddiyroq murakkab moddalar, keyin uglevodorodlar, yog‘lar, oxaksimon nuklein kislotasimon moddalar abiogen usul bilan hosil bo‘lgan. Bu moddalar suvli muhitlarda ko‘proq uchraydi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish