Evolyutsiya nazariyasi


Tirik organzmlarning paydo bo‘lishi



Download 10,57 Mb.
bet10/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Tirik organzmlarning paydo bo‘lishi
Oqsil tomchilar va nuklein kislotalar simbiozi natijasida paydo bo‘lgan protobiontlar keyinchalik yanada takomillashib, tirik organizmlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
1.Mikroorganizmlarning kelib chiqishi. Viruslarning kelib chiqishi haqida 3 xil gipeteza bor;
1. Viruslar primitiv, hujayrasiz (protobiont) formalardan kelib chiqqan. YA’ni protobiontga nuklein kislotalar kirib axborot to‘plash, uzatish, qabul qilish vazifalarini bajargandan keyin ular viruslarga aylangan.
2. Viruslar parazitlikka o‘ta moslashish natijasida o‘zgargan mikroorganizmlardan kelib chiqqan.
3. Viruslar huja yra organoidlari-mitoxondriylar, plastidlardan kelib chiqqan. Bu gipotezalarning qaysi biri xaqiqatga yaqinligi hozirgacha aniqlanmagan.
2. Bir hujayrali organizmlarning kelib chiqishi. Yaqin vaqtlargacha hayotning eng qadimiy yoki dastlab paydo bo‘lgan vakillari xaqida ma’lumotlar juda kam edi. Chunki ular nihoyatda mayda va nozikligi uchun ham kam o‘ranilgan. Jumladan, kembriy davrigacha yashagan yer qatlamlarida meduzalar, chuvalchanglar va bulutlar toshga aylangan holda topilgan. Ammo bu topilmalar hayotning eng qadimgi formalari xaqidagi muammoni hal eta olmaydi. Kembriy davrigacha bo‘lgan hayot izlarini topishdi. XX asr boshlarida Charlz Uolnott topgan stromatoitlar muhim ahamiyatga ega. U Kanadadan topilgan bu riflarni suv o‘tlaridan iborat, deb tahmin qildi. Keyinchalik bu tahmin to‘la tasdiqlandi. 1954 yili A.S.Tayler Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular ko‘k-yashil suv o‘tlaridan va bakteriyalardan iboratligini isbotladi. Ularni tirik holda Avstraliyaning sho‘r suvlarida ham topdi. Hozircha 45 ga yaqin ko‘k-yashil suv o‘tlar va bakteriyalardan iborat stromotolitlar topilgan.
Hujayrasida yadrosi bo‘lmagan organizmlar propariot deyiladi. Masalan, viruslar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlar. Hujayrasida yadrosi bo‘lgan organizmlar eukariotlar deyiladi. Masalan, o‘simliklar, hayvonlar.
Propariot bakteriyalar 3,5 mlyard yil oldin yashagan. Hozir bakteriyalarning ikki gruhi bor; qadimgi yoki arxibakteriyalar, hozirgilari yoki eubakteriyalar. Arxibakteriyalar sho‘r suvlarda yuqori temperatura muhitida, metan gaziga boy joylarda yashaydi. Tahmin qilinishicha, 3 mlyard yil oldin hayot faqat mikroorganizmlar shaklida bo‘lgan. Ular anaerob sharoitida yashab elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar yordamida abiogen yo‘l bilan hosil bo‘lgan organik moddalar energiyasidan foydalangan. Eukariotlarga nisbatan prokariotlar kam bo‘lsa ham ularning metabolizmi va bioximiyasi turli tumandir.
Qadimgi prokariotlarning kislorodga munosabati turlicha bo‘lgan. Ba’zi bakterialar kislorodli muxitga moslashgan. Eukariotlar esa faqat kislorodli muhitda yashaydi. Dastlabki prokariotlar abiogen yo‘li bilan sintezlangan organik moddalarni kislorodli parchalanishi xisobiga yashaganligi extimoldan xoli emas. Bu esa o‘sha muhitda organik moddalar makdorini kamayishiga sabab bo‘lgan, prokariotlar o‘rtasida oziqa uchun raqobat kuchaygan. Bu raqobat natijasida ba’zi geterotrof oziqlanuvchi prokariotlar avtotrof oziqlanishga o‘tgan va shu yo‘l bilan bu raqobat pasaygan. Ammo bunda dastlabki xemosintez, ya’ni anaerob sharoitda oziq moddalar sintezlangan va atrof muhitga kislorod ajralib chiqmagan. Bu ximosintezni fotosintezdan farqi ham hisoblanadi. Balki dastlabki fotosintez uchun anaerob sharoit yetarli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday bakteriyalardan keyinchalik sianobakteriyalar kelib chiqqan deb taxmin qilinmokda. Bu foto yoki xemosintez faqat oziqa raqobatini kamaytirib qolmay, balki biogen moddalar va kislorod to‘planishiga sababchi bo‘lgan.
Kislorod to‘planishi ozon kavatini hosil bo‘lishiga, u esa xayot uchun havfli bo‘lgan ultrabinafsha nurlardan tirik organizmlarni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Taxmin qilinishicha bundan 1,5 mlyard yil oldin paydo bo‘lgan. Ularning kelib chiqishi haqida ikki xil faraz bor.
1.Autogen faraz yoki nazariya. Bu nazariyaga ko‘ra eukariot hujayra (organizm) prokariot hujayrani o‘z-o‘zidan tabaqalanishi( takomilanishish) natijasida paydo bo‘lgan. Bu tabaqalanish membrana va uning sitoplazmaga kelib chiqishi hisobiga ichki strukturalar hosil bo‘lgan va ular hujayra organoidlariga aylangan. Bu protseslar qaysi prokariotlarga amalga oshganligini aytish kiyin .
2.Simbiotik gipoteza. Bu gipotezani amerikalik olima L.Morgulis himoya qilgan. Bu gipotezaga ko‘ra, yadrodan tashqari plastida va mitoxondriyalarda ham DNK bor va ular mustaqil rivojlanadi. Morgulisning fikricha, eukariot hujayralarning kelib chiqishi bir necha bosqichdan iborat.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish