3. Paleozoy erasi. Bu era 350 mln yillar davom etgan bo‘lib, unda kuchli tog‘ hosil bo‘lish jarayoni davom etgan. Buning natijasida ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari nobud bo‘lgan, yer sharida quruklik, suvlik maydonlari qayta taqsimlangan.
Poleozoy erasi 6 davrga bo‘linadi: kembriy, ordovik, silur, devon, toshko‘mir va perm davrlaridir.
1. Kembriy davrida mo‘tadil iqlim, quruqlik esa past tekislikdan iborat bo‘lgan. O‘simliklar suvdan quruqlikka chiqqan. Moxlar, qirqbo‘g‘inlar va plaunlar kabi o‘simlik qoldiqlari rus va shved paleobotaniklari tomonidan topilgan. Shunga qaramay bu davrda suvdagi hayot anchagina boy bo‘lgan. Masalan, okean va dengizlarda yashil, qo‘ng‘ir, diatam suv o‘tlar va evgelenalar ko‘plab uchragan.
Hayvonlar o‘rtasida umurtqasizlarning barcha tiplari keng tarqalgan. Bulutlar nihoyatda xilma-xil bo‘lgan. Ularning ohak skeletining qoldiqlarini uzunligi 1,5 mga yetadi. Ularning qirilishidan qalin qatlam hosil bo‘lgan. Riflar ham o‘sha davrga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrda o‘troq holdagi dengiz nilufarlari (ninatanlilar) ham yashagan. Aktiv hayot kechiruvchilardan plastinka jabralilar, qorinoyoqlilar, boshoyoqlilar, halqali chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa hayvonlvr vakillari misol bo‘ladi. Trilobitlarning gavdasi xitinli qalqon bilan qoplangan. Gavdasi 40-50 ta segmentdan iborat bo‘lgan xordalilarning lansetnikka o‘xshash vakillari ham shu davrda yashaganliklari taxmin qilinadi.
2. Ordavik davrda eukariotlardan sifonli yashil, qo‘ng‘ir va qizil suv o‘tlar rivojlangan. Chuchuk suvo‘tlarning qirg‘oqlarida yashaydigin sporali o‘simliklar-psilofitlarning xilma-xil vakillari taraqqiy etgtan. Dengizlarda riflar hosil bo‘lishi kuchaygan. Yelkaoyoqlilar, boshoyoqli va qorinoyoqli malyuskalar ko‘p bo‘lgan. Bu davrda birinchi marta mshankalar rivojlangan. Trilobitlar xilma-xilligi ortgan. Foraminiferalar, bulutlar va ikki pallali molyuskalar nisbatan kamaygan.
3. Silur davrida qisqichbaqalar, chayonlar, boshoyoqli molyuskalar rivojlangan. Yashyash uchun kurashda koral poliplar arxeotositlarni siqib chiqargan. Bu davrda umurtqali hayvonlarning daslabki vakillari-qalqonli baliqlar paydo bo‘lgan. Ularning skeleti tog‘aydan, ustki tomoni suyak qalqondan iborat. Ular jag‘sizlar yoki to‘garak oziqlilarni vakili edi. Quruqlikda paporotniklar, mohlar, qirqbo‘g‘inlar, plaunlar paydo bo‘ldi. Ularning gametalari xivchinlari yordamida suvda harakatlanib ko‘payardi. Tuproqda organik moddalarning to‘planishi, hayotda ulardan foydalanuvchi organizmlarning kelib chiqishiga olib keldi. Natijada zamburug‘lar kelib chiqqan.
Quruqlikda o‘simliklarni ko‘payishi, hayvonlarni quruqlikka o‘tishiga olib kelgan. O‘rgimchaksimonlar dastlab quruqlikka o‘tgan. Bu davrning oxirida Skandinaviya, Finlyandiya, Shotlandiya, Sayan-Baykal tog‘lari paydo bo‘lgan.
4. Devon davrida quruqqlik ko‘payib iqlim mo‘tadillashgan. Cho‘l, dashtlar, issiq iqlim muhitlar paydo bo‘lgan. Bu esa suvda ham ma’lum o‘zgarishlar paydo qilgan. Jumladan baliqlar rivojlangan. Jag‘li baliqlar umurtqali hayvonlar taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Jumladan suyakli jag‘larni paydo bo‘lishi ov qilish, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, deyarli hamma organlari taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ikki xil nafas oluvchi va cho‘tka qanotli baliqlarning paydo bo‘lishi, ularning o‘pka orqali nafas olishi amfibiyalarning (m: stegotsefallarni) paydo bo‘lishiga olib kelgan. Stegotsefallar tritonlar va salamandralarga o‘xshaydi, ammo bosh qismi farq qiladi. Ular suvdan to‘liq qutilib keta olmagan. Shuning uchun quruqlikda yashovchi dastlabki yuksak o‘simliklar va hayvonlar suv havzalaridan uzoqlashib, quruqlik ichkarisiga tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |