Yangi turlar hosil bo‘lishida poliploidiyaning ahamiyati
Xromosomalarning soni, shakli va katta kichikligi har bir turda o‘ziga xos bo‘ladi. Xromosomalar soni tabiiy tanlashda katta ahamiyatga ega. Hromosomalarning umumiy soni xromosomalarning nabori (yig‘indisi) deyiladi. Xromosomalar nabori bir harf bilan belgilanadi. Ko‘p hujayrali organizmlarning xromosomalar nabori 2p, 3p, 4p va hokoza bo‘lishi mumkin. Hujayralar mitoz va meyoz bo‘lishining normal kechmasligi, xromosomalar sonini qiz hujayralarga (endomitoz) teng tarqalmasligiga sababchi bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan hujayralarda biriga ikkinchisiga nisbatan 1,2,3,4, ta kam yoki ko‘p bo‘ladi. Xromosomalari soni bir nechtaga oshsa yoki kamaysa bu hodisa aneuploidiya deyiladi. Bu formalar aneuploidiya formalar deyiladi. Bu hodisa o‘simliklarda yaxshi o‘rganilgan. Sitogenetika fani yutuqlariga ko‘ra, ayrim hollarda u yoki bu xromosomalar o‘zaro translokatsiya yo‘qolgan yoki hosil bo‘ladi. Xromosomalarning sentromerga yaqin qismi genetik jihatdan inert bo‘ladi. Darlington firiga ko‘ra, agar xromosomalar bir-biri bilan qo‘shilib ketsa, u holda xromosomaning sentrollari bilan qolgan qismi koiyugatsiyalanmaydi va yo‘qolib ketadi. Bunday vaqtda genomda bitta xromosoma kam bo‘lsa, mazkur genomda ega oraganizmlar ota-ona formadan alohidalashadi. Agar shunday o‘zgarishga ega organizmlar yangi populyatsiya hosil etgudek bo‘lsa, keyinchalik ham bu populyatsiyada alohidalanish davom etadi.
Xromosomalar naborini bir necha karra ortishi poliploidiya deb ataladi. Eski (ona) tur xromosoma genomini bir necha marta oshishi hisobiga yangi turlar hosil bo‘lishi mumkin. Ular poliloid turlar bo‘lib, simpatrik usuldi yangi turlar hosil bo‘lishiga yaqqol misolidir.
Tabiatda o‘simliklar olamida poliploid turlar keng tarqalgan. Aniqlanishicha, gulli o‘simliklarning ko‘p qismi poliploid turlardan tashkil topgan. Rus olimi akademik P.M.Jukovskiy ta’biri bilan aytganda, insoniyat asosan poliploid o‘simliklar hisobiga oziqlanadi.
Xromosomalar sonining karra ortishi natijasida yaqin turlar paydo bo‘lib, poliploid qatorlar hosil qiladi. ________(bug‘doy) _____(suli) ______va boshqa avlodlar poliploid qatoriga misol bo‘ladi. Masalan, xrizantema avlodiga mansub turlarda xromosomalarning gaploid nabori 9 ga teng. Ular diploid naborida 18,36,90 xromosomali turlar______ avlodida 24,48,72 xromosomali turlar_______ avlodiga 14,28,42, xromosomali turlar uchraydi. Ana shu ma’lumotlarga asoslanib, yangi turlar dastlabki turga kiruvchi organizmlar genomining 4,6,8,10 marta oshishi hisobiga hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. G‘o‘za avlodida 20 va 52 xromosomali turlar bor. G‘azaning 52 xromosomali turlari 26 xromosomali turlarining nabori 2 hissa ortishi hisobiga hosil bo‘lgan, degan tahminlar bor.
Haydonot olamida poliploid usulda tur paydo bo‘lishi hodisasi juda kam uchraydi. Ular hozircha askaridalar, yomg‘ir chuvalchangi, uzun tumshuq qo‘ng‘izlar, tutipak qurti, lasos balig‘i va boshqa turlari uchraydi. Poliploid turlar hayot uchun noqulay bo‘lgan shimoliy kenglikda, baland tog‘larda ko‘p uchraydi. M: Islandiyada gulli o‘simliklarning 55%, O‘rta Yevropada 40% poliploid turlar hisoblanadi.
Shimoliy kenglikda va tog‘li rayonlarda uchraydigan diploid va poliploid turlarning o‘zaro nisbati (A.S.Sokolovskiy ma’lumoti).
Geografik rayonlar
|
Tekshirilgan turlar soni
|
Ular orasidagi
|
Diploid turlar %
|
Poliploid turlar %
|
Kavkaz
|
164
|
49,5
|
50,5
|
Oltoy
|
138
|
31,1
|
69,9
|
Pomir
|
86
|
14,1
|
85,8
|
Arktika
|
199
|
27,9
|
72,1
|
Ko‘rinib turibdiki, diploid o‘simliklarga nisbatan poliploid o‘simlik turlari muhitning noqulay sharoitida ko‘proq moslashuvchan ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |