Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar
Yangi tur hosil bo‘lishi
Yangi tur hosil bo‘lishi yo‘nalishlari
Allopatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi
Simpatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi
Yangi tur hosil bo‘lishida poleploidiyaning ahamiyati
Yangi tur hosil bo‘lishida pduragaylashning ahamiyati
Yangi tur hosil bo‘lishiga qancha vaqt ketadi
Yangi turning barqarorligi
Yangi turni sun’iy yo‘l bilan hosil qilish mumkinmi
Yangi turning evolyuchion ahamiyati
12-MAVZU: MAKROEVOLYUTSIYA VA UNING QONUGIYATLARI
Tayanch so‘zlar: Makroevolyutsiya va uning yo‘nalishlari, Divergensiya-evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishi, Filetik evolyutsiya, Konvergensiya haqida tushuncha, Parallelizm haqida tushuncha Monofiletik va polifiletik evolyutsiya, To‘rsimon (setchataya) evolyutsiya, Yo‘nalishli evolyutsiya, Evolyutsiyaning molekuyar asoslari, Evolyutsiyaning molekuyar soatlari, Eukariotlar genomi evolyutsiyasi.
CH.Darvin o‘z ta’limotida yirik sistematik guruhlar va ularning geologik davrlardagi o‘zgarishlari haqida fikr yuritdi. Shuning uchun uning nazariyasi shartli ravishda makroevolyutsiya xaqidagi ta’limot deb atalishi mumkin. Makroevolyutsiya deyilganda, turdan yuqor sistematik kotegoriyalar- avlod. Oila, turkum, sinf, tiplarda ro‘y beradigan evolyutsiya tushuniladi. Makroevolyutsiya grekcha makros-katta, evolyutsiya-taraqqiyot degan ma’noni bildiradi. Ammo bular Darvinning bu ta’limotida evolyutsion protsesning datslabki bosqichlari, ya’ni turlarni vujudga keltiruvchi boshlang‘ich mexanizmlar ko‘p tomondan oydinlashmay qoldi. Bu xolatni o‘sha davrda irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‘risidagi bilimlarni yaxshi rivojlanmaganligi bilan isbotladi.
Klassik darvinizm bilan xozirgi zamon genetika va boshqa biologiya fanlarining integratsiyasi natijasida evolyutsion ta’limotining yangi yo‘nalishi-mikroevolyutsiya haqidagi ta’limot paydo bo‘ldi. Mikroevolyutsiya grekcha mikro-kichik, evolyutsiya-taraqqiyot degan ma’noni bildiradi. Bunga Fisher va boshqa olimlar asos solganlar.
Xulosa qilib aytganda butun evolyutsiya jarayoni 2 davrga bo‘linadi:
1-Mikroevolyutsiya; 2-Makroevolyutsiya.
Mikroevolyutsiya makroevolyutsiya uchun asos hisoblanadi. Chunki mikroevolyutsiya natijasida tur hosil bo‘ladi. Shunday keyin undan yirik sistematik kategoriyalar-avlod, oila va boshqalar hosil bo‘ladi. Makroevolyutsiyaning sodir bo‘lib turishi o‘z navbatida mikroevolyutsiya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki yirik sistematik kategoriyalarni hosil bo‘lishi yangi belgilarning hosil bo‘lishiga, ya’ni mikroevolyutsiyaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |