Parallelizm haqida tushuncha
Evolyutsion protsessda bir ajdoddan tarqalgan ikki yoki undan ortiq organizm guruhlarining har xil sharoitda yashab, bir-biridan uzoqlashishi, so‘ngra yana bir xil sharoitda yashab, ularda o‘xshash moslanishlar rivojlanishi parallelizm (parallel rivojlanish) deyiladi. Masalan, sut emizuvchilardan Janubiy Amerikada yashovchi litoptern-orepa va Arktogeyadagi tok tuyoqli asosi parallelizmga misoldir. Bu filogenetik tarmoqlarning ajdodi 5 barmoqli fenokodus-Rpepaso bo‘lib, ularda barmoqlar sonining kamayishi va tovon yordamida yurishdan barmoq bilan yurishga o‘tishi ochiq dala sharoitiga moslanish tufayli amalga oshgan. Binobarin, mazkur misolda o‘xshash, lekin mustaqil o‘zgarishlar yagona genetik asosda amalga oshgan. Xuddi shuningdek, chuqur suvlar ostida yashovchi baliqlarning xilma-xil tur va ajdodlarida yorituvchi organlar bir-biridan mustasno rivojlangan.
Ba’zan parallelizm organlarning bir butun sistemasiga taalluqli bo‘ladi. Chunonchi, o‘pka bilan nafas olishning kuchayishi tufayli ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar va amfibiyalarning yurak, qon aylanish sistemasi tuzilishida bir qadar parallelizm namoyon bo‘ladi. Bu hayvonlar o‘pka bilan nafas olishni qadimgi chutka qanotli baliqlardan meros qilib olgan. Bu baliqlar bilan amfibiyalar o‘rtasida o‘xshashlik nerv va ayiruv organlarida ham ko‘zga tashlanadi. Biroq tishlari, kalla suyagi, umurtqa pog‘onasi va oldingi hamda orqa oyoqlarining tuzilishi divergensiya yo‘li bilan rivojlangan.
Monofiletik va polifiletik evolyutsiya
Tirik organizmlar yagona ajdoddan paydo bo‘lganligi haqidagi monofiletik prinsip hozirgi zamon filogenetik sistematikasining asosini tashkil etadi.
Darvin yangi turlar bir individdan emas, ko‘p individlardan ham paydo bo‘lishi mumkin, degan edi. Uning bu fikrlari hozirgi vaqtda mikroevolyutsiya prinsiplari bilan isbotlandi va evolyutsiyaning boshlang‘ich birligi faqat individ emas, balki populyatsiya hamdir. Shunga ko‘ra, monofiletik guruh deyilganda, o‘sha taksonomik darajadagi bir guruhdan kelib chiqqan guruh yoki guruhlar tushuniladi. Masalan, kuraoyoqli sut emizuvchilar turkumining har bir oilalari yirtqichlar turkumining har xil oilalariga kiradigan turlardan kelib chiqqan.
Morfologiya, paleotologiya, hayot siklini o‘rganish ayrim organizmlar mustaqil gurux bo‘lishi kerakligini ko‘rsatmoqda. Yaqin vaqtgacha kemiruvchilar turkumi quyonsimon va ikki kurak tishlilar kenja turkumiga bo‘linar edi. Ular endi mustaqil turkumlar osomorpa va raoyenaga ajratiladi. Lochinlar va boyqushlar yirtqich qushlarga kirilar edi. Ular endi ikkita turkumga ajratildi.
Polifiletik evolyutsiya deyilganda, organizmlar guruhi evolyutsiya jarayonida har xil tarmoqlardan kelib chiqishi tushuniladi. Masalan, tamaki, gulsafsar, shuvoq, qo‘ng‘irbosh, g‘o‘za va bug‘doyning ayrim turlari duragaylash va xromosomalari sonining ikki hissa ortish hisobiga kelib chiqqanligi m’lum. Bu hodisa polifiletik evolyutsiya, mikroevolyutsiya darajasida ham ro‘y berishini isbotlovchi dalildir.
Duragaylash yo‘li bilan yangi avlod olish mumkinligini, ya’ni polifiletik kelib chiqishi tajribada ham isbotlangan. Tabiiy sharoitda yashayotgan avlodlar shunday yo‘l bilan hosil qilingan. Ular orasida arpa bilan elimus, tog‘olcha bilan o‘rik chatishishidan hosil bo‘lgan avlodlar misol bo‘ladi. Ba’zi taksonlarning polifiletik yo‘l bilan paydo bo‘lgani haqidagi munozaralar evolyutsiyaning umumiy monofiletik yo‘nalishini inkor etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |