Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar
Mikro va makroevolyutsiya haqida tushuncha
Divergensiya evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishi ekanligi
Konvergensiya va parallelizm evolyutsiyaning ikkilamchi yo‘nalishi ekanligi
Monofiletik va Polifelitik evolyutsiya haqida tushuncha
To‘rsimon evolyutsiya haqida tushuncha
Yo‘nalishli evolyutsiya haqida tushuncha
Evolyutsiyaning molekulyar soatlari
Genlarning klassifikatsiyasi
Yangi genlarning hosil bo‘lishi
Genom evolyutsiyasi
Sintetik evolyutsiyasining nazariyasining paydo bo‘lishi va ahamiyati
13-mavzu: EVOLYUTSION PROGRESS VA REGRESS
Tayanch so‘zlar: Progress va uning mezonlari haqida, Progress hodisasining klassifikatsiyasi, Aromorfoz, Idioadaptatsiya, Senogenez, Umumiy degeneratsiya, Biologik progressning turli yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, Seversov ta’limotining rivojlantirilish, Evolyutsiyaning tezligi, Evolyutsiyaning tupiklariva qaytarilmasligi to‘g‘risida, Organik olam guruhlari evolyutsiyasining qoidalari, Evolyutsiyaning morfologik qonuniyatlari. Ontogenez va filogenez birligi, Organizmlar individual va tarixiy rivojlanishining parallelizmi haqida, Ontogenez bosqichlari va ularning evolyutsiyasi.
Evolyutsion progress tushunchasi evolyutsiya nazariyasining eng munozarali muammolaridan biri hisoblanadi.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida organik olamning oddiydan murakkabga qarab rivojlanishi va turlarining sonini ortishi evolyutsion progress deb ataladi. Umuman progress deyilganda, nima tushuniladi? Progress nimalarga qarab belgilanadi?
Progress va uning mezonlari haqida
Organik olam tarixiy rivojlanishi davrida organizmlar odiydan murakkabga, takomillashmagan formalardan takomillashgan formalarga tomon borishini ko‘rish mumkin. Buni paleontologik dalillarni analiz qilish orqali ham bilish mumkin. Jumladan, arxey erasida hayotning hech qanday izlari uchramasa, proterozoy erasiga kelib, umurtqasiz hayvonlar va suv o‘tlarining turli darajada rivojlangan formalari uchraydi. Paleozoy erasida umurtqalilar rivojlanib, o‘simliklar va hayvonlar quruqlikda yashashga o‘tganligi ma’lum bo‘ldi. Keyingi eralarda organizmlarning takomillashishi yanada davom etdi.
Organizmlarning oddiydan murakkabga tomon rivojlanishi progress termini bilan ifodalanadi. Ammo progress tushunchasi uning tub mohiyatini tushuntirib bera olmaydi. Umuman, organizmlarning tuzilish darajalarini ifodalovchi progress mezonlari hizircha ishlab chiqilmagan. Keyingi yillarda progressning 40 dan ortiq mezonlari taklif etildi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: sistemalilik, energetik, ekologik, informatsion, maqsadga muvofiq murakkablashuv va boshqalar.
To‘rt oyoqli sudralib yuruvchilardan oyoqsiz ilonlarning kelib chiqishi progressmi yoki regressmi? Progress tushunchasini birinchi marta Ch.Darvin analiz qilgan. Bu tushuncha Darvinga murakkab, organizmlarning tuzilish darajasi chalkash bo‘lib tuyilgan. Shuning uchun u o‘z asarlarida “juda takomillashgan organizmlar” iborasini ishlatilmaslikka harakat qilgan. Chunki organizmlardagi progress va regress bir-biri bilan bog‘liqdir. Darvin progressiv rivojlanishning asosiy omillaridan biri tabiiy tanlanish bo‘lib, u ma’lum muhit sharoitida organizmlarninng takomillashuviga sabab bo‘ladi, deydi. Darvin fikricha, organizmlarning raqobat qilish qobiliyati turli organizmlarning differensiyalashish va ixtisoslashish darajasi progress mezonlaridan biri hisoblanadi. Lekin bu mezonlar progress tushunchasi uchun yetarli emas. Chunki ular progressiv evolyutsiyadagi qarama-qarshiliklarni ifodalay olmaydi.
Biror organning tuzilishini murakkablik darajasi evolyutsion progressni aniqlash uchun yetarli mezon bo‘la olmaydi. Jumladan, ba’zi bir boshoyoqli mollyuskalar ko‘zining tuzilishi sut emizuvchilar ko‘zining tuzilishiga nisbatan ancha murakkabdir. Shu vaqtga asoslanib mollyuskalar sut emizuvchilardan murakkab tuzilgan, deb bo‘lmaydi. Bu esa organizmlar tuzilishi “yuqori” darajada ekanligini aniqlash uchun, ular to‘plagan axborot hajmi, ontogenez avtonomizatsiyasi, individlarning yashab qolishi, umumiy aktivligining ortishi diqqat markazida turmog‘i kerakligidan dalolat beradi.
Umuman, progress nima degan savolga hozircha javob yo‘q. Birgina oddiy misol: nima uchun biz odamni murakkab, oddiy amyobani sodda tuzilgan deb aytamiz? Chuqur o‘ylab ko‘rilsa, har ikkala organizmda progress va regress tomonlar bor.
Xulosa qilib, progressni 3 ta guruh mezonlari haqida fikr yuritish mumkin:
1. Sistemalilik mezon. tuzilishi va funksiyasining murakkablik va integratsiya darajasini ifodalaydi. Organizm, to‘qima va organlar tabaqalanishining ortishi, ko‘p tomonlama hayotiy funksiyalar bilan ta’minlanishi, gomologik organlar oligomerizatsiyasi shular jumlasiga kiradi.
2. Energetik mezon bir butun organizm va uning qismlari funksiyasining samaralorligi, oziqa iqtisod qilinishi darajasini ifodalaydi. Masalan, oziq iste’mol qilib ko‘p energiya beruvchi organizm takomillashgan hisoblanadi. Bu fermentlar sifati, kaloriyaga boy oziq iste’mol qilish, atrof-muhitga kam issiqlik ajratish bilan ifodalanadi.
3. Axborot mezoni axborot to‘plash darajasini aks ettiradi. Bunga umurtqali hayvonlarning tobora murakkablanish evolyutsiyasi natijasida genetik axborotning izchillik bilan orta borishi misol bo‘ladi. Jumladan, sut emizuvchilar DNK si miqdoriga nisbatan dastlabki xordalilar genomida DNK 6 %, bosh skeletsizlarda 17 %, to‘garak og‘izlilarda 38 %, baqalar va toshbaqalarning ba’zi turlarida 80 % ni tashkil etadi. Tuzilishning takomillashganligi ota-ona organizmlardan olingan (shartsiz refleks), shuningdek, shaxsiy rivojlangan (shartli refleks) tufayli hosil bo‘lgan xatti-harakatda namoyon bo‘ladi. U yuqori sut emizuvchilarda, ayniqsa, yirtqichlarda juda rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |