To‘rsimon (setchataya) evolyutsiya
Yangi tur hosil bo‘lishining genetik i (allopoliploidiya, partenogenez) polifiletik yo‘l bilan yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Yangi tur hosil bo‘lishida turning hamma populyatsiyalari yoki bir nechta turlar ishtirok etishi tursimon evolyutsiya deyiladi. Masalan lishayniklar, yashil suvo‘tlari va zamburug‘lardan hosil bo‘ladi. Zamburug‘lardan asko va bazidiomitsetlar ishtiroq etadi. Yashil suvo‘tlar va zamburug‘lar bir-birisiz yashay olmaydi. Shunday lishayniklardan 10 000 turi ma’lum bo‘lib, ular spepe sinfini tashkil etadi. Bunda suvo‘tlari va zamburug‘lar bir-biriga mos ravishda taraqqiy etgan. Bu hodisa bir-biriga mos ravishda parallel evolyutsiya deyiladi. Bundan tashqari lishayniklarni tabiiy guruhlari har bir lishayniklar polifiletik yo‘l bilan (tursimon) kelib chiqqan. Bu hodisalar simbiogenez deb ataladi. Sim-birga, bio-hayt, genez rivojlanish demakdir.
Polifiliyani tushunishda yirik sistematik guruxlarni simbiogen yo‘l bilan kelib chiqishi mumkinligini eslash kifoya. Bunda aerob baktoyeriyalar va mikoplazmlar birlashadi.
Transduksiya hodisasi deyilganda, bir organizm genomidagi genetik materialning boshqa organizm genomiga o‘tkazilishi tushuniladi. Bu hodisa bakteriyalarda isbotlanib, bakteriofaglar tomonidan amalga oshirilishi aniqlandi. Transduksiya lotincha transduksio-aralashish degan ma’noni bildiradi.
Bir bakteriya genini boshqasiga passiv holda o‘tkazilishi tushuniladi. Natijada hujayraning irsiy xossasi o‘zgaradi. Bu gen injeneriyasining metodi hisoblanadi.
Duragaylash tufayli ham yangi turlar, avlodlar paydo bo‘lishi mumkin.
Mikroevolyutsiya jarayoni har xil yo‘nalish-duragaylash, simbiogenez va transduksiya orqali amalga oishishi tursimon evolyutsiya deb ham nomlanadi. Demak, tursimon evolyutsiya duragaylash, simbiogenez va transduksiya orqali amalga oshadi.
Yo‘nalishli evolyutsiya
Organ olam evolyutsiyasi jarayoni yo‘nalishli bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar mavjud. Ularning ko‘pchiligida organizmlarni yo‘nalishi evolyutsiyaga safarbar etuvchi qandaydir bir ichki kuch bor, deb tushuntiriladi. U har xil, jumladan “ehtiyoj”, “ichki intilish” (Lamark) entelexiya (Drish), aristogenez (Osborn), ortogenez (Eymer) deb nomlangan. Bunday qarashlarning eng keyingisi ortogenez X1X asrning oxirida T.Eymer tomonidan ilgari surildi va Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasiga qarshi qilib qo‘yildi.
Ortogenez grekcha ortos-to‘g‘ri, genezis-kelib chiqish degan ma’noni bildiradi.
Bu konsepsiyaga ko‘ra, organizlarning evolyutsiyasi organizmlarning ichki faktorlariga asoslangan tabiatning qat’iy belgilangan yo‘nalishi orqali amalga oshadi. Ortogenez organizmlarda moslanish paydo bo‘lishida tabiiy tanlanishning ijodiy rolini inkor etadi. Tabiatda organizmlarning evolyutsiyasida dastlabki maqsadga muvofiqligini tan oladi. Bu konsepsiyani birinchi marta nemis olimi T.Eymer (1843-1898) 1888 yilda asoslagan. Bu konsepsiyaning eng zamonaviy yo‘nalishlaridan biri nomogenedir.
Nomogenez grekcha nomos-qonun, genezis-kelib chiqish, degan ma’noni bildiradi. Bu konsepsiyaga ko‘ra, organizmlar evolyutsiyasi tashqi muhit faktorlariga asoslangan ichki qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Bu qonuniyatni 1922 yilda L.S.Berg (1876-1950) asoslagan.
Evolyutsiyaning yo‘nalishli bo‘lishini qandaydir hayotiy kuchlarga bog‘liq holda tushuntirish idelizmni tashfiqot qilishdan iboratdir.
Yo‘nalishli evolyutsiya to‘g‘risidagi ortogenez nazariyasi paleontologlar o‘rtasida keng tarqaldi. XX asrning o‘rtalarida yo‘nalishli evolyutsiya unga mos keladigan mutatsiyalar paydo bo‘lishi bilan amalga oshadi, degan fikr (Spenser) paydo bo‘ldi. Ortogenezning yangi varianti ko‘rinishida va go‘yo tajriba yo‘li bilan o‘rganish mumkin bo‘lsa ham, lekin tekshirishlar bu farazning noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Chunki bu fikr yo‘nalishli evolyutsiya tasodifiy hosil bo‘lgan irsiy o‘zgarishlarning tabiiy tanlanish hisobiga to‘plana borishi orqali emas, balki organizmlardagi ichki kuch, ehtiyoj tufayli amalga oshadi, deb uqtiradi. Bunga qarama-qarshi o‘laroq, evolyutsiyaning sintetik nazariyasi shakllangandan keyin yo‘nalishli evolyutsiya to‘g‘risida ortoseleksiya nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariya haqida 1912 yildayoq L.Plate o‘z fikrini bildirgan.
Bu yangi nazariyaga ko‘ra, yo‘nalishli evolyutsiyaning amalga oshishida faqat organizm emas, aksincha, uning muhit .bilan o‘zaro bog‘liqligi katta rol o‘ynaydi. Agar muxit faktorlari ta’sirida vujudga kelgan tanlanish uzoq vaqt bir yo‘nalishda davom etsa, u albatta, evolyutsiyaning ma’lum yo‘nalishda borishiga sabab bo‘ladi. Chunki, ortogenez va ortoseleksiya bir-biriga qarama-qarshi farazlar hisoblanadi.
Paleontologik ma’lumotlarni tushuntirishda ortogenezga nisbatan ortoseleksiya bir qancha afzalliklarga ega. Uning sabablari quyidagilar: birinchidan, qalamgi davrlarda yashagan organizmlar ko‘p yo‘nalishi evolyutsiyaning ochiq-oydin moslanish xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Muhitning o‘zgarishi otlar gavdasining kattalashishiga, tishlarini chaynashga, pishiq bo‘lishga moyilligi bunga misol bo‘ladi.
Ikkinchidan, agar yo‘nalishli evolyutsiya ortogenezga muvofiq talqin qilingandek ro‘y bersa, u holda o‘simliklar bilan hayvonlarning evolyutsiya jarayoni filetik formada amalga oshgan bo‘lishi kerak edi. Vaholanki, evolyutsiya ko‘proq divergensiya va parallelizm, konvergensiya, simbiogenez ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yo‘nalishli evolyutsiya har xil ko‘rinishda sodir bo‘ladi va u har xil tushuniladi. Yo‘nalishli evolyutsiya deyilganda: keng ma’noda evolyutsiya jarayonida organizmlarning progressiv murakkablashishi tushuniladi. Tor ma’noda: ma’lum organning differensiyasi va integratsiyasi tushuniladi. Shmalgauzen tomonidan berilgan bu ta’rif ancha ma’quldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |