Genetika
Genetika (yun. genezis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik organizmlarga xos
boʻlgan irsiyat va oʻzgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini oʻrganadigan fan.
G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va
nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar
belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan iborat.
Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlikning paydo
boʻlishi va uning organizmlar evolyutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq qilish ham G.ning vazifalari
qatoriga kiradi. Madaniy oʻsimliklarning serhosil navlari, hayvonlar va mikroorganizmlarning
mahsuldor zotlari va shtammlarini yaratish; irsiy kasalliklarning paydo boʻlish sabablarini
oʻrganish asosida ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; ekologik
muhitning irsiyatga salbiy taʼsir etuvchi omillarini oʻrgaiib, genofondni saqlab qolishni genetik
jihatdan asoslab berish G. tadqiqotlarining amaliy muammolarini ifodalaydi.
G.ning mustaqil fan sifatida shakllanishida chex olimi G. Mendel tomonidan 1865 y.da irsiyat
qonunlarining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Noʻxat ustida olib borgan tajribalari
asosida G. Mendel G.ning asosiy metoda hisoblangan duragaylash orqali irsiyatni oʻrganish
metodiga asos soldi. U organizmlar belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodga berishi irsiyat
omillari (hoz. tushunchaga koʻra genlar) bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi. Mendel ochgan
qonunlar uzoq vaqt eʼtibordan chetda qoldi. Faqat 1900 y.da de-Friz (Gollandiya), K. Korrens
(Germaniya) va E. Chermak (Avstriya) tadqiqotlari tufayli bu krnunlar qayta kashf qilinib,
Mendel nom i bilan ataladigan boʻldi. Shu sababdan 1900 y. G.ning mustaqil fan sifatida
tashkil topgan yili hisoblanadi. Biroq G. termini 1906 y. ingliz olimi U. Betsonning taklifi bilan
berildi. G.ning keyingi rivojlanishi natijasida Mendel kashf etgan qonunlarning universalligi uni
barcha organizmlarga, jumladan odamga ham taalluqli ekanligi isbot qilindi. Keyinchalik
organizmdagi aksariyat belgilarning irsiylanishida ikki va undan ortiq genlar ishtirok etishi
bilan bogʻliq boʻlgan komplementarlik, epistaz, polimeriya, pleyotropiya hodisalari hamda
belgilar irsiylanishida allel bulmagan genlarning murakkab uzaro taʼsiridan iborat
kombinirlangan tip kashf etildi. G.ning Mendel asos solgan ushbu yoʻnalishi hozirgi davrda
yanada tez rivojlanmoqda. Bu yoʻnalish klassik genetika, yaʼni mendelizm deb ataladi. Mendel
yaratgan irsiyat qonunlarini isbotlashda sitologiya fani erishgan yutuqlar ham katta
ahamiyatga ega. Sitologik tadqiqotlar tufayli irsiyatning moddiy asosi hisoblangan
xromosomalar mavjudligi, ular soni har bir turning barcha individlari uchun bir xil boʻlishi
aniqlandi. G. tarixida amerikalik genetik T. X. Morgan (1911) va uning xodimlari (K. Brijes, A.
Stertevant va G. Meller) tomonidan asoslab berilgan irsiyatning xromosoma nazariyasi
alohida oʻrin tutadi. Bu nazariyaning ochilishida Morgan va xodimlarining jins genetikasi va
belgilarning jins bilan bogʻliq holda hamda ularning birikkan holda irsiylanishini oʻrganish
natijalari katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur nazariyaga binoan organizmlar belgi va
xususiyatlarining irsiylanishi irsiyat birligi — genlar orqali amalga oshadi; genlar
xromosomalarda koʻp miqdorda hamda tegishli tarkibda chiziq-chiziq boʻlib joylashadi. Bitta
xromosomada joylashgan genlar birgalikda irsiylanadi va ular birikkan genlar deb ataladi.
Irsiylanishning bu xili birikkan holda irsiylanish deyiladi. Birikkan genlarning irsiylanishi
Mendelning uchinchi qonuniga mos kelmaydi. Bitta xromosomada joylashgan genlarning
birikkan holda irsiylanishi haqidagi Morgan kashf etgan qonuniyat G.ning toʻrtinchi
fundamental qonuni hisoblanadi. Biroq birikkan holda irsiylanish mutlaq boʻlmasdan, bir
qancha hollarda avlodda ota-ona belgilariga nisbatan ajralish roʻy beradi. Bu hodisa
gomologik xromosomalarning chalkashuvi (krossingover), yaʼni ikkita xromosoma ayrim
qismlarining oʻzaro oʻrin almashinishi natijasida sodir boʻladi. Bu sohadagi i. t.lar tufayli
xromosomalarda genlarning joylashish tartiblari aniqlandi, yaʼni xromosomalarning genetik
haritalari tuzildi. Morgan va xodimlarining tadqiqotlari G.ning bir tarmogʻi boʻlgan