Xarakter aksentuatsiyasi tushunchasining ijtimoiy-psixologik
tahlili
Ramziddin Ramazonovich Ashurov
olimovlaziz82@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shaxsni psixodiagnostik baholash va xarakter
aksentuatsiyasining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
aksentuatsiya, xarakter, shaxsni psixodiagnosti baholash, individ,
individuallik, shaxs tiplari.
The concept of character accentuation socio-psychological
analysis
Ramziddin Ramazonovich Ashurov
olimovlaziz82@gmail.com
Bukhara State University
Abstract:
This article reveals the peculiarities of psychodiagnostic assessment of
personality and character accentuation.
Keywords:
accentuation, character, assessment of personality psychodiagnosti,
individual, individuality, personality types
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil
qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va
sifatini belgilaydigan tizimli tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda
etiladi.
Ijtimoiy munosabatlar tizimini o‘zida mujassamlashtirish sub’ekt bo‘lish degan
ma’noni anglatadi. Katta yoshdagi kishilar bilan o‘zaro munosabatlarga jalb etilgan
bola dastavval ular faolligi ob’ekti tarzida, lekin unta katta yoshdagilar uning
rivojlanishidagi yetakchi omil sifatida tavsiya qiladigan o‘sha faoliyat tarkibini
egallagan, masalan, ta’lim olgan holda ish ko‘radi, o‘z navbatida ana shu o‘zaro
munosabatlarning sub’ektiga aylanadi.
Ijtimoiy munosabatlar ular sub’ektining allaqanday tashqi mohiyati emas, balki
individning ijtimoiy fazilati tarzidagi shaxsning bir qismi, yo‘nalishi, jihati sifatida
namoyon bo‘ladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
663
Agar boshqa barcha jonli mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson nasl-nasabining
mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lsa, u holda har bir
konkret kishining mohiyati, ya’ni shaxs tarzidagi alohida individga xos abstrakt
sub’ekt sifatida u jalb etiladigan konkret ijtimoiy bog‘lanishlar va munosabatlar
majmuasini tashkil etadi. Ular, o‘sha bog‘lanishlar va munosabatlar, undan
tashqaridadir, ya’ni ijtimoiy hayotdadir va shuning uchun ham shaxssiz, ham
ob’ektivdir (qul quldorga batamom qaramdir) va shu bilan birga ular shaxs sifatida
uning ichkarisida, uning o‘zida mujassamdir va shunga ko‘ra sub’ektivdir (u quldorni
yomon ko‘radi, unga itoat qiladi yoki unga qarshi isyon ko‘taradi, umuman unga
nisbatan munosabat bildiradi, u bilan ijtimoiy jihatdan taqozo etiladigan aloqalar
o‘rnatadi).
«Individ» va «shaxs» tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi haqidagi
fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob berilishini
taqozo qiladi: shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi yoki aksincha
individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo‘lish fakti
ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi ham va bunisi
ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan individni
hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor odamlarga duch kelib,
biologik jonzotga xos individual xususnyatlardan bo‘lak hech qanday, yuqorida
aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-tarixiy harakter kasb etadigan
shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi balki tevarak-atrofdagi
odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan»
taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo‘ladi.
Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o‘rganish bu vazifani amalga
oshirishning g‘oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi. Qarshimizda hali shaxs
sifatida kamolatgaerishmagan individ bo‘ladi. Real individni gavdalantirmaydigan
shaxsning paydo bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi muayyan istisnolar bilan tan olinishi
ham mumkin.
Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqalar, tashqaridan qaraganda,
konkret faoliyatga xos munosabat yoki sub’ekt-sub’ekt munosabati qabilida yonma-
yon mavjud bo‘lgan sub’ekt-ob’ekt munosabati shaklida yuzaga chiqadi. Lekin
bilvosita namoyon bo‘lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatning emas, balki
munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Chuqurroq
yondashiladigan bo‘lsa, bevosita sub’ekt-sub’ekt aloqasi shunchaki o‘zgacha mavjud
bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki hayoliy ob’ektlar)
vositasida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Bu individning boshqa individga munosabati
faoliyat ob’ekti (sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt) orqali namoyon bo‘ladi, demakdir.
O‘z navbatida individning konkret faoliyatiga oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishi bo‘lib
ko‘ringan narsa aslida bilvositalik hosilasi hisoblanadi. Buning ustiga shaxs uchun
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
664
bilvosita ifodalanish bo‘g‘ini endilikda faoliyat ob’ekti ham emas, uning konkret
mohiyati ham emas, balki faoliyatda birgalikda ishtirok etayotgan boshqa bir kishining
shaxsi hisoblanadiki, u bamisoli faoliyat ob’ektini yaxshiroq idrok etish, anglab olish,
his qilish mumkin bo‘lgan nurning aksini sindirib qaytaradigan uskuna sifatida xizmat
qiladi. O‘zimni bezovta qilayotgan savolga javob topish uchun men boshqa birovga
murojaat qilaman.
Aytilganlarniig hammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan
individlararo
(sub’ekt-ob’ekt-sub’ektlararo
va
sub’ekt-sub’ekt-ob’ektlararo)
munosabatlarning nisbatan barqaror sub’ekt tuzilishi sifatida anglab yetish imkonini
beradi.
Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan hislatlar va
fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik - kishining
o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar
birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun
darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon
bo‘ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida
mujassamlashtirgan odam yo‘q - inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.
Shaxsni tadqiq etish psixologik tadqiqotlar predmetining muhim tomoni
hisoblanadi. Shu bois shaxsni o‘rganish va u yuzasidan ishonchli, ob’ektiv ma’lumot
olish yo‘llari va usullarini ta’minlash bo‘yicha doimo izlanishlar olib borilgan. Mazkur
ishning mazmunida ham ushbu muammoga umumiy yondashuv amalga oshiriladi.
Shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish bo‘yicha psixodiagnostikada bir qator
munosabat va mulohazalar mavjud. Ularga ko‘ra shaxs to‘g‘risda ma’lumot olishning
bir qator usullari mavjud. Mazkur usullar va ularning xususiyatlari tahlili quyida
amalga oshiriladi.
L-Ma’lumotlar. “L” - ma’lumotlar, dastlabki tadqiqot muammosini amalga
oshirish zarurligini taklif etiladi. Ko‘p o‘lchamli tadqiqotlarda tadqiqot sohasi
yetarlicha va to‘liq qamrab olish muhim. R.B.Kettell “L” - ma’lumotlar til shaklida
barcha xulq-atvor ko‘rinishida ifodalash yaxshidir. Bu faqat ko‘rsatkichlarni
boshlang‘ich tanlovdagina yaxshi bo‘lib qolmay, balki olingan faktorlarni talqini
yengilligi bilan qulaydir.
“L” - ma’lumotlar ko‘pincha tashqi mezon sifatida boshqa metodlar yordamida
olingan natijalarning validligini o‘lchashda ko‘p foydalanadi. Biroq, “L”-
ma’ulmotlardan bunday foydalanish mutlaqo to‘g‘ri emas, tashqi baholar xulqning
yetarlicha ishonchli me’yori emas. O‘zga kishining xulqini idrok etish ekspertning
shaxslilik xususiyatlari bilan bog‘liq yanglishiladi. Har bir baholar ekspertning
ishonchli o‘lchash muammosini keltirib chiqaradi. O‘tgan vaqt mobaynida bir qator
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
665
ekspertlarning baholashni amalga oshirgan sharoitlar ekspertlarning holati uchun
o‘rtacha ishonchlilikni aniqlashga mo‘ljallangan qator metodlar taklif qilinadi.
Bu yerda boshqa muammolar vujudga kelishi mumkin, ya’ni tizimi
yanglishishlarini
bartaraf
etish
hisobida
tashqi
baholarning
ishonchliligi
rivojlantiriladi.
Tashqi baholashdagi tizimli xatolarni keltirib chiqaruvchi sabab ekspertlarning
baholanayotgan ijobiy yoki salbiy munosabati ta’siri bo‘lishi mumkin. Tashqi baholash
metodining tizimli yanglishishiga misol sifatida baholanuvchi shaxs statusidagi tafovut
ta’siri bo‘la oladi. Masalan, o‘quvchining xulq-atvori ota-onalar, o‘qituvchilar yoki
tengdoshlari ishtirokida turlicha bo‘ladi.
“L”-ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun ekspert baholash jarayoniga
maxsus talablar ishlab chiqilgan. Ularning bir nechtasi quyida keltirib o‘tilgan:
1.
Baholanayotgan fazilatlar kuzatilayotgan xulq atamalarida aniqlanishi kerak.
2.
Ekspert baholayotgan shaxs xulqini yetarlicha uzoq vaqt oralig‘ida kuzatish
imkoniyatiga ega bo‘lish kerak.
3.
Bir faoliyatni baholash uchun kamida o‘nta ekspert bo‘lishi lozim.
4.
Ekspertlar tomonidan tekshiriluvchilarning ranglashtirish bir xususiyat
bo‘yicha bir marotaba baholash yoki bir nechta xislatlarini bir vaqtni o‘zida baholash
mumkin bo‘ladi.
Masalan, 20 nafar ekspert baholanuvchining birgina xususiyati, ya’ni
muloqotmandligini, notanish kishi bilan suhbatlashishiga tayyorligi bo‘yicha
ranglashtiriladi.
Ekspertning shaxsni o‘rganishda bunday usuldan amaliy foydalanishi u haqda
yetarlicha ishonchli ma’lumotlar olishini ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |