1.
Tekshiruvchilarning intellektual va madaniy darajasining pastligi.
2.
Introspeksiya va maxsus bilimlar, malakalarning yo‘qligi.
3.
Ishonchsiz etalonlardan foydalanish (masalan, tekshiriluvchi o‘zi bilan barcha
populyatsiya bilan emas, atrofidagi yaqinlari bilan solishtiradi).
Tekshiriluvchilarning har xil motivatsiyasi ijtimoiy ixtiyor etilgan javoblar
yanglishish manbalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin (dismulyatsiya) yoki o‘z
defektlarini qayd etishi (agravasiya va simulyasiya).
“T”-ma’ulumotlar.
Bu ma’lumot olish usuli eksperimental vaziyatlarning
nazoratini ob’ektiv testning ma’lumotlar qisqartirilgan “T” - ma’lumotlar (objective
test data) deb nomlanadi. “T” - ma’lumotlar shaxsni tadqiq etishga o‘zida yangi radikal
yondashuvni taqdim etadi. Ular o‘z-o‘zini baholash va
ekspertlarining baholarisiz
xulq-atvorni ob’ektiv o‘lchashda olinadi (verbal va noverbal, sotsial va individual).
Ob’ektiv testlarning barchasini ko‘p qirrali ekanligi ko‘p hollarda shaxsning asosiy
xususiyatlarini namoyon etishga muvofiqlashtirilgan maxsus mikrovaziyatlar tashkil
etiladi. Ularning xolisligiga quyidagi ikki talab asosida erishiladi:
1.
Test baholarining yanglishish imkoniyatini cheklashga.
2.
Tekshiriluvchining reaksiyasiga ko‘ra baho olishning ob’ektiv usullariga ega
bo‘lish.
Shaxsni tadqiq etish psixologiya fanidagi asosiy muammo sanaladi. Shaxs keng
ko‘lamli tadqiqot predmeti sifatida psixolog-tadqiqotshilarning diqqat markazidadir.
Ammo mamlakatimizda psixologiyaning jamiyat talabidan
kelib chiqib yangi
bosqichga qadam qo‘yganligi, shaxs muammosiga atroflicha e’tibor qaratishni talab
etadi. Buning uchun shaxsni tadqiq etishda jahon psixologiyasi tajribalarini inobatga
olgan holda muammoni tahlil etish ko‘zlangan maqsadni to‘laqonli baholash
imkoniyani beradi.
Psixologiyada shaxsni tadqiq etish keng ko‘lamda o‘rganish vositalariga ega
bo‘lsa-da, ammo ularni milliy muhit va zamon talablariga moslashtirish kerak bo‘ladi.
Shaxsni o‘rganish metodikalarining jahon psixologiyasidagi tajribasi ular
yuzasidan yana ilmiy izlanishlar olib borishga undaydi. Shu bois jahon psixologiyasida
shaxsni baholashga bag‘ishlagan metodikalar va ularning
xususiyatlarini qisqacha
sharhlab o‘tish lozim.
Odamni o‘rganishda ob’ektiv testlar sifatida shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari
ahamiyatlidir. Shaxs so‘rovnomalari tekshiriluvchining asosiy e’tiborini topshiriqning
javobiga emas, balki topshiriqqa qaratishi, test maqsadlarining yashirin xarakterga
egaligi, topshiriqlarni yaxlit tuzilma sifatida taqdim qilinishi, psixometrik o‘lchamga
egaligi ularning yaroqliligini belgilaydi. Shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari uzoq vaqt
davomida ishlab chiqiladi.
Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy
muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
667
koʻrsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar
ota-onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga oʻxshashlikka harakat qiladi. Ular
kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida oʻzini tutishi
va boshqalarga taqlid
qiladilar, kichiklarga va jonivorlarga munosabatlarini koʻrsatadilar. Ota-onalar va
uqituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi oʻzlariga ham e’tibor bilan
qarashlari, farida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Xarakterning oʻsishida tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiyalashning roli katta. Oʻsib
kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar, oʻqituvchilar
va bolalar bogʻchasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalashda
pedagog bolaning temperamentni ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim.
Xarakterni
tarbiyalash,
jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini oʻstirishdan,
uning salbiy tomonlarini yoʻqotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy
hislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yoʻqotmoq,
ijobiy
tomonlarini
tarbiyalab
yetkazmoq
uchun
tarbiyalanuvchining
oʻz
temperamentini oʻzi idora qilishiga oʻrgatmoq lozim. oʻz temperamentini idora qila
bilish xarakterning ijobiy hislatidir.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta.
Inson yakka bir-biridan ajralgan tariqa hayot kechirmaydi,
muayyan jamoada, ya’ni
muayyan oilada, maktabda va xokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat
oʻrtasidagi bogʻlovchi bo’gʻindir. Har bir oʻqituvchi va tarbiyachi bola xarakterining
ayrim hislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir qilib, ijobiy natijalarga
erishmogʻi mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy
hislatlari bolalar bogʻchasida o’yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. Toʻgʻri
uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida oʻquvchilarda
uyushqoqlik, intizom,
saranjom-sarishtalik, oʻz-oʻzini tuta bilish, oʻzini idora qilish, oʻziga nisbatan
talabchan boʻlish kabi xarakter hislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-biri
bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va oʻzining xarakter xususiyatlarini bilib
oladi. Xarakterini bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday
sharoit kishini oʻz xarakterini oʻzi tarbiyalash, jumladan, oʻz xarakterini qaytadan
tarbiyalashni yo’lga soladi.
Shmishek tomonidan shaxs aksentuatsiyasiga tashxis qo‘yish uchun
mo‘ljallangan so‘rovnoma yaratilgan bo‘lib, so‘rovnomaning ilmiy asosi
K.Leongardning “Shaxslar aksentuatsiyasi” kontsepsiyasi. Shaxs xususiyatlari asosiy
va qo‘shimchalarga bo‘linadi. Asosiy xususiyatlari shaxsning negizini tashkil etadi.
Asosiy xususiyatlar bo‘rttirib ko‘rsatilgan bo‘lsa xarakter aksentuatsiyalangan
hisoblanadi. K.Leongard ta’biri bilan asosiy xususiyatlar bo‘rtib
chiqqan shaxs
“Aksentuatsiyalangan” deyiladi. “Aksentuatsiyalangan shaxs” atamasi psixopatiya va
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
668
norma oralig‘ida joylashgan. Aksentuatsiyalangan shaxslar patologik shaxslar emas,
lekin nomaqbul ta’sirlar natijasida aksentuatsiya patologik tus olib shaxs strukturasini
vayron qilishi mumkin.
Leongard tomonidan belgilangan aksentuatsiyalangan baxslarning 10 tipi 2
guruhga bo‘lingan: xarakter aktsentuatsiyasi (namoyishkor, pedantik, botib qoluvchi,
qo‘zg‘aluvchi) va temperament aksentuatsiyasi (gipertimik, distimik, xavotir-
qo‘rquvchan, siklotimik, affektiv, emotiv)ni ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: