Fuqarolik jamiyatining predmeti, obyekti maqsad va vazifalari.
1-2 Mig‘-21 talabasi
Qadimov Nodirjon.
Fuqarolik jamiyati tushunchasining ildizlari Aristotel va Sitseron kabi ko’hna dunyo faylasuflarining izlanishlariga borib taqaladi. Bu mutafakkirlar davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi “siyosiy jamiyatning muqobili sifatida ham oila , e’tiqodn, ma‘rifat, madaniyat, san’at umuman hayotning barcha qirralari siyosiylashtirilgan edi. Buning ustiga alohida olingan shaxs o‘zini jamiyatdan ayrim holda his qila olmas edi.Qizig‘i shundaki, bunday nuqtai nazar juda uzoq vaqt yashab kelgan. Hatto biz agar misol tariqasida XVII asr fransuz monarxiyasi tizimini olsak, jamiyat faqat davlat oldidagina namoyon bo’lganini ko’ramiz.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratok davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat”-, deb ta’kidlagan edi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan taffakkur mahsuli bo’lib , inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqidagi g‘oyalar asosini bilish lozim. Bular quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy asos- shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma –xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ukladlik, erkin bozor munosabatlari.
Ijtimoiy-siyosiy asos- mustaqil davlat tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimyatning ajratilishi. Insonlarning o’z maqsadininhimoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi, hokimyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar qo’lida jamlangan bo’lsa , ular bir birini cheklaydi va muvozanatga solaib turadi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” namoyon bo’lishi , Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Fuqarolik jamiyatini qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga , jamoat tuzilmalariga va fuqarolarnining o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-boshqich topshiroshni ko’zda tutadi”
Huquqiy asos- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan ozodlik, tenglik , adolat qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikni qaror topishi va ularga huquq va erkinliklarni berish orqali qonun yo’li bilan tan olinish. “Qonun hukmron bo’lgan joyda erkinlik ham bo’ladi.(A.Temur) Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo’lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etilishi yoki cheklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o’z huquq va erkinliklarining amalga oshirishi, boshqa fuqarolarning , davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasligi lozim.
Ma’naviy asos- insonlar o’z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadryatlari himoyasiga tura oladigan bo’lishi, vijdon erkinligi, axloqiy normalrga rioya qilish, yagona mafkura , dunyoqarashning yakkahokimligini mavjud emasligi , ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari, fyqarolik pozitsiyasiga ega ekanligi.”Fuqarolik ozod bo’lmasa ong va shuur tazyiqda qullikdan qutilmasa , inson to’la ozod bo’la olmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”.
Fuqarolik jamiyati fanining obyekti- bu rivojlangan mamlakatlarda va O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi va shakllanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtispdiy va ma’naviy sohalardagi tub o’zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o’n yilliklarni o’z ichiga olib , unda fuqarolikjamiyatining huquqiy davlat bilan o’zaro uyg’unlikda rivojlanishi bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazardan o’rganiladi. Fuqarolik jamiyatining predmeti- bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo’lib , fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr , jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari. Islom Karimov tomonidan O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O’zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iborat. Maqsadi esa yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish ularni jamiyatni rivojhlantirishga doir mustaqil fikr ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Qirg‘izboyev.M Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. “Sharq” nashriyoti- 1998.
Qurbonov.K O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish strategiyasi: Fuqarolik jamiyati.Toshkent -2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |