Qoziqli poydevorlar, ularning
turlari va qo’yiladigan talablar
•
Inshootdan uzatiladigan yuk va tashqi
muhitga nisbatan kuchsiz gruntlar
sharoitida ko’pincha qoziqli
poydevorlardan foydalaniladi. Buning
asosiy sababi, birinchidan, qoziqni
o’rnatishda uning tevarak atrofi va
ostidagi gruntning zichlashuviga
erishilsa, ikkinchidan, yuqoridan
tushayotgan yuk qoziq orqali gruntning
chuqur qatlamlariga uzatiladi.
Qoziqlar alohida (alohida turuvchi
poydevorlar tovonida), lentasimon (kengligi
uzunligiga nisbatan ancha kam bo’lgan
poydevorlarda bir yoki ikki qator bo’lib) va
qoziqlar maydoni (yaxlit poydevorlarda)
ko’rinishida joylashuvi mumkin.
Qoziqlarni birlashtiruvchi konstruktsiya rostverk, qoziqlar
va rostverk birgalikda qoziqli poydevor deyiladi.
Qoziqli poydevorlar past va baland rostverkli bo’lishi
mumkin (9.1-rasm). Baland rostverkli qoziqlar amalda
ko’prik, daryo va dengiz sohillari inshootlari
poydevorlarida qo’llaniladi.
•
Vertikal tekislik bo’yicha joylashuviga
ko’ra qoziqlar tik yoki eshkaksimon
bo’lishi mumkin (9.2-rasm).
Eshkaksimon qoziqlar gorizontal
zo’riqishlar ta‘sirida bo’ladigan tirgak
devorlar, gumbazsimon yoki qirg’oqlar
ustivorligini ta‘minlovchi inshootlar
poydevorlari ostida ko’proq qo’llaniladi.
•
Ustun qoziqlar mustahkam, deyarli
zichlanmaydigan gruntga tayangan holda
joylashadi va bunda yuklar to’laligicha
ushbu gruntlarga uzatiladi. Bunday
qoziqlar qo’llanilgan inshootlarda
cho’kish deyarli yuz bermaydi.
•
Osma qoziqlarning uchlari mustahkam
gruntlargacha yetib bormaydi. Ular
mustahkam grunt qatlami anchayin
chuqur joylashgan hollarda qo’llaniladi.
Bunda qoziqlar orasida joylashgan
gruntlar ular bilan birgalikda ishlaydi.
Ular tashqi yuklarga, asosan, qoziq sirti
va grunt orasida hosil bo’ladigan
ishqalanish kuchlari hisobiga qarshilik
ko’rsatadi. Gilli gruntlarda shuningdek,
bog’lanish kuchlari ham poydevor
ustivorligi va mustahkamligiga sezilarli
ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
Yukni zamindagi gruntga uzatish usuli bo’yicha osma va ustun qoziqlar bir-biridan farqlanadi. Osma
qoziqlar ba‘zan ishqalanishga ishlovchi qoziqlar deb ham nomlanadi.
•
Ko’ndalang kesimi bo’yicha qoziqlar yumaloq,
kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, ko’pburchak va
boshqa shakllarda, bo’ylama kesimi bo’yicha
tsilindr, prizma, konussimon va ostki qismi
kengaytirilgan ko’rinishlarda tayyorlanadi.
Qoziqlarni o’rnatishda qoqish, suv yordamida
titratish, bosim ostida siqish va burab kiritish
usullaridan foydalaniladi. Tayyorlanishiga ko’ra,
qoziqlar yig’ma (po’lat quvurlar, yig’ma
temirbetonli qoziqlar), quyma (asosan beton
ishlatiladi) va aralash turlarga bo’linadi.
Qoziqli poydevorlarni barpo etishda yog’och, beton, temirbeton va po’lat
mahsulotlaridan foydalanish mumkin. Hozirgi zamon qurilishida temirbeton
qoziqlar ko’proq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |