Evolyutsiya nazariyasi


Turning tarkibi yoki strukturasi



Download 10,57 Mb.
bet80/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Turning tarkibi yoki strukturasi
Tur ichidagi individlar ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Darvinning fikricha, tabiatda bitta turga kiradigan bir-biriga aynan o‘xshash ikkita individni topish qiyin. Bunday turli tumanlikni tasavvur etish uchun turlarni quyidagi guruhga bo‘lish mumkin.
1. Yosh turlar bo‘lib, hozircha tabiiy tanlash ta’siriga uchramagan farqlar (mutatsiyalar modifikatsiyalar)
2. Tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish ta’siri natijasida vujudga kelgan hamda adaptiv ahamiyatga ega bo‘lgan farqlar.
3. Adaptiv bo‘lmagan yoki muayyan sharoitda o‘zining adaptiv ahamiyatini yo‘qotgan farqlar. Bular korrelyatsiya, genetik-avtomatik jarayonlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan farqlar.
K.Linney davridan beri “tur xili” degan tushunchaga tur ichidagi o‘zaro farqli belgilarni ifodalashda qo‘llanib kelgan. Tur xili tur doirasidagi morfologik o‘zgarishlarni xisobga olishda uzoq vaqt asosiy kategoriya bo‘lib xizmat qiladi. XIX asrda ko‘plab biologlar tur xil tushunchasi noaniq ekanligi haqida munozara olib bordilar.
“Tur xili” tushunchasiga polimorf populyatsiyalar hamda politipik turlar doirasidagi xilma xil o‘zgarishlar kiritilganligi bunday munozaraga sabab bo‘ldi.
Zavadskiy asosan o‘simlik turlarini o‘rganish sohasidagi ma’lumotlarga asoslanib, tur ichida quyidagi sistematik birliklar borligini ta’kidladi: uni ba’zan o‘zgarishlar bilan keltiramiz:
1.Yarim tur-deyarli yosh tur holatiga kelgan geografik va ekologik irqlar.
2.Kenja tur dastlab bu tushuncha XVIII asrdan boshlab qo‘llanilgan va tur xili tushunchasining o‘rnida ishlatildi. Kenja tur deyilganda, ma’lum tarqalish arealiga, barqaror morfologik belgilarga ega bo‘lgan, turning boshqa populyatsiyalaridan farq qiladigan organizmlar populyatsiyasidan iborat.
Har bir turga kiradigan kenja turlar o‘rtasida oraliq formalar bo‘ladi va ular shu kenja turlar o‘zaro to‘qnashib turadigan joylarda ko‘proq uchraydi. Tabiatdagi kenja turlar bir-biri bilan chatishadi va genetik ajralish mavjud emas.
Juda keng arealga ega bo‘lgan katta turlar ko‘plab kenja turlar hosil qiladi. M: oddiy olmaxonning Rossiyada 22 ta kenja turi bor.
3. Ekotipik yoki ekologik irq barqaror morfologik va biologik belgilari bilan ajralib turadigan va turning areali doirasi ichida muayyan yashash joylarini egallaydigan ekologik populyatsiyalar yig‘indisidan iborat. Ekotip hayot sharoiti bilan ifodalanadi (ekotip) M: botqoq sho‘r tuproq, suv ekotiplari, farqlanadi. Ekotip ekologik populyatsiyalar yig‘indisi bo‘lgan, undan kattadir. Bu terminni birinchi marta G.Turesson taklif etgan.
4. Biologik irq. Parazit formalarda uchraydigan biologik irq populyatsiyalarning ma’lum xujayin organizmlarida yashashga moslashgan alohida yig‘indisidir. Bu hamma parazitlarga xosdir. M: bargxo‘r hasharotning 2 ta biologik irqi bo‘lib, biri tutda, ikkinchisi qayinda parazitlik qiladi.
5. Biotip. Biotip deganda bir xil genotipga ega bo‘lgan individlar yig‘indii tushuniladi. Populyatsiyalarda biotiplar soni qancha ko‘p bo‘lsa unda polimorfizm shuncha kuchli ifodalangan bo‘ladi. Chunki bu biotiplar bir-birini urug‘lantiradi. Chetdan urug‘lanuvchi individlar duragaylari geterozigotali biotiplardan tashkil topadi. Ammo uning tarkibiga kiruvchi organizmlar gomozigotali bo‘lgani uchun bir xil gametalar hosil qiladi. Shu boisdan o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar populyatsiyalarida toza liniyalar rivojlanadi. Bu terminni genetikaga birinchi marta V.Iogansen kiritgan. Sof liniya deb bitta gomozigotali individdan kelib chiqqan va doimo o‘zidan cheklanadigan individiumlar yig‘indisiga aytiladi.
No‘xat, bug‘doy, arpa va so‘li kabi o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarni ko‘plab sof liniyalari bo‘lib, bu liniyalar tashqi belgilari jihatidan o‘xshash bo‘lib, fiziologik xossalari (erta pisharliligi, sovuqqa) kasalliklarga chidamliligi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
6. Populyatsiya. Bu terminni birinchi marta 1903 yilda V.Iogensen tomonidan genetikaga qo‘llanilgan bo‘lib, bu so‘z bilan u genetik jihatdan xilma-xil bo‘lgan individlar guruhini ifodalash uchun foydalangan edi. Keyinchalik bu termin dastlabki mazmuni o‘zgargan holda ekologiyaga keng qo‘llanildi. Populyatsiya deyilganda, ma’lum tur ichidagi individlarning shu tur arealining ma’lum qismi tarqalgan individlarining yig‘indisi tushuniladi. Populyatsiyani uch xili farqlanadi:
a) Mahalliy populyatsiya yoki lokal populyatsiya.
Agar tur individlari chegaralari aniq ajralib turgan gruppa hosil qilsa, uni mahalliy yoki lokal populyatsiya deyiladi. Masalan, chumchuqning o‘rmon populyatsiyasi.
b) Ekologik populyatsiya. Bir xil ekologik sharoitda yashaydigan mahalliy populyatsiyalar yig‘indisi ekologik populyatsiya deyiladi. Masalan, biror tur archazor va qarag‘ayozorda yashasada, uning har biri bittadan populyatsiyadir.
d) Geografik populyatsiya. Bu ancha keng tushuncha bo‘lib, turning ma’lum geografik chegara ichida yashaydigan barcha lokal populyatsiyalari yig‘indisi tushunildi. Geografik populyatsiya ekologik populyatsiyalarga bo‘linishi aniqlangan.
K.Linneydan boshlab barcha sistematiklar turning hamma individlari shu tur areali doirasida tuzilishi jihatidan asosan o‘xshash bo‘ladi, deb hisoblaganlar. Hozirgi paytda bu qoidani ko‘pchilik turlarga tadbiq etib bo‘lmaydi.
Turli xil geografik populyatsiyalarni morfologik belgilari bilan ko‘p farq qilmaydigan turlar monotipik turlar deb ataladi. Bunday turlar individlari ekologik sharoitlarda nisbalan o‘xshash bo‘ladi va areali tor bo‘ladi. Masalan, yirik chigirtkalarning O‘rta Osiyodagi areali tog‘lar bilan chegaralangan.
Bir turning populyatsiyalari va irqlari bir-biridan farq qilsa politipik turlar deyiladi. Politipik turlar: kenja tur, ekologik va biologik irq hosil qiladi. Umuman yuqorida aytib o‘tilgan tur tarkibi politipik turlarga mos keladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida aytilgan tur tarkibi yagona va oxirigi sistemalash emas. Bu sistema turning boshlang‘ich tarkibiy qismi mahalliy populyatsiyadir, degan fikrga asolanadi. Turli xil turlarning tarkibi turlicha bo‘lganligi sababli hamma turga taaluqli sistemani ishlab chiqish ham nihoyatda qiyin. Evolyutsiya jarayonda turning tarkibini bilish turning o‘zgarish yo‘nalishini va bir turdan yangi tur hosil bo‘lishini bilishning asosini tashkil etadi.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish