Genetik barkodingdan foydalanish, ya’ni sekvenir asbobi yordamida genni o‘qish orqali turni aniqlash keyingi yillarda avj olmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham universal mezon sifatida turni aniqlash uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki ko‘pchiligidan foydalanish yo‘li bilan turlarni kenja turlardan va boshqa turlardan farq qilish mumkin.
Agam va klonal formalarda tur tushunchasining o‘ziga xosligi.
Yuqorida aytilgan tur ta’rifi va izohlangan tur tushunchasi asosan jinsiy ko‘payuvchi organizmlarga taaluqlidir. Agam, vetitativ, partenogenetik ko‘payuvchi hamda klon formalarda bu ta’rifi to‘g‘ri kelmaydi.
Agam deyilganda tuban o‘simliklar va hayvonlarda urug‘lanmasdan jinssiz ko‘payish xodisasi tushuniladi. Bunda ko‘payish kurtaklanish kovakichlilar, bo‘linish (sodda hayvonlar) va boshqa yo‘llar bilan amalgan oshadi. Agam grekcha a-yo‘q, gamos-qo‘shilish degan ma’noni bildiradi. Bu hodisa kavkaz kaltakesagida ham uchraydi.
Klon deyilganda o‘simlik va hayvonlarning bitta individini jinssiz ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan, genetik kelib chiqishi bir xil bo‘lgan formalarni yig‘indisi tushuniladi. Masalan, bitta novda, 1 ta piyoz bosh, ildiz mevadan bir necha marta ko‘payishi tufayli hosil bo‘lgan individlarning yig‘indisi klon hisoblanadi. Klon grekcha bo‘lib, grekcha novda degan ma’noni bildiradi.
Vegetativ ko‘payish o‘simliklarga xos bo‘lib, vegetativ organlar (ildiz, poya va barg) yordamida ko‘payish tushuniladi.
Partenogenez urug‘lanmasdan tuxum hujayradan embrion taraqqiy etishi tushiniladi. Bunday ko‘payishni qiz holida ko‘payish ham deyiladi. Bunday organizmlar jinsiy yo‘l bilan xam ko‘payishi mumkin. Muhimi bu yerda embrion jinsiy hujayradan (tuxum hujayradan) taraqqiy etadi. Agam ko‘payishda jinssiz (kurtak, bo‘linish) protsess sodir bo‘ladi. Bu ularning farqli tomoni hisoblanadi. Partenogenez klovratklarida, hasharotlarda, ba’zi kaltakesaklarda uchraydi. Partenogenezni Shversiyalik olim Sh.Bonne 1762 yilda birinchi marta aniqlagan. Patenogenezda asosan bitta jinsga taaluqli individlar paydo bo‘ladi. Agar samka hosil bo‘lsa amfitoniya, deyterotoniya deyiladi. Lichinkalik davrida (pashshalarda) partenogenez yo‘li bilan rivojlansa pedogenez deyiladi.
Agam formalarda turga o‘xshash tushunchani qo‘llash mumkin. Ammo agam va jinsiy ko‘payadigan turlarni muhim tomonlarini o‘ziga qamrab oladigan tur qoidasi hozircha ishlab chiqilgan emas.
Agam va klonal formalarda tur tushunchasidagi qiyinchilikka taajublanmaslik kerak. Chunki agam, paratogenez asosan ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Mikroorganizmlarda va ba’zi bakteriyalarda agamiyaning birlamchiligi va mutloqligi hali to‘liq isbotlanmagan.
Evolyutsiya sistematika nuqtai nazaridan jinsiy ko‘payadigan turlarda tur tushunchasini qat’iy ta’riflash katta ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda agam formalarda ham shunga o‘xshash taksonlar shakllanishini xisobga olish lozim. Agam organizmlardagi kenja tur, tur va avlodlarning jinsiy yo‘l bilan ko‘paytirish nisbatan shartlidir.
Xulosa qilib aytganda, tur ta’rifini barcha guruhlarga mos keladigan qilib takomillashtirish lozim. Bunda tuban taksonlarni o‘rganishda qulay hisoblangan sistematik, morfologik-fiziologik, biogeografik va biologik mezonlarni e’tiborga olish zarur. Agam formalarda esa ularga mos keladigan organizmlardagi agam formalarda aniqlash mumkin. Xulosa, agam formalardagi taksonlarni jinsiy ko‘payadigan organizmlarning tur, avlod va boshqa kategoriyalariga aslo ekvivalent qilib ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |