Evolyutsiya nazariyasi



Download 10,57 Mb.
bet77/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

TUR MEZONLARI
Tur organik olamning nihoyatda murakkab va ko‘p qirrali ko‘rinishlaridan biridir. Shunga ko‘ra, tur mezonlari diqqatga sazavordir. Turni aniqlash uchun asos bo‘ladigan belgilar kompleksi tur mezonlari deyiladi. Bu belgilar har xil bo‘lib, quyidagi mezonlar qo‘llaniladi.
Morfologik mezon. Jon Rey va K.Lineyey davridan hozirgacha qo‘llanilayotgan bo‘lib, turni aniqlashda morfologik-analogik belgilarni asos qilib olishni ko‘zda tutadi. Masalan, O‘zbekistonda tarqalgan g‘o‘zaning ikki tur morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Jumladan, G. Xirzitum turi bargning rangi, shakli, ko‘saklarining formasi, og‘irligi, chanoqlar soni, gultoji bargining soni, xajmi, shakli va bir qancha morfologik belgi xossalari bilan G.barbadenze turidan farq qiladi. Xuddi shunday farqni eski va yangi dunyo g‘o‘zalari o‘rtasida xam ko‘rish mumkin.
Chittaklar avlodining turlari ham bir-biridan farq qiluvchi morfologik belgilarga egadir. Masalan, tojdor chittak boshida toji bo‘lib, tepa qismida chipor dog‘i bor. Katta chittakda boshida qora dog‘i bor, toji yo‘q. Keyingi ikki turga mansub organizmlar kattaligi, qorin qismi, rangi bilan bir-biridan farq qiladi. Katta chittak farqi qorin qismi sariq bo‘ladi.
Morfologik mezon tashqi tuzilishidan tashqari ichki tuzilish, ya’ni anatomik va gistologik tuzilishni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, yumaloq chuvalchanglar tipining tashqi belgilariga ko‘ra bir-biriga yaqin turlari, ovqat hazm qilish organlari va boshqa organlarning tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham morfologik mezon qancha oddiy bo‘lsa ham nisbiydir, chunki hayvon va o‘simliklarni aniqlashda to‘liq qiymatga ega emas. Uning cheklanganligi o‘xshash turlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘xshash turlar deyilganda, morfologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan, ammo fiziologik xususiyatlariga ko‘ra farq qiladigan turlarga aytiladi. Mayrning fikricha ular bir joyda yashab, morfologik jihatdan o‘xshasada lekin chatishmaydi. Bunday holatlar turlarni aniqlashda morfologik mezon bilan cheklanmay, boshqa mezonlardan, jumladan-fiziologik, biximiyaviy mezondan ham foydalanish lozimligini taqazo etadi.
Fiziologik-bioximiyaviy mezon. Tabiatda har xil turlarga kiradigan organizmlar jinsiy jihatdan alohidalashgan bo‘ladi. Buning ikkita sababi bor. 1. Har bir hayvon turqining jinsiy yetuk formalari qo‘shilishdan oldin o‘ziga xos xulq atvorga ega bo‘ladi. Urchish davrida har xil ranglarni paydo bo‘lishi, hid chiqadi, tovush signallari (qushlarning sayrashi, chigirtkalarning chirrilashi), qo‘shilish oldin raqsga tushishlar (mollyukalar, qushlar) shular jumlasidandir.
2. Urug‘lanishdan keyin paydo bo‘ladigan alohidalanish xisoblanadi. Zigotalarning (turlararo duraragaylashda) qisman yoki tomomila pushtsizlik hamda hayotchanligining pasayishi shular jumlasidandir. Shunga qaramay turlarni jinsiy urchishiga qarab farq qilish bir qancha kamchiliklarga ham ega. Jinsiy urchish bo‘yicha alohidalanishni asosiy mezon qilib olish, agam va arogam turlarining tabiatda mavjudligini inkor etadi. Bu mezonga ko‘ra plpulyatsiya ichida farq qiluvchi va shu populyatsiyadagi boshqa individlar bilan chatishmaydigan formalarni ham tur deb hisoblashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ekologik bog‘lanishni tabiatda turlararo chatishini imkor etishga olib keladi. Bu bilan klonal turning mavjudligi ham shubha ostida qoladi. Fiziologik-bioximyaviy mezon faqat jinsiy jixatdan aloxidalanishda namoyon bo‘lmaydi. Har xil turlarga mansub organizmlar o‘zining ximyoviy tarkibi bilan xam farq qiladi.
S.L.Ivanov ma’lumotlariga ko‘ra, gulli o‘simliklarning har bir turi muayyan tashqi sharoitga o‘ziga xos moy hosil qiladi. A.V.Blagovelinyanskiy uqtirishga, har bir o‘simliklarda organik moddalar har xil bo‘ladi. Masalan, suvo‘tlar va zamburug‘larning eng qadimgi guruhlarida alkoloidlar uchramaydi (toshkuya, pashshaxo‘r va qoraqul zamburug‘idan tashqari). Mohlar va paparotniklarda alkoloidlar uchraydi. Ammo qirqbo‘g‘imlar, plaunlar va ochiq urug‘lilarning ba’zilarida alkoloidlar topilgan. Bir pallalilardan piyozdoshlarda alkoloidlar bor, boshoqdoshlarda esa yo‘q. S.Y.Yunusov fikricha, bir oilaga kiradigan o‘simlik turlari tashqi va ichki faktorlar bo‘yicha farq qilgani sababli bir vaqtda bir xil alkaloidlarga ega bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda olimlar biximiyaviy mezon sifatida nuklein kislotalarga ko‘proq ahamiyat bermoqdalar. Bakteriyalar, zamburug‘lar, gulli o‘simliklarning ba’zi turlari tarkibidagi nuklein kislotalarning xususiyati o‘rganilganda DNK da primidin (A Q T) asoslari bir avlodga mansub bakteriyalar turida o‘xshashligi, filogenetik tomondan uzoq turlarni taqqoslanganda farq qilishi(0,45 dan 2,6 gacha) ayon bo‘ldi. Zamburg‘ va yuksak o‘simliklarda bu farq yanada ko‘zga tashlanadi. Shu bilan turli organizmlardagi DNKning turi va primidni asoslarning o‘zaro nisbati ma’lum qonuniyatlar asosida bo‘ladi. Bu qonuniyatga ko‘ra, evolyutsion jihatdan qadimgi sistematik gruppalardan yoshroq sistematik gruppalarga o‘tgan sari DNK tarkibining o‘zgaruvchanligi kamayib boradi.
Xordali hayvonlar hujayrasida uchraydigan oqsillardan biri insulindir. Olimlardan Sandjer sut emizuvchilarning har xil turlardagi insulin tarkibidagi aminokislotalar qanday joylashganligini o‘rgandi. O‘rganilgan barcha hayvon turlaridan insulin molekulasining ko‘p qismida aminokislotalar deyarli bir xil joylashganligini, lekin ayrim qismida bu izchillik buzilishi ma’lum bo‘ldi. Uni quyidagi ma’lumotlardan bilish mumkin.

SIS-Ala-Val...buqada


SIS-Gre-Ser-Iley...cho‘chqada
SIS-Ala-Gli-Val...qo‘yda
SIS-Tre-Gli-Iley...itda
SIS-Ala-Ser-Ter...Seldsimon kitda
SIS-Tre-Ser-Iley...Kashalotda

Bundan fizologik-bioximyoviy mezon asosiy mezon degan xulosa chiqmasligi kerak. Chunki ba’zi aminokislotalar, jumladan gistidin, arginning biosintezi kelib chiqishiga ko‘ra uzoq bo‘lgan bakteriyalar va zamburug‘larda bir xil bo‘lsa, boshqa aminokislota (lizin)ning biosintezi hayvonlarning yaqin turlarida ham har xil usulda amalga oshadi. Shunga o‘xshash ko‘p dalillar fiziologik-bioximiyaviy mezon turlarni bir-biridan farq qilishda ishonchli mezon emasligidan dalolat beradi. Shuning uchun bu mezon bilan birgalikda boshqa mezonlarni ham inobatga olish lozim.


3. Ekologik-geografik mezon. Bu mezon har bir turning mustaqil arealga ega bo‘lishi va shu areldagi (joydagi) ekologik faktorlarning organizmga ta’siriga asoslanadi. Tur individlari tarqalgan joy areal deb ataladi. Arealning hajmi, shakli va biosferadagi o‘rni, turga munosib organizmlarning tashqi muhit ta’sirlari bilan o‘zaro munosabatlari turning muhim xossalaridan hisoblanadi. Tabiatda bir avlodga kiradigan turlarning areali aloqada yoki ma’lum darajada qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Alohida arealga ega turlar simpatik turlar deyiladi. Ammo turlarni aniqlashda ekologik-geografik mezon ham universal mezon bo‘la olmaydi. Buning sabablari:
1. Simpatik turlarda areal o‘zaro qo‘shilib ketgan bo‘ladi.
2. Kosmopolit (ubikvist) turlarda areal juda keng maydonni ishg‘ol qilgan bo‘ladi.
3. Individlar juda tez tarqaladigan turlarga areal tushunchasi o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Odam ta’siri natijasida landshaftlarning o‘zgarishi bilan uy pashshasi, ko‘pgina begona o‘tlarni keng tarqalganligini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish