Trofik kooperatsiya. Organizmlarning oziqa topishi bilan bog‘liq bo‘lgan kooperatsiya trofik kooperatsiya deyiladi. Yakka organizmga nisbatan birlashgan organizmlar (hayvon va o‘simlik) oziqa topish va undan foydalanishi muhimroq bo‘ladi. Buni qishda bo‘rilarning bir necha oilalari birlashib, yirik tuyoqli hayvonlarga hujum qilishi, Afrikada yashaydigan jeno itlarining 20-30 tadan bo‘lib kiyiklarni ovlashi, o‘simliklarni zich bo‘lib o‘sishi tufayli namni saqlashi misolida ko‘rish mumkin. Bunday kooperatsiya soya beruvchi o‘simliklarga xosdir. Masalan, qarag‘aylar o‘sadigan joyda quyosh yerga yetmaydi, doim soya bo‘lib nam uzoq saqlanadi, tuproq unumdor bo‘ladi.
Konstitutsion kooperatsiya. Noqulay sharoitdan saqlanib qolish uchun organizmlarning to‘planishi konsititutsion kooperatsiya deyiladi. Organizmlarning to‘planishi tufayli paydo bo‘lgan mikroiqlim ayrim organizmlarning yashab qolishi uchun qulay sharoit yaratadi. Masalan, Antraktida pingvinlari havo o‘ta sovuq bo‘lgan vaqtda zich xalqasimon guruh hosil qiladi. Xalqaning o‘rtasida chetidagiga nisbatan harorat bir necha darajada yuqori bo‘ladi. Xalqa o‘rtasida biroz “isingan” pingvinlar boshqa pingvinlar tomonidan chetga surilib chiqariladi. Shu yo‘l bilan o‘ta nam va sovuq haroratdan saqlanadi.
Boshqalari ham sovuq kunlarda bir-biriga yopishib, sharsimon shakl hosil qiladi. To‘da o‘rtasidagi baqalar tanasining harorati chetdagi baqalar hisobiga bir muncha ortadi. Keyin ular chetga chiqadi, chetdagi o‘rdaga kiradi. Shunday qilib isiydi. Qum barxanlaridagi o‘simliklarning popuk ildizlari o‘zaro qo‘shilib ketishi ularga beqaror tuproq qatlamida saqlanishga imkon beradi.
Tur ichidagi reproduktiv, trofik va konsitutitsional kooperatsiyalar ham kongruensiyaga kiradi. Kongruensiya lotincha kongres-mos kelish, to‘g‘ri kelish degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, adaptatsiya tabiiy tanlanish natijasida organizmlarning noqulayliklarga moslanishidir. Adaptatsiya qadimgi lotincha –adaptatsio-moslanish demakdir. Tur populatsiya va individning abiotik faktorlarga chidamligini, boshqa tur, populyatsiya va individ bilan kongruensiyasini ta’minlovchi morfofiziologik, etologik xususiyatlarning kompleks yig‘indisi adaptatsiya deyiladi.
Adaptatsiyani tarixiy jihatdan kelib chiqishi adaptatsiogenez deyiladi. Moslanishga qodirlilik moslanuvchanlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |