Ontogenez embrionizatsiyasi va dezembrionizatsiyasi
Ontogenez embrionizatsiyasi deyilganda, evolyutsiya jarayonida organizm taraqqiyotning ma’lum bosqichlari ona organizmida maxsus po‘stloq (urug‘ yoki tuxumda) o‘tishiga moslanishi tushuniladi. Embrional taraqqiyot evolyutsiya jarayonida paydo bo‘lgan moslama xisoblanadi. Bu jarayonda ma’lum gruppa organizmning embrion taraqqiyoti ona organizmida, bir gruppasida esa ma’lum qismi ona organizmida, ma’lum qismi tashqi muxitda o‘tadi.
Embrionizatsiyanig hayvonlarning embrional taraqqiyotini xar xil tiplari evolyutsiyasida ko‘rish mumkin:
Birlamchi lichinkali, lichinkasiz va ikkilamchi lichinkalik. Birlamchi lichinkalik mayda tuxum qo‘yuvchi, sariqlik moddasi kam bo‘lgan hayvonlar taraqqiyotida uchrab, bu evolyutsiyada boshlang‘ich taraqqiyot hisoblanadi. Bu holat bulutlar, kovakichlilar, polixetlar, qisqichbaqasimonlar, suyakli baliqlar va amfibiyalarga xosdir. Bu hayvonlarning lichinkasi erkin bo‘lib, mustaqil yashay oladi.
Yirik tuxum qo‘yishga o‘tish bilan tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun lichinkasiz taraqqiy etish. M: boshoyoqli molyuskalar akulalar, miksinalar, ba’zi amfibiyalar, repteliyalar, qushlar, tuxum qo‘yuvchi sut emizuvchilarda shunday bo‘ladi. Lichinkasiz taraqqiyotda embrion uzoq vaqt tuxum po‘sti bilan ximoyalanib, tuxumdagi sariqlik bilan oziqlanib yashaydi. Umurtqalilarning quruqlikda yashashga moslashishida lichinkasiz taraqqiyot katta rol o‘ynaydi.
Repteliyalar va qushlarda amfibiyalarga nisbatan ontogenez embrionizatsiyasi quruqlikda yashashga moslashgan va embrion taraqqiyoti uchun tuxumda qulay sharoit mavjud. Amnion, sariqlik bezi, allantois, xorion va boshqalar embrionning quruqlikda taraqqiy etishiga va tug‘ilgandan keyin mustaqil xayot kechirishga imkon beradi.
Embrion boshqa organizmda (parazit tuxumi) yoki boshqa ona organizimida taraqqiy etsa, tuxum kichrayib ikkilamchi lichinkalik taraqqiyoti boshlanadi. M: zuluklar, yomg‘ir chuvalchangi, qo‘ng‘izlar, chayonlar, xaltali sut emizuvchilarda shunday bo‘ladi. Ikkilamchi lichinkalik taraqqiyot erkin lichinkalikdan oziqlanish va yashash muhiti bilan farq qiladi.
Gulli o‘simliklar parazitlarida embrionning o‘ziga xos reduksiyalanishi dezembrionizatsiya deb ataladi. Ayrim parazitlar juda oz o‘simliklarda parazitlik qilgani uchun ularning lichinkasi xujayra ichiga kirishga moslanganligi uchun embrion xujayin organizmiga kirish va migratsiya qilish vazifalarini bajaradi.
Embrionizatsiyaning muhim tomoni embrionning kerakli ozuqa bilan ta’minlanishi va tez taraqqiy etishi hisoblanadi. Embrionizatsiyaning kuchayishi tufayli tuxum soni kamayib, embrionning yashab tirik bola tug‘ilishi va sut bilan boqishi hisoblanadi. Embrional taraqqiyot kichik mutatsiyalar effektini kamaytiradi. Agar mutatsiya effekti kuchli bo‘lsa, embrionni o‘limga olib keladi.
Fetalizatsiya. Fetalizatsiya organizmning embrional o‘zgaruvchanligi ontogenezda ma’lum organlar sistemasining taraqqiyoti sekinlashishi natijasida voyaga yetgan organizmlarda shu organlarni embrional holatda saqlanib qolishi tushuniladi. M. tog‘ayli baliqlarda, to‘garak og‘izlilarda, amfibiyalarda embrional tog‘ayni saqlanib qolishi fetalizatsiyadir. K.Lorens fikricha, xulq-atvor fetalizatsiyasi hayvonlarni odam tomonidan o‘rgatilishiga imkon beradi. Ontogenezning dastlabki fazalarida yetuklik belgilarini paydo bo‘lishi adulttizatsiya deyiladi. Adultizatsiya lotincha voyaga yetgan degan ma’noni bildiradi. M: lastonogixlarda embiron taraqqiyoti davrida eshitish suyaklarini nixoyatda tez hosil bo‘lishi adultizatsiya xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |