Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar
Fetalizatsiya haqida tushunchaOntogenez haqida tushuncha
Filogenez haqida tushuncha
Biogenetik qonunning mazmuni
Geteroxroniya haqida tushuncha
Geterotopiya haqida tushuncha
Biogenetik qonunning kamchiliklari
A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi haqida
Anaboliya haqida tushuncha
Deviatsiya haqida tushuncha
Arxallaksis haqida tushuncha
Neoteliya haqida tushuncha
Ontogenez evolyutsyasi
Ontogenez bosqichlari, davrlari, tiplari
Ontogenez embrionizatsiyasi va dezmbrionizatsiyasi
15-MAVZU: ODAMNING PAYDO BO‘LISHI - antropogenez
Tayanch so‘zlar: Zoologik sistematikada odamning o‘rni, Odam bilan odamsimon maymunlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar, Odamning kelib chiqishiga oid paleontologik dalillar, Nomo avlodi evolyutsiyasining asosiy bosqichlari, Eng qadimgi odamlar arxantroplar, Qadimgi odamlar-paleantrop (neandertal) lar, Dastlabki hozirgi odamlar-Neantroplar, Aqlli odam evolyutsiyasining asosiy etaplari, Antropogenezni harakatlantiruvchi kuchlar, Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli Odam irqlarining paydo bo‘lishi va irqchilik, Kelajakda odam evolyutsiyasining yo‘nalishlari.
Odamning paydo bo‘lishi nixoyatda murakkab muammo bo‘lib, bu muammo evolyutsion ta’limotning asosiy munozarali qismi hisoblanadi.
Odamning kelib chiqishi to‘g‘risidagi masala materialistik dunyoqarashning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bu masala qadim zamonlardan beri insoniyat diqqatini jalb qilib kelmoqda. Uzoq vaqtlar bu masala sirli bo‘lib keldi. Odam o‘zining kelib chiqishi to‘g‘risidagi masalani xal qila olmadi, natijada xudo u jasadidan andoza olib odamni yaratgan, degan fikrlar paydo bo‘ldi. Bu afsona har xil ko‘rinishda talqin etilib, hozirgacha yashab kelmoqda. Qadimgi misrda dastlabki odamni xnum degan xudo kulolning charxida yasagan, degan fikr paydo bo‘ldi. Bunday afsona qadimgi Yunonistonda ham tarqaldi. Yunonistonda odamni Zevs loydan yasagan, donolik iloxisi Afina esa ularga hayot baxsh etgan deyiladi. Eramizdan oldingi VI asrda yashagan Anaksimondr fikricha, barcha quyosh tirik mavjudotlarni dastlab nurlariga isigach loydan kelib chiqqan, so‘ngra ularning ba’zilari quruqlikda tarqalib o‘zgargan, odam xam shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan.
Tabiatshunoslik odam bilan odamsimon maymunlar o‘rtasida o‘xshashlikni sezib, maymunlarni o‘rmon odami deb atadilar.
Dastlabki odam odam-ato qizil tuproq, ya’ni loydan yasalganligi haqida tavrotda aytilgan rioyat yuqoridagi afsonalarning keyingi variantlaridan hisoblanadi. Bu rivoyatda dastlabki odam qovurg‘asida birinchi ayol-momo-xavo yaratilgan deyiladi. Keyinchalik butun insoniyat odam-ato va momo-xavodan paydo bo‘lgan deyiladi.
Xristian dini bu aqidani ximoya qilib, unga iarshi chiqqanlarni jazolab kelgan. Natijada ko‘plab odamlar qamoqqa, kiynoqqa va gulxanga solindi.
Odam gavdasining anatomik tuzilishi bilan birinchi marta tanishuvning o‘zidek odam bilan yuqori tuzilishdagi hayvonlar, ayniqsa sut emizuvchilar o‘rtasida o‘xshashlik borligini ko‘rsatdi.
K.Linney odamni xudo tomonidan yaratilgan deb aytsa xam, quyidagicha yozadi: ox, maymundek jirkanch bir maxluq nechog‘lik bizga o‘xshadi-ya. Linney o‘z sistemasida odamni primatlar turkumiga kiritib, sistemaning boshiga qo‘ydi. U maymunlar, chala maymunlar va ko‘rshapalaklarni xam shu gruppaga kiritadi, ya’ni sut emizuvchilarga kiritadi.
Rus olimi Kaverznev odam bilan hayvonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni sezib, odam, mushuk, she’r, yo‘lbars, maymun va boshqalarni bir oila a’zolari deb qarash mumkin, deydi.
Odamning tarixiy rivojlanishi to‘g‘risidagi yangi tushunchani tasdiqlagan birinchi tabiat tadqiqotchisi J.B.Lamark hisoblanadi. U odam o‘z tana tuzilishi bilan sut emizuvchilarga o‘xshash, biroq tik yurish, orqa, odingi oyoqlarining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. Odamlar qadimgi odamsimon maymunlarning ikki oyoqlab yurishga o‘tishi, to‘da-to‘da bo‘lib yashashi tufayli paydo bo‘lgan deb ko‘rsatadi.
CH.Darvin turlarning kelib chiqishi asarida odam paydo bo‘lishiga aloxida to‘xtamaydi, ammo bu nazariya uchun zarurligini o‘qtiradi. Bu asardan foydalanib Geksli va Gekkel evolyutsion ta’limotni birinchi bo‘lib odam paydo bo‘lishi masalasiga tadbiq etdilar. Geksli solishtirma anatomiya dalillaridan foydalanib odam odamsimon maymunlarga yaqin ekanligini ko‘rsatib beradi. Gekkel esa embriologik ma’lumotlarga asoslanib, odam primatlardan kelib chiqqanligini qayd etadi. U sut emizuvchilarning shajarasini tuzib geneologik chiziqgacha maymunlardan maymunlarga, ulardan odamlarga borib taqalishini ta’kidlaydi.
Gekkel uchlamchi davrning oxirida antopoidlar bilan odam o‘rtasida qandaydir oraliq mavjudotlar yashagan, deb taxmin qildi va ularni pitekantrop, ya’ni maymun odam deb atadi.
CH.Darvin 1871 yilda “Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish” asarida odamning kelib chiqish masalasini aloxida yoritdi. Bu asarda u odam anatomik, fiziologik va boshqa biologik jixatdan maymunlarga yaqin ekanligini isbotladi. Darvin fikricha, odam va xozirgi odamsimon maymunlar bir vaqtlar uchlamchi davrda yashab, so‘ng kirilib ketgan qadimgi odamsimon maymunlardan kelib chiqqan. Odam paydo bo‘lishida qadimgi odamsimon maymunlarning to‘rt oyoqlab yurishdan tik yurishga o‘tishi, qo‘lining tayanch organi vazifasidan ozod bo‘lishi, bosh miyasining takomillashishi, nutqning shakllanishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan
Darvin odamdagi ko‘plab belgilar tabiiy tanlanishga bog‘liq, deb aytadi. Lekin u antropogenezdagi ijtimoiy faktorlar rolini tushunmagan. Bu masalani F.Engel 1896 yilda yozgan “Maymunning odamga aylanishida mexnatning roli” degan asarida ochib bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |