Evolyutsiya nazariyasi



Download 10,57 Mb.
bet122/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Ontogenez evolyutsiyasi
Tarixiy protsessda ro‘y beradigan evolyutsion o‘zgarishlar tur hosil bo‘lishi, nobud bo‘lishi, organik dunyo progressi, regressi bilan ta’kidlanmaydi. Har bir organizmlarning ontogenezi jinsiy hujayralarda mavjud bo‘lgan irsiy axborotning ro‘yobga chiqish protsessidan iborat.
Tirik tabiatda individual rivojlanishning ko‘rinishlari har xil bo‘ladi. Mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlarning turli vakillarida ontogenez protsessi har xil bo‘ladi.
Mikroorganizmlar ontogenezi bir hujayra doirasida amalga oshadi. Ko‘p xujayrali organizmlar paydo bo‘lishi bilan ontogenez shakl jihatdan murakkablashib, vaqt jihatdan uzaygan. Sodda hayvonlar, zamburug‘lar, ko‘plab o‘simliklar murakkab hayot sikli bilan xarakterlanadi. Ayrim o‘simliklar, M: Moxlar, paporotiklar ontogenezida jinsiy va jinsiy bo‘g‘inlar, gaploid va diploid fazalar navbatlashib turadi.
Nasl qoldirish rivojlanishning har xil fazalari cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘lgani sababli ontogenezda nasllar gallanishi organizmlarning ko‘payishi uchun yagona moslanish deb tushunilishi lozim. Shu nuqtai nazardan olganda keyingi evolyutsion rivojlanishda gametofitning reduksiyalanishi hisobiga urchishning soddalanishi tasodifiy hol emas. Hayot siklining soddalanishi tasodifiy hol emas. Hayot siklining soddalashishi ontogenezdagi barcha protsesslarning sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keladi. Rivojlanishining gaploid fazaga, metamorfozdan (xasharotlarda) to‘g‘ri rivojlanishga o‘tishi (umurtqalilarning yuksak vakillarida) ana shunday sifat o‘zgarishlardir. Metamorfozsiz rivojlanishda yangi tug‘ilgan bola katta organizmning hamma belgilarini o‘zida ifodalaydi, faqat gavdaning kichikligi bilan undan farq qiladi. Metamorfozli rivojlanishda esa bir necha o‘zgarishlarni bosib o‘tgandan keyin ota-onasiga o‘xshaydi. M: Xararotlarda tuxum, lichinka, gumbak stadiyalaridan keyin ota-onasiga o‘xshaydi. Shuning uchun xam metamorfozli rivojlanishdan metamorfozsiz rivojlanishga o‘tish Yerdagi evolyutsion protsessning eng so‘ngi oqibatlarining muhimlaridan deb hisoblash lozim.
Har xil sistematik gruppalarga mansub organizmlarda ontogenezning differensiallanish ko‘lami bir-biridan farq qiladi. Viruslar va bakteriyalar mustaqil ontogenezga ega emas. Chunki ularning hayotini o‘simliklar va hayvonlar hayotisiz tasavur etib bo‘lmaydi. Bu esa viruslar va bakteriyalarni qadamgi organizmlar ekanligidan dalolat beradi.
Bir xujayrali organzmlarning ontogenezi juda soda bo‘ladi. O‘simliklar ontogenezining differensiallanishi cho‘zilgan bo‘lib, embrionning rivojlanish davrlari bilan cheklanmaydi va butun ontogenez amalga oshadi. Bu bilan o‘simliklar ontogenezi hayvonlar ontogenezidan tubdan farq qiladi. Hayvonlarda differensiallanish va organlar hosil bo‘lish protsessi asosan embrional davrga to‘g‘ri keladi. Differensiallanish asosan ontogenzning erta davrlarida jadal suratlar bilan boradi. Organizmlarning xar qanday adaptatsiyasi ontogenetik differensiallanish va adaptatsiya bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Chunki bu davrdagi differensiallanish organizmlar turg‘unligini oshiradi.
Ontogenez evolyutsiyasida jinsiy protsess va u bilan bog‘liq diploid faza hamda geterozigotalikning vujudga kelishi muhimdir. Bu holat ko‘p jihatdan ontogenz muddatini uzayishini, gavdaning takomillashishini belgilab beradi. Ontogenez evolyutsiyasida organizmning tuzilishi va funksional bir butunligi vujudga kelgan. Shuning uchun ham bir blastomer ikkinchi bir blastomer bilan munosabatda bo‘lgandagina organizmning bir butunligi saqlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, individual rivojlanishning dastlabki bosqichida ajratib olinib, sun’iy sharoitda o‘stirilgan har qanday blastomer yangi organizmlarni paydo qilmaydi. Rivojlanayotgan embrionning biri qismini ikkinchi qismiga ta’siri induksiya deb ataladi. Organlar orasidagi shunday bog‘danishlar turli shakllarda ro‘y beradi. Ular genom, morfogenetik va ergantik korregyatsiyalardan iborat bo‘ladi.
Individual o‘zaro ta’sir, birikkan holda irsiylanishni asoslangan korrelyatsiyalari genom korrelyatsiyalar deyiladi. M: turmon kaptarlari tumshug‘ining kaltaligi bilan oyoqlaridagi patlar korrelyativ rivojlangan.
Morfogenenetik korrelyatsiyalar embriogenezning differensiyalanish davrida turli hujayra va qismlarning o‘zaro ta’siri prinsipiga asoslanadi. M: G.Shpeman tajribalarida tritonning gasturlyatsiya bosqichida embrionning 2 ta qismi almashtirilib o‘tkazilgan. Birinchi tajribada normal rivojlanishda nerv nayini hosil qiluvchi medulyar plastinkaning bir bo‘lagi teri hosil qiluvchi entodermaga kuchirib o‘tkazilgan. Ikkinchi tajribada buning aksini ko‘chirilgan. Birinchi tajribada o‘tkazilgan qismdan teri emas, nerv nayi, ikkinchi tajribada esa teri hosil bo‘lgan Genom va morfogenetik korrelyatsiyalar ergantik korrelyatsiya tomonidan funksional boshqariladi. Ontogenez evolyutsiyasida xilma-xil boshqarish mexanizmlarining paydo bo‘lishi individual rivojlanish turg‘unligini oshirgan. Individual rivojlanish turg‘unligi tashqi muhitning har xil faktorlaridan ko‘proq mustaqil bo‘lishga imkon bergan. Individual rivojlanishning nisbatan turg‘unligini hosil qilish protsessi evolyutsiyada ontogenezning avtonomozatsiyasi deyiladi. Ontogenez avtonomizatsiyasi har xil turlarga kiradigan hayvonlar va o‘simliklar rivojlanishini bir xil turlarga kiradigan hayvonlar va o‘simliklar rivojlanishini bir xil sharoitda solishtirganda namoyon bo‘ladi.
Atrof temperaturasi keskin o‘zgarib turishiga qaramay, issiqqonli hayvonlar tana temperaturasining turg‘unligini saqlanishi ontogenez avtomizatsiyasi tanlanish natijasida mustahkamlanadi. Tashqi muhit individual rivojlanishga tuzatishlar kiritsa ham, uning harakteri doim irsiy programma bilan belgilanadi. Ontogenez avtonomizatsiyasi evolyutsiyaning eng yorqin yo‘nalishlaridan biri bo‘lsa ham, u irsiy programmani qaytadan quradigan o‘zgarishlarni istisno qilmaydi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish