2. Deviatsiya yoki embrional rivojlanish o‘rtacha davrlarining o‘zgarishi. Deviatsiya lotincha-o‘rta, degan manoni bildiradi. Ontogenezda organlar rivojlanishining o‘rta bosqichlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar deviatsiya deyiladi. Bunga antogenezning o‘rta davrlaridan boshlab, organlarning embrional rivojlanishi oldingi ajdodlarining shu organlari rivojlanishiga nisbatan bir muncha boshqacharoq yo‘nalishda boradi. M: akula va repteliyalarning tangachalari embrioni rivojlanishida ostki epidermisning qalinlashishi va uning ostida biriktiruvchi to‘qima to‘planishi hisobiga ro‘y beradi. Akulasimon baliqlarda epidermis xujayralari va uning ichida to‘plangan biriktiruvchi to‘qima xujayralari tashqariga teshib chiqib qirrali yoki uchi o‘tkir tanachalar hosil qiladi. Keyinchalik tangachaning usti suyak (emal) bilan qoplanadi. Repteliyalarda esa tangachaning dastlabki rivojlanishi boliqlarning plakoid tangachalari rivojlanishi dastlabki rivojlanishiga o‘xshab ketadi. Biroq reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi keyinchalik boliqlar plokoid tangachalarining rivojlanishidan farq qila boshlaydi. Bu farq epidermis qism asta-sekin shox moddasining singdirib, tangachaga aylanishidan iborat. Repteliyalarning ba’zi turlarida shox moddadan iborat tangachalar ostida suyak joylashadi. Ular teri suyaklari tariqasida hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, deviatsiya usulida ontogenezda filogenez faqat o‘rta bosqichlarida takrorlanadi.
3. Arxallaksis yoki dastlabki davrlarning o‘zgarishi. Arxallaksis grekcha-boshlang‘ich, almashinish, degan ma’noni anglatadi. Morfogenezni dasblabki bosqichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar arxallaksis deyiladi. Bunda organ tamomila yangilanadi va uning rivojlanishi ajdodlarinikiga nisbatan tamomila boshqacha yo‘nalishda boradi. Demak, arxallaksisda faqat organning asosi paydo bo‘lganda rekatitulyatsiyaga uchraydi. Uning keyingi rivojlanishi esa boshqacha yo‘nalishda boradi. M: ilonlardagi umurtqalar, ba’zi baliqlarining suzgich qanotlaridagi (umurtqalar) shu’lalar, tishli kitlardagi tishlar soni, sut emizuvchilarning juni arxallaksisdir. Bu hodisa o‘simliklarda ham uchraydi. M: ikki pallali kurtakdan bir pallali kurtak rivojlangan, murakkab bargdagi barglar soni ortgan.
Organlarning rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirishga olib keladigan filembriogenez bilan bir qatorda, organizm rivojlanishidagi belgi va organlarning tamomila salbiy tomonga o‘zgarishi salbiy anaboliyalar, arxallaksislar va deviyatsiyalar deb atalgan. U salbiy filembrigenezning 2 ta turini farqlagan.
1. Embrionning dastlabki bosqichida organ qisqaradi. Natijada uning tuzilishi soddalashib, voyaga yetgan hayvonlarda o‘z funksiyasini yo‘qotadi va rudiment xolda saqlanib qoladi.
2. Embrion asosi normal vujudga keladi, biroq rivojlanishning keyingi bosqichida kichrayib, reduksiyaga uchraydi va voyaga yetgan organizmlarda butunlay yo‘qolib ketadi.
Umuman, Seversovning filembriogenez nazariyasi ontogenez bilan filogenezning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi. Uning bu sohadagi ishlari shogirdlari tomonidan (Shmalgauzen, Matveyev) rivojlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |