Neoteniya va uning evolyutsiyadagi ahamiyati
Evolyutsion protsessda faqat organlarning emas, balki bir butun organzmning embrional rivojlanishida ajdodlar rivojlanishidan farq qiladigan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda rivojlanishning boshlang‘ich yoki o‘rta bosqichlari keyingi bosqichlarini siqib chiqaradi. Natijada ontogenez tezroq tugaydi. Ontogenetik rivojlanishda qisqaradigan yoki tushib qoladigan bosqichlar funksiyalarini undan oldingi bosqichlar bajaradi. Bunday tushib qolish yoki uzilib qolishi neoteniya deb ataladi. Neoteniya ko‘pincha organizmlarning lichinka holda rivojlanishiga olib keladi. M: yassi chuvalchanglar, qisqichbaqalar, hasharotlar, amfibiyalardan-tritonlar va salamandralar jinsiy voyaga yetmay, ya’ni lichinkalik davrida ko‘payadi. Bu holat evolyutsiya jarayonida muhitning o‘zgarishi va raqobatning paydo bo‘lishi tufayli yuz bergan. Bitta miratsidiy lichinkasidan bir nechta sporotsista, undan ko‘plab rediya, undan ko‘plab serkariya paydo bo‘ladi. Neoteniya o‘simliklarda ham uchraydi. M: Taxtadjyan fikricha, lemnalar murtakdan kelib chiqqan.
Lemanalar-voyaga yetgan formalardan emas, balki uning murtagidan kelib chiqqan. Suvda o‘suvchi bu o‘simlikning tuzilishi shu qadar soddalashib ketganki, natijada ular gulli o‘simliklarga nisbatan ko‘proq suvo‘tlarga o‘xshash bo‘lib qolgan. Suvda suzib yurib hayot kechiradigan mayda o‘simlik bo‘lib, tropiklarda keng tarqalgan. Yetilganda u lemnaga mutloqo o‘xshamaydi.
Chunki unda kichik poya, barg, ildiz kabi vegetetiv organlar bo‘ladi, xolos. Urug‘ining tuzilishi, urnishida, murtaklik holatida ularning lemnalar bilan o‘rtasida ko‘p o‘xshashlik namoyon bo‘ladi. Qiyosiy morfologik tadqiqotlar lemna vegetativ tanasining cho‘ntakchalar deb ataluvchi qismidan yuqorida joylashgan distal qismida aslida barg ekanligini, cho‘ntakchalarda rivojlangan murtaklari yoki novdalariga mos kelishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga ular orasida farqlar ham bor. Agar uning poyasi bir qancha novdalar va ko‘pgina to‘pbarg chiqarsa, lemaning vegetativ tanasi ikkita yon kurtak va reduksiyalangan o‘xshash tipik vegetativ organlar bir o‘simliklardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu ma’lumotlar yana lemnalar voyaga yetgan formalardan emas, balki ularning murtagidan paydo bo‘lganligini, ya’ni ularda neoteniya yo‘li bilan evolyutsiya jarayoni ro‘y berganligini ko‘rsatadi. Ajdodlardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Rudiment organlar o‘simliklarda ham uchraydi. M: bug‘doyik, marvaridgul, paparotnik va boshqa o‘simliklarda ildizpoyasida rudiment holdagi barglar uchraydi.
Ayrim individlarda qadimgi ajdodning belgilari tuzilishiga qaytish yoki takrorlanish hodisasi atavizm deb ataladi. Ayrim vaqtlarda junli bola tug‘ilishi, ba’zi sigirlarda 3 juft emchaklar rivojlanishi atavizmga misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |