Zoologik sistematikada odamning o‘rni
Embrional taraqqiyot davrida xordaning bo‘lishi, jabr yorig‘i, orqa miya kanali, ikki tomonlama simmetriya va boshqa belgilar odamni xordalilar (chopdata) tipiga kirishidan dalolat beradi.
Umurtqa pog‘onasining bo‘lishi odamni umirtqalilar (vertabrata) kenja tipiga taaluqliligini bildiradi. Issiqqonlik, sut bezi, gavdaning jun bilan qoplanganligi bilan ular sut emizuvchilar (mammalia) sinfiga taaluqlidir. Embrion yo‘ldosh orqali ona organizmidan oziqlanishi tufayli yo‘ldoshlilar (Eutheria) kenja sinfiga kirgiziladi, ko‘plab belgilar odamni primatlar (Primates) turkimiga, Nomo avlodiga mansubligini bildiradi. Odam tor burunlilar kenja turkumiga kiradi. Zamonaviy odamsimon maymunlar-shimpanze, gorilla, orangutan, gibonlar 10-15 mln yil oldin odam bilan umumiy bo‘lgan ajdoddan ajralib chiqqan. Odamning kelib chiqishi antropogenez deyiladi.
Turkum
Primates
|
Kenja turkum Anffropoidea
|
Oila
Pongidae
|
Avlod
nomi
|
Barmoqlarida tirnoq bor. Tishlari ixtisoslashmagan, ko‘zlari oldinga qarang.
|
Tirnoqlari yassi, bosh miyasi rivojlangan. 2 ta pastki ku-rak tishi bor, kurs tishlarida 3 ta va undan ko‘p do‘ngliklar bor, Traxeya tog‘aylari birlash-magan. Mimika muskullari yax-shi taraqqiy etgan.
|
Dum
reduksilashgan
|
|
Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar. Odam organizmidagi ko‘pgina organlar, ularning tuzilishi, joylashuvi ko‘p jixatdan umurtqali hayvonlarga o‘xshaydi, Odam bilan umurtqali hayvonlarning skeleti, tana, kalla, qo‘l va oyoq suyaklaridan tashkil topgan bo‘lib, tayanch vazifani bajaradi, masalan, odamning qo‘li, qushlarning qanoti, sudralib yuruvchilarning, amfibiyalarning oldingi oylari asosan yelka, bilak, tirsak, kaft usti, va barmoq suyaklaridan tashkil topgan. Orqa oyoqlarda ham shunday o‘xshashliklar bor.
Odam organizmining tuzilishi ko‘piroq sut emizuvchilarning tana tuzilishiga juda o‘xshashdir. Masalan, sut bezlari, issiqqonlik, tanasining jun bilan qoplanganligi, quloq supralari, jag‘dagi 3 xil (jag‘, qoziq, kurak) tishlari odam va sut emizuvchilar uchun umumiydir. Har ikkalasida xam tana kurak va qorin bo‘shlig‘ida esa jigar, taloq, ichaklar, buyrak va xakazolar joylashgan. Tanadagi organlar o‘zaro birlashib, ovqat xazm qilish, ayirish, qon tomirlari, nerv sistemasi va boshqa organlar sistemasini hosil qiladi. Odamning hayvonlarga qon-qarindosh ekanligini isbotlovchi eng muxim dalillardan yana biri rudiment organlardir. Odamdagi rudiment organlar deyilganda, uning ajdodlarida yaxshi rivojlangan, lekin odam paydo bo‘lishi natijasida asta-sekin o‘z vazifasini yo‘qotib, qoldik holda saqlanib qolgan organlar tushuniladi (rudiment-lotincha qoldiq degan ma’noni bildiradi). Mutloqo qisqargan organlar esa reduksiyalangan organ deyiladi. Odamda 90 dan ortiq rudiment organlar bor. Masalan, ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi-apendiksning uzunligi 2-3 sm bo‘lib, uning yallig‘lanishi appenditsit kasalligini keltirib chiqaradi. Dag‘al oziqlar bilan oziqlanadigan barcha hayvonlarda ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi yaxshi rivojlangan. Chunki me’dada xazm bo‘lmagan oziqa shu o‘simtada xazm bo‘ladi. Umurtqali hayvonlarning ko‘pchiligida dum bor va u ma’lum vazifani bajaradi. Katta yoshdagi odamlar umurtqa pog‘onasining pastki qismida to‘liq rivojlanmagan 4-5 ta umurtqa bor. Ular dum suyagini tashkil etadi. Odam hayotida dum qoldig‘i hech qanday vazifani bajarmaydi va rudiment holatda bo‘ladi. Sut emizuvchilarda quloq suprasi tez harakatlanadi. Shuning uchun tovush tezligi va kelayotgan joyini aniqlaydi. Odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishi va tabiat ustidan xukmronlik qila boshlashi tufayli quloq suprasi rudiment holda kelgan. Odam ko‘zining ichki burchagidagi yarim oysimon parda biror vazifani bajarmaydi. U hayvonlar ko‘zidagi uchinchi qovoq (pirpiraydigan parda)ning rudimentidir. Yarim oysimon parda qushlar, sudralib yuruvchilarda yaxshi rivojlangan. Qushlar uxlaganda oq pardani kurish mumkin. odam tanasidagi jun (tuk) ham rudiment organdir. Ma’lum bo‘lishicha, rudimengt organlar katta yoshdagi organizmlarga nisbatan embrionda ko‘proq bo‘ladi. Odamning hayvonlardan kelib chiqqanligini isbotlashda solishtirma anatomiyadan tashqari embriologik dalillar ham muhimdir. Ontogenezda filogenez qisqa va tez takrorlanadi. Bu biogenetik qonun odamga ham taaluqlidir. Odamda ham embrion rivojlanishi zigotadan boshlanadi. U morula, blastula, gastura bosqichlarini bosib o‘tgandan keyin embrion varaqalari hosil bo‘ladi. Shu varaqalardan keyinchalik organlar rivojlanadi. Masalan, ektodermadan teri, tirnoq, soch, nerv sistemasi, sezgi organlari; endodermadan xorda, ovqat hazm qilish organlari, o‘pka, jigar; mezodermadan suyak-muskul, qon tomirlari va boshqa organlari rivojlanadi.
Odam embrion rivojlanishi baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar embrioniga juda o‘xshash bo‘ladi. Masalan 18-20 kunlik embrionda jabra, keyinchalik jabra aparati bo‘ladi. U odamda keyinchalik yo‘qoladi. Lekin bu dalil quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamda ham tarixiy rivojlanish natijasida jabra bilan nafas oluvchi baliqsimon ajdodlardan kelib chiqqanligidan darak beradi. 5-6 oylik ebrion tuk bilan qoplanadi, bola tug‘ilishidan oldin u to‘kilib ketadi. Odamning 2 oylik embrionida dum bo‘ladi, keyinchalik esa u o‘sishdan to‘xtab, dum suyaklari, chanoq suyaklari orasida qolib ketadi va tashqariga chiqmaydi. Odam embrionining rivojlanishida xiqildoq ba’zi belgilari bilan shimpanze xiqildog‘iga, bosh miya po‘stlog‘i esa tuban maymunlar bosh miya po‘stlog‘ining ham o‘zaro o‘xshashlik borligi aniqlangan. Ba’zi hollarda odamda turli sabablarga ko‘ra, ona qornida embrion normal rivojlanmaydi. Bunday hollarda atavizm, ya’ni qadimgi ajdodlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning takrorlanish xodisasi ro‘y beradi. Ayrim xollarda tug‘ilgan bolalar tanasining hayvonlarnikiga o‘xshash qalin jun bilan qoplanishi atavizm xodisasiga misoldir. 1820 yilda Kostroma gubernasida tug‘ilgan Antuan Yevtixeyev va uning o‘g‘li Fedorning butun basharasi va tanasi jun bilan qoplangan Stefan Bobroskiyning ham basharasidan jun o‘sib chiqqanligi uchun u sherbashara bo‘lgan. Meksikalik raqqosa Yuliya Pastrananing yuzi va tanasi ham junli bo‘lgan. Ba’zan dumli odamlar ham tug‘ladi. Masalan, 1848 yilda Germaniyada dumning uzunligi 10 sm ga yetadigan bola tug‘ilgan. Atavizm xodisasi ham odam ajdodi hayvon ekanligini isbotlaydi.
Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi. Odam tuzilishi jihatidan mayunlarga o‘xshaydi. Odam va maymunlar ayni paytda primatlar turkumini tashkil etadi.
Primatlar turkumining vakillari sut emizuvchilar orasida eng yuksak darajada tuzilgan. Ular avvalo bosh miyasining yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Bosh miyaning oldingi qismi va burmalari yaxshi rivojlangan. Ko‘z kosalari oldinga yo‘nalgan bo‘lib, chakka chuqurchalaridan ajralib turadi. Panjalari changgallovchi tipda: qo‘l-oyog‘idagi oldingi barmog‘i boshqa barmoqlarga nisbatan qarama-qarshi joylashgan. Hamma barmoqlarida tirnoqlar bor; o‘ynoqi maymunlarning faqat oldingi barmog‘ida tirnoq bor, emchagi xamisha bir juft. Bachadoni oddiy, odatda bita bola tug‘adi. Manna shu ta’rif, bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarama-qarshi turishini xisoblamaganda, odam ham to‘liq taaluqlidir. Oyoq panjalari esa bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Primatlar turkumi 2 ta kenja turkumga bo‘linadi:
1. Keng burunli maymunlar
2. Tor burunli maymunlar.
Maymunlar kaynazoy erasining uchlamchi davrining boshlarida sut emizuvchilarning eng tuban vakillari bo‘lmish hasharotxo‘rlardan kelib chiqqan va mustaqil rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |