Evolyutsiya nazariyasi


Qadimgi odamlar-paleantrop (neandertal) lar



Download 10,57 Mb.
bet132/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Qadimgi odamlar-paleantrop (neandertal) lar

Eng qadimgi odamlardan qadimgi odamlar yoki bundan 200-400 ming oldin paydo bo‘lgan neandertal odamlari kelib chiqqan. Bu odam paleantrop ham deb ataladi.


Qadimgi odamning to‘la saqlanmagan kalla suyagi dastlab Gibraltar rayonida 1848 yilda, ya’ni Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” nomli asaridan oldin topilgan edi. O‘sha vaqtda bunga hech kim e’tibor bermadi.
Qadimgi odam skeleti qoldiqlari ikkinchi marta 1856 yilda Germaniyada Dyusseldorf yaqinidagi Neander vodiysidagi neandertal daryosi yaqinidagi g‘ordan topiladi va topilgan joy sharafiga neandertal odam deb nomlandi.
Keyingi yillarda Yevropa, Afrika, Osiyo, Indaneziyaning 400 dan ortiq joyida nandertal odamning suyak qoldiqlari va qurollari topildi. Bularning hammasi neandertal odam nomi bilan ataladi. Bu odamlar qoldig‘i 9 yoshli bola skeleti Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Machay qishlog‘idagi Teshik-tosh g‘oridan 1936-1938 yillarda rus olimi Gerasimov tomonidan topilgan, Okladnikov uni tiklagan. Hozir bu skelet Moskvadagi paleontologiya institutining muzeyida saqlanmoqda.
Krimda, Simferopol va Bog‘chasaroy yaqinidan (Kiyik-koba g‘oridan) 1938-1939 yillarda ular foydalangan qurollar-koacha, qirg‘ich, chuqurlar topildi.
1954 yilda neandertallarning qoldig‘i va foydalangan qurollari Samarqand atirofidan, Sirdaryo havzasidan topildi.
1970 yilda ular yashagan makonlaridan biri Obi-Raxmat g‘oridan ohak toshdan ishlangan tosh qurollarni topdilar. G‘or ohak toshli qoyada o‘yilgan chig‘anaksimon tokchaga o‘xshaydi. G‘orning bo‘yi 12m, eni 21m ga boradi. Bu qazilmalarga M,M, Gerasimon va Rustam Sulaymonov raxbarlik qilgan. G‘or 10m chuqurga ochilgan. Unda 21 ta madaniy qatlam borligi aniqlandi. Bu qatlamlarga qarab neandertal qanday qilib hozirgi odamlarga aylanganligini bilish-aniqlash mumkin. Bu yerdagi quyi qatlamlardan yuqori qatlamlarga o‘tishi bir muncha sekin borganligini kuzatish mumkin. Bu yerda tosh va suyakdan ishlangan mexnat qurollari ko‘plab topildi.
Neandertal odamning bo‘yi 155-160 sm bo‘lib, bukchayib yurgan, peshonasi tor, biroz nishab bo‘lgan. Uning pastki jag‘ suyaklari ko‘proq odamnikiga nisbatan rivojlangan. Bosh miyasining hajmi 1450 sm 3 ga teng. Neandertel odamlar to‘rtlamchi davrdagi muzlashning eng og‘ir sharoitida yashagan. Ular olov hosil qilish va uni saqlashni bilishgan va u bilan gorni isitishgan. Ular yirik hayvonlarni ovlashgan, go‘shtini yeyishgan va terisini yopinib sovuqdan saqlanishgan.
Neandertallarning yasagan qurollaridan ularning ongi rivojlanganligini bilish mumkin. Tosh qurollarining uchi o‘tkir bo‘lib, dastasi chopqi, qirg‘ichlar ko‘p uchraydi. Neandertallar 50-100 ta dan bo‘lib jamoa bo‘lib yashashi ular hayotida xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.
Yashash uchun kurashda yaxshi ov qiladigan va o‘zini oziq bilan ta’minlaydigan jamoalar g‘olib kelgan. Jamoaning yashab qolishi uni tashkil etuvchi individlarning jamoa uchun foydali xususiyatlarga egaligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Neandertallar noqulay ob-havo sharoitlaridan jon saqlash maqsadida tabiiy g‘orlardan yovvoyi hayvonlarni haydab chiqarib foydalanganlar, ana shu pana joylarda betinim yonib turadigan olov, hayvonlar terisi ularni saqlanib qolishiga imkon berdi. Ular yasagan qurollar ham ancha ongli ishlangan edi.
Neandertallarning erkaklari ovchilik, hotin va bolalari o‘simlik ildiz- mevasi va urug‘ini yig‘ganlar va shular bilan oziqlangan, ammo ularda kannibalizm (o‘z avlodini yeyish), ya’ni odamxo‘rlik saqlanib qolgan.
Bosh va yuz suyaklarini o‘rganish asosida shunday xulosaga kelindiki, neandertallar o‘zaro muammola qilganda imo ishoralardan, aniq ma’ni bermaydigan toqushlardan, dastlabki ma’noli tovushlardan va nutqdan foydalanganlar.
Neandertallar turli maydonlarda yashashlariga qaramay madaniyati hamma yerda deyarli bir xil rivojlangan. Masalan: hamma qazilmalarda deyarli bir xil mehnat qurollari topilgan.
Neandertallar dastlabki diniy tushunchalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan diniy marosimlarning vujudga kelishiga xam asos solgan. Masalan, ular o‘z sheriklari o‘lganda ko‘mganlar, ko‘mishdan oldin murdaning oyoq va qo‘llarini tanaga bog‘lashgan va qabriga turli xil qurollar qo‘yishgan, bu ularni o‘lim nariga dunyo haqida tushunchalar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Gvineyada papauslar (millat) yaqin vaqtlargacha o‘likdan qo‘rqqanlar va ularni qaytib kelmasiligi uchun yuqorigidagidek qilib ko‘mishgan. Har xolda neandertallar ham o‘likni ko‘mishda ularning qaytib kelishini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Ular qabrning ustini tuproq va toshlar bilan to‘ldirishgan. Shu bilan uzoq joylarga borish imkoniyati tug‘iladi. Kromanyonlar g‘or, chayla, yerto‘lalarda yashagan. It, cho‘chqa, qo‘y va boshqa uy hayvonlarini saqlangan. Ular hayvonlarni ovlashda juda murakkab va xilma-xil usullardan foydalangan, uy-joy qurgan, nafis qurollar yasagan, tasviriy sa’atni bilgan. Kromanyon odamlari yashagan qarorgohlardan ibtidoiy ninalar topilishi ular hayvonlar terisidan o‘ziga kiyim tayyorlashganligini bildiradi. Kiyim tikish va uy-joy qurish orqali odamni iqlim sharoitiga qaramligi kamaya borgan. Taxmin qilinishicha, tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan kromanyon odamlar keng tarqalib, o‘troq holda hayot kechiruvchi neandertal bilan aralashib ketgan. Natijada kromanyon madaniyati hamma joyga keng tarqalgan.
Odamning tarixiy rivojlanishining biologik qonuniyatlari asta-sekin ijtimoiy qonuniyatlar bilan almashgan. Chunki odam bir xil tirik organizmga xos o‘sib, rivojlansa ham, biroq jamiyatdan tashqari uning haqiqiy inson bo‘lib yetilishi mumkin emas. Vaholanki, jamiyat va mehnat faoliyati odamning tarixiy rivojlanishida xal qiluvchi rol o‘ynagan. Odamda biologik irsiyat bilan bir qatorda, sotsial programmaga ega bo‘lgan irsiylanish ham bor. Uning yordamida anana, madaniyat, Fan, bilimlar kelgusi bug‘inga beriladi. Jumladan, odamning individual rivojlanishida orttirilgan tajriba yo‘qolib ketmaydi, balki umumiy imkoniyatni madaniyatiga qo‘shilib ketadi. Irsiyatning bu tipini Lobashev “Signal irsiylanish” deb nomlagan.
Hayvonlar tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni sezish orqali biladi. Bu I.P.Pavlov iborasi bilan aytganda, birinchi signal sistemasidir. U odamda ham mavjud, lekin odam tashqi muhitdagi voqea hodisalarni asosan ikkinchi signal sistemasi-nutq orqali biladi. Odam signal irsiylanishga ega bo‘lishi va u orqali xilma-xil ilmiy-texnika va madaniyatga oid axborotlarni o‘zlashtirish natijasida tabiat nazoratidan tobora qutila boshlagan.
Yuksak hayvonlarning birortasi ham odam kabi Yer yuzasida xilma-xil iqlim sharoitida keng tarqalmagan. Chunki odam ana shu sharoitga faqat jismonan moslashmay, balki noqulay sharoitga qarama-qarshi vositalar ham ixtiro qilgan. Fan va madaniyat rivojlanishi bilan odam o‘zi uchun sun’iy sharoit vujudga keltirgan. Shunga ko‘ra 40 ming yildan beri hozirgi zamon tipidagi odamlar o‘zining kompleks biomorfologik belgi xususiyatlarini saqlab kelmoqda.
Idealistlar din adabiy deb takidlaydilar, fan esa din inson taraqqiyotining ma’lum davrida vujudga kelganligini isbotlaydi.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish