Irqchilik va uning asossizligi
Irqlar o‘rtasidagi farqlar iqlim sharoitlari, fizik, geografik muhit, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning kompleks ta’siri (afrikani kam taraqqiyoti) tufayli kelib chiqqan.
Tavratdagi afsonaga ko‘ra, Yagve xudosi odamlardan xafa bo‘lib Yerga tufon yuborib, Nux bilan uning o‘g‘illari Som, Xom, Yefasdan boshqalarini qirib tashlashga qaror qilibdi. Keyinchalik ular yer yuzida qolib ulardan odamlar ko‘paygan. Yevas Yagvega yaqinligi uchun oq tanlilarni, somdan sariq tanlilarni, Xomdan qora tanlilarni yaratgan emish. Som va Xomdan tarqalganlar oq tanlilarga xizmat qilishi kerak emish.
Yevropeoidlar “oq tanlilar” deb ataladi va “oliy” irq hisoblanadi, degan fikr irqchilik nazariyasini asosini tashkil etadi. Bu nazariya reaksion nazariya hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, “oliy” irq vakillarini bosh miyasi katta va yaxshi ishlaydi. Ular madaniyatli, yaratuvchi, jamiyatni boshqaruvchi kishilardir. Mongoloidlar va negroidlar esa aqli past kishilar, deb da’vo qiladilar. Bu fikrlar asossizdir. Masalan, bantu negrlari – bosh miyasining o‘rtacha vazni 1422 g, inglizlarniki – 1456 g, fransuzlarniki – 1473 g, poshneziyaliklarniki – 1475 g, hindlarniki – 1514 g, buryatlarniki – 1584 g, dekimoslarniki – 1581 g ekan.
Bosh miya hajmiga qarab odam qobiliyatini aytib bo‘lmaydi. Masalan, Turgenovning bosh miya hajmsining 2021 g, mashhur yozuvchi Anapi Frannsniki – 1017 g kelar edi.
Aslida irqchilik urushlarni, mustamlakachilikni, ishsizliklarni himoya qilish maqsadida sun’iy yaratilgan nazariya hisoblanadi.
XVIII asrdayoq nemis tarixchilaridan Meyners kavkaz irqi mongol irqidan, kelt irqi slavyan irqidan yuqori turadi, deb aytgan edi. X1X asrda Gobino degan olim oq irqlarni barcha irqlardan yuqori qo‘yadi. Lens va Gyunterlar shimoliy Yevropa irqlarini iste’dodli. Kishilik jamiyatining barcha madaniy meroslarini yaratgan irq, deb maqtaydi. Irqchilik ikkinchi jahon urushidan oldin Germaniya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda keng tarqaldi. Bu bilan ular bo‘lingan jahonni qayta bo‘lish, o‘zga xalqlarni qul qilish niyatlarini yashirmoqchi bo‘ldilar.
Rus antropologlari irqga quyidagicha ta’rif beradilar: “Kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, tarixan uyushgan va nasldan-naslga o‘tuvchi gavda tuzilishi, sochi, teri va ko‘zidan tabiiy rang belgilari bilan bir-biridan farq qiluvchi odamlar gruppasi irq deb ataladi”.
Odamzod paydo bo‘lganidan yer yuzida tarqalgan. Yangi joylarning ob-havosi hammaga ham bir xil ta’sir etmasdi. Issiq Afrikada quyosh haddan tashqari qizdirib, oq tanlilarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, shimoliy esa qora tanlilarga sovuq salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Aksincha, issiq qora tanlilarga, sovuq oq tanlilarga moslanishni yuzaga keltirgan.
Masalan, tana terisining qora rangi – qora pigmentatsiyasi quyoshning ultrabinafsha nurlariga qarshi organimlarning himoya moslamasi sifatida paydo bo‘lishi mumkin, jingalak sochlarda issiqdan saqlaydigan havo qatlamlari bo‘ladi. Yevropoidlarning och rangli terisi ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi va shu yo‘l bilan odamni raxit kasalligidan saqlaydi. Tor qirra burun nafas olishga olinadigan havoni tor joydan o‘tkazib isitadi. Aqliy qobiliyat, tafakkur, nutq jihatdan olganda, har xil irqlar o‘rtasida hech qanday muhim farq yo‘q, barcha irqlar biologik jihatdan bir-biriga teng.
Shuning uchun teri rangi ham xar xil bo‘lgan. Olimlar bu irqlar qachon paydo bo‘lganligini hozirgacha hal etganlari yo‘q.
Ayrim olimlar sinantroplardan irqlar paydo bo‘la boshlagan, deydilar. Ko‘pchilik olimlar esa irqlar bundan 180 ming yil oldin paydo bo‘lgan, deydilar.
Shuni etiborga olish kerakki, hozirgi zamon irqlari bir-biriga aralashib ketgan, boshqacha qilib aytganda, hech qanday sof irq yo‘q, o‘zgarmaydigan irqiy belgilar ham yo‘q, odamlar qaysi irqqa va qaysi millatga mansubligidan kat’iy nazar, ularning turmush va ongi bir-biriga yaqin bo‘ladi. Masalan: Maykl Jekson mashhur estrada qo‘shiqchisi. Irqchilarning fikricha, oliy irq iqtisodiy, madaniy jihatdan yuqori, quyi irqlar past, shunga ko‘ra ularning kelib chiqishi xam xar xil, ya’ni polifiletik xarakterga ega emish. Ularning fikricha, yevropoidlar neandertaldan, mongoloidlar sinantroplardan, negroidlar avstralopiteklardan kelib chiqqan emish.
Ammo shu jarayonni bilish kerakki, irqiy farqlar juda kam bo‘lib, ular ikkinchi darajali belgilar hisoblanadi va odam tanasining barcha tuzilishiga xos emasdir. Irqlar tashqi qiyfasi bilan bir-biridan farq qilsa ham, turmush qurib normal nasl beradi. Bularning hammasi irqlar bir tarmoqdan (monofiletik) tarqalganligini va hizirgi zamon odamlari irqi va millatidan qat’iy nazar bitta biologik tur – Homo sapiens turiga mansub ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |