Evolyutsiya nazariyasi


Kelajakda odam evolyutsiyasining yo‘nalishlari



Download 10,57 Mb.
bet141/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Kelajakda odam evolyutsiyasining yo‘nalishlari
Hozirgi vaqtda tur sifatida odam (H. Sapiens) ning evolyutsiyasi tugallangan, deb aytish mumkin. Shunga ko‘ra, uning kelgusi evolyutsiyasidan katta o‘zgarishlar kutib bo‘lmaydi. Lekin evolyutsiya shakllangan tur doirasida davom etadi. Shu jumladan, keyingi paytlarda har xil etnik guruhlar, irqlar orasida kuzatilayotgan nikoxlar odamzod genofondini boyitib bormoqda. Shu bilan birga atrof muhitning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar, turli pestitsidlar, gerbitsidlar, defolyatlarni ko‘plab qo‘llash tufayli odamlarda polimorfizm, irsiy kasalliklar ko‘payib bormoqda. Masalan, odam evolyutsiyasida alohidalanish, hayot to‘lqini, tabiiy tanlanishning ahamiyati kamaygan, ammo mutatsion va kombinatsion o‘zgaruvchanlik o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Odamning bundan keyingi evolyutsiyasi kollektiv aql-idrokning rivojlanishi (axborotni to‘plash, saqlash, uzatish)ga, atrof-muhitdan yanada samaraliroq foydalanishga yo‘nalgan bo‘ladi.
Inson o‘zini anglab, biologik mavjudotdan ijtimoiy mavjudotga aylangandan keyin, biologik faktorlarning inson taraqqiyotiga ta’siri kamayib, ijtimoiy omillarning ta’siri ortib boradi. Lekin shunga qaramay, insonda boshqa tirik organimlar kabi, ovqatlanish, nafas olish, ko‘payish, nasl qoldirish, o‘sish, rivojlanish davom etar ekan, u biologik qonunlarga bo‘ysinadi. Ammo biologik omillar asosiy rol o‘ynamasa ham, tabiiy tiklanish odamlar hayotida hech qanday ahamiyatiga ega emas, degan xulosaga kelish yaramaydi.
Tabiiy tanlanishning stabillashtiruvchi formasi odamning hozirgi tuzilishi, qiyofasini saqlab qolishga qaratilgan. Keskin mutatsiyaga uchragan zigotalarning homilaligida nobud bo‘lishi, tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘rtacha vaznlari yashovchan ekanligi bunga yorqin misoldir. Keyingi vaqtda atrof muhitning ifloslanishi tufayli tabiiy mutatsiyalar hosil bo‘lishi bir muncha ko‘payadi. U yoki bu irsiy kasalliklar tufayli tug‘ilgan bolalar kishilik jamiyati uchun nihoyatda xavfli ekanligini qayd qilish zarur.
Yangi hosil bo‘lgan mutatsiyalar u yoki bu joyda yashayotgan odamlar genofondining o‘zgarishiga, uning yangi belgilar bilan boyishiga sabab bo‘ladi. Mutatsiya bosimi yo‘nalishsiz ekanligini, bu esa har bir shaxsning o‘ziga xos genotipini saqlashga imkon beradi deb aytish lozim. Bunday hodisalar mutatsiya jarayonining insonlar genefondiga ta’sir etishidan dalolat beradi.
Alohidalanish yaqin vaqtlarga insonlar tarixiy rivojlanishida muhim rol o‘ynasada, hozirgi vaqtda xalqlar orasidagi aloqa vositalarining rivoj topishi tufayli o‘z ahamiyatini tobora kamaytirib bormoqda. Alohidalovchi to‘siqlarning bartaraf etilishi tufayli inson genofondi tobora boyib bormoqda. Yaqin vaqtgacha yuqumli kasalliklar bo‘lgan vabo, endilikda ularga qarshi davo choralari ishlab chiqilganligi va amaliyotga tadbiq etilganligi tufayli ulardan o‘lim juda kamayib ketdi. Bu hodisa hayot to‘lqinlari ham evolyutsiya omili sinfida insonning tarixiy rivojlanishida kam ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Aytilganlardan ma’lum bo‘lishicha, evolyutsiyaning boshlang‘ich omillaridan faqat mutatsiya odam genofondiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun odam gavdasining tuzilishida, tashqi qiyofasida kelajakda biror bir keskin o‘zgarish bo‘lmaydi. Odamda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamoa bo‘lib axborot to‘plash, uni saqlash, navbatdagi avlodga berish, tabiatni yanada ko‘proq egallashga qaratilgan bo‘ladi.
Insonning kelajagi ayrim shaxslarning aql-idroki bilan emas, balki jamoaning aql-idroki bilan belgilanadi.
Dasblabki aqlli odamlar turi toza suv, toza havoli muhitda tarkib topgan. Keyingi yillarda zaharli hikmatlardan, mineral o‘g‘itlardan keng foydalanish, yangi sanoat markazlari, shaharlar, transport vositalari ko‘payishi tufayli atrof-muhitning ifloslanishi tobora ortib, zararli mutatsiyalarning keltirib chiqarmoqda. Keyingi vaqtlarda allergiya kasalligining xilma-xil formalari ko‘payib ketganligi bunga yaqqol misoldir.
Har bir odam ko‘chib yuruvchi (migratsiyalanuvchi) biotsenozlardir. Uzoq davom etgan evolyutsiya natijasida odam gavdasida ko‘pgina mikroorganizmlar birgalikda yashaydi. Ichaklarda yashaydigan achituvchi bakteriyalar, zamburug‘lar, terida uchraydigan ko‘pgina mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Hayot tarzining o‘zgarishi ana shu mikrooragnizmlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Odam gavdasidagi biotsenozning o‘zgarishi unga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish