Odam irqlarining paydo bo‘lishi
Hozirgi vaqtda yer yuzida 7 milliartdan ortiq odam yashaydi. Ularning hammasi bitta biologik tur – nomo sapiyes turiga kiradi. Odamning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli irqlarga mansub odamlarning bir-biri bilan cheksiz ravishda qo‘shilish va ko‘payish qobiliyati, barcha vakillarining jismonan va aql – idrok jihatdan bir xilligidan dalolat beradi. Bularning hammasi odamning kelib chiqishi monofiletik xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kromonyonlardan kelib chiqqan odamlar bir necha o‘n ming yillar o‘tib, zamonaviy odamlar butun yer yuzasida keng tarqalib ketgan.
Mana shu uzoq muddat mobaynida kromonyonlarning avlodlari juda xilma-xil iqlim sharoitiga tushib qolgan va turli-tuman tabiiy omillar ta’siriga uchragan. Bu esa muayyan geografik oblastlarda yashab turgan insonlarning tashqi qiyofasiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Shuning natijasida turli qit’alarning har xil zonalarida yashaydigan odam guruppalari terisi va ko‘zlarining rangi, sochining tipi va rangi, burnining, labining, yuzining va boshining shakli, bo‘yining uzunligi va proporsiyasi singari jami belgilari bilan bir-biridan ancha boshqacha bo‘lib qolgan.
Mana shu gruppalarning hammasini 3 ta katta irqqa birlashtirsa bo‘ladi:
1. Negroid – avstraloid yoki ekvotarial irq. Bu irqni ko‘pincha negroid irq deb yuritiladi.
2. Yevropoid yoki yevropa – osiyo irqi. Bu irqni ko‘pincha yevropoid irq deb ataladi.
3. Mongoloid irq yoki Osiyo – Amerika irqi. Bu irqni ko‘pincha mongoloid irq deb yuritiladi.
Bu irqlarning har birini xarakterli belgilari quyidagilardan iboratdir:
1. Negroid irqi yoki negroid – avstraloid yoki ekvatorial irq vakillari uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: teri, soch va ko‘zlarining qora rangda bo‘lishi, odam irqlari o‘rtasidagi bog‘lanish sxemasi (Y.Y.Roginskiy va M.G.Levin, 1978 bo‘yicha).
Sochlarning spiralga o‘xshab buralgan yoki jingalak bo‘lishi, burun qanotlarining serbar – keng puchuqroq bo‘lishi, lablarning qalin bo‘lishi, soqol va mo‘ylovlari yoki sust (negrlar-afrikada) yoki kuchli (Avstraliyaliklarda) taraqqiy qilgan bo‘lishi mumkin. bu irq quyidagi kenja irqlarga bo‘linadi: Avstraliya, vedroid, Melaneziya, Negr, Negrill, Bushmen kenja irqlariga bo‘linadi. Bundan tashqari, Yevropoid irqi bilan efiopiya va janubiy hind kenja irqlari bilan, mongoloid irqi bilan kuril va polineziya kenja irqlari bilan bog‘likdir. Keyingi paytlarda ba’zi olimlar bu irqni 2 ta mustaqil irqqa: negroid irq va avstraloid irqqa bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, irqlar 3 ta emas, balki 4 tadir: Negroid Avstraloid, Yevropoid va Mongoloid.
Do'stlaringiz bilan baham: |