Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

ESHKAK ESHISH
Yer yuzidagi eng qadimgi qayiqlar baydar- 
ka va kanoedir. Daryo, ko‘l va dengiz 
bo'ylarida yashagan kishilar juda qadimdan 
boshlab suvda harakat qilishga o'rganganlar. 
Dastlab xoda, yog'ochlarda suzishgan, qo‘1 
bilan harakat qilishgan. Hozirgi qayiq va esh- 
kaklar paydo bo'lguncha yuz yillar o'tdi. lion izi 
bolib tez va jo'shqin oqadigan daryolarda 
kishilar kanoeda suzishgan. Bu ixchamgina 
qayiqchani eshkakchi juda osonlik bilan 
boshqargan. Bir vaqtlar ularda Shimoliy 
Amerika indeyeslari suzishgan.
Hozirgi davrda bir o'rinli va ikki o'rinli ka­
noeda musobaqalar o'tkazilmoqda. Eshkakchi 
bir tizzada turib olib, qolidagi yog'och belkurak- 
ka o'xshash eshkak bilan harakat qiladi va ayni 
paytda qayiq yo'nalishini boshqaradi.
Baydarka esa butunlay boshqacha qayiq. 
Qachonlardir, juda qadimda Shimol aholisi 
kollar, dengiz qirg'oqlari bo'ylab baydarkalarda 
suzishgan. Baydarkada eshkakchi oldinga 
qarab o'tirib oladi. Uning qo'lida ikki tomoni 
ham kaftli eshkak boladi. Eshkak kaftining bir 
tomoni suvga botirilganda, ikkinchi tomoni suv­
dan chiqadi. Baydarkalar bir kishilik, shuning­
dek, ikki va to'rt kishilik ham boladi. Tez oqa­
digan tog' daryolari mavjud ayrim mamlakatlar­
da baydarka va kanoeda suv slalomi bo'yicha 
musobaqalar o'tkaziladi. U ham xuddi chang'i 
slalomi kabi sportchidan katta mahorat va 
mardliktalab qiladi.
Katta sigaraga o'xshash eng yengil va tez 
suzadigan eshkakli qayiq (skif)larda 
o'tkaziladigan poyga akademik eshkak eshish 
deb ataladi. Akademik eshkak eshish bo'yicha 
musobaqalar o'tgan asrning 20-yillaridan 
boshlab o'tkaziladi. Bu qayiqlarni yanada tez 
suzadigan qilish uchun doimo takomillashtirib 
borganlar. Bu qayiqlar juda tor bo'lganligidan 
dastlab eshkak halqasini ingichka trubkaga 
o'mashtirib, bort tashqarisiga chiqardilar. Keyin 
o'rindiqni orqa-oldinga suriladigan qildilar. U 
maxsus relslar bo'ylab suriladi. Endi skiflarda 
soatiga 20 kilometr, hatto undan ham katta tez- 
likda suzish mumkin. Akademik qayiqlarda bir
ikki, to'rt, hatto sakkiz kishi eshkak eshishi 
mumkin.
Daryo, ko'lli joylarda bolalar sportning bu turi 
bilan juda qiziqib shug'ullanadilar.
ECHKI
Siz o'tloqda yugurib o'ynab yurgan echki 
bolalari (uloq)ni ko'rganmisiz? Ular balandga 
juda epchil sakraydi, daraxtlarga, hatto uy tom- 
lariga ham chiqadi. Katta echkilar ham xuddi 
shunday epchil boladi.
Hozirgi uy echkilariga epchillik ularning yov­
voyi ajdodi bezoar va buramashox echkilardan 
o'tgan. Bu xil echkilarni hayvonot bog'ida 
ko'rish mumkin. Albatta, uy echkilarining shoxi 
bunchalik katta emas, lekin ularda umumiy 
o'xshashlik bor.
Bezoar echkilar Afg'oniston, 
Eron, Zakavkazye va Kichik Osiyo­
da, buramashox echkilar esa Hi­
molay va Turkmanistonning janubiy 
qismida yovvoyi holda yashaydi.
Bezoar va buramashox ech­
kilar tog'larda yashaydi, tik qoya- 
larga ham chiqa oladi, yaxshi 
sakraydi. Ular uy echkilari kabi o't, 
daraxt, butalarning barg va 
novdalari bilan ovqatlanadi. Bezoar 
va buramashox echkilar tobora ka- 
mayib ketmoqda, shuning uchun 
ular qo'riqlanadi, ovlash taqiqlan- 
gan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lekin bizda uy echkilari juda ko'p. Ular 
odamlarga sut, jun va tivit beradi. Uy ech­
kilari serjun, sertivit va sersut zotlarga 
bo'linadi.
O'zbekistonda serjun tivitli echki zotlari
— angora echkisi, O'zbekiston echkisi ko'p 
boqiladi.Zaanen echkisi, Orenburg echkilari 
ko'p sut beradi. Ularning tiviti ingichka, 
yengil va issiq bo 'la d i. Ulardan nafis 
ro'mollar to'qiladi.
Echkilar joy tanlamaydigan va chidamli 
hayvonlardir. Aytishlaricha, ular juda aqlli va 
ayyor bo'ladi. Uy echkilarini kuzatib yursa- 
ngiz, ularning haqiqatan ham shunday ekan- 
ligiga ishonch hosil qilasiz.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish