O'ZBEK SPORTCHILARINI OLIMPIADA O'YINLARI
SHu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O'zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarga qizg'in tayyorgarlik ketmoqda.
Har bir viloyatda nomzodlar o'z tarafdorlari bilan saylovoldi uchrashuvlari o'tkazib, dasturlarini taqdim etishyapti. Xalqimiz bu jarayonda faol ishtirok etayotgani ularning siyosiy bilimi tobora ortgani, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi yuqori ekanini anglatadi.
Sport jurnalisti ekanimdan kelib chiqib, etiborimni tortgan jihat shu bo'ldi – u ham bo'lsa, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamurodov dasturida sportga oid alohida bandning borligi. To'g'ri, ushbu soha mamlakatimizda juda yaxshi rivojlangan. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun juda katta kuch va etibor qaratgan edi. Aynan ana shu ezgu g'oyalarni jadallik bilan davom ettirishni maqsad qilgan Sarvar Otamurodov o'z dasturida “Farzandlari sog'lom va barkamol yurt qudratli bo'lur”, “Barkamol avlod – millat tayanchi” tamoyillari asosida turli sohalarida bir qator vazifalarni amalga oshirishini niyat qilganini bildirdi. Nomzod dasturida milliy qadriyatlarimiz, matonat, jasorat, vatanparvarlik va insonparvarlik asoslarini o'zida yorqin mujassam etgan o'zbek kurashini Olimpiya o'yinlari qatoriga kiritish maqsadida Xalqaro kurash federaciyasi hamda Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan aloqani har tomonlama mustahkamlash masalasi ustuvor vazifalardan biri etib belgilanganini ko'rish mumkin. SHu bois partiya milliy kurashni yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish, kurashchilarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, mazkur sport turi bilan shug'ullanuvchilar safini kengaytirish, kurash bilan shug'ullanish uchun yoshlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator tadbirlar, musobaqalar o'tkazib kelmoqda.
O'zbek kurashi haqida gap ketganda, bundan o'n yillar muqaddam ushbu sport turini ommaviy axborot vositalarida peshma-pesh va keng yoritish ananaga aylanganini eslash kifoya. So'nggi yillarda mana shu etibor biroz susaygandek. Yaqinda Hindistonning Kochi shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini matbuot nashrlarimiz faqat xabar tarzida yoritgani etiborimni tortdi. CHempionatni yoritish uchun mamlakatimizdan birorta ham jurnalist bormagani qiziq. Terma jamoamiz yoshlari chempionatning eng yaxshi jamoasi, deb topildi. Avvallari kamida ikki-uch nafar muxbir yoki teleoperator jahon chempionatlarini voqea joyidan kuzatib, turkum reportajlar tayyorlab qaytardi. “Sport” telekanalining suniy yo'ldosh orqali ushbu musobaqadan reportaj tayyorlash imkoniyati ham bor edi. Negadir bunga hafsala qilinmadi.
Uch yil avval olimpiya sport turlarini rivojlantirish talabi bilan uch bosqichli sport tizimi musobaqalari dasturidan kurash va belbog'li kurash ham chiqarib tashlangan edi. O'tgan yildan boshlab bu turlar yana dasturga kiritildi va musobaqalar boshlanganidan quvondik.
Aslida milliy sport turimizni o'zimiz qadrlashimiz kerak. Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish uchun Yaponiya karate uchun, Janubiy Koreya taekvondoga jonbozlik qilgandek qayg'urishimiz kerak. Hindistonda o'tkazilgan Xalqaro kurash associaciyasining XVI kongressida Toshkentda 2017 yil Islom Karimov xotirasi uchun xalqaro turnir tashkil etish tashabbusi bilan chiqilgani va bu bir ovozdan maqullangani kishini juda ham xursand qildi. Demak, yana ishlar jadallashyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |