Ensiklopediyasi


FIL IPPIN (Filippin Respublikasi)



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

FIL IPPIN
(Filippin Respublikasi)
Maydoni - 300000 kvadrat kilometr.
Aholisi - 71500000 kishi.
Filippinni yetti ming orol mamlakati deb 
ataydilar. Bu mamlakat Tinch okeanning Janu- 
bi-Sharqiy Osiyo qirg'oqlariga yaqin qismida­
gi Filippin orollari arxipelagida joylashgan. 
Orollar orasida Luson va Mindanao kabi yirik- 
lari ham bor. Orollarning ko'plari mayda, ba’zi
Filippin tabiatining ko'rinishi.
orolchalarda esa umuman odam yashamay- 
di. Filippin orollarida qalin tropik o'rmonlar 
bilan qoplangan tog'lar ko'p. Bu yerda har- 
akatdagi vulkanlar bor, zilzila ham bo'lib 
turadi. Filippin orollari ustidan tez-tez dovul
- tayfunlar o'tib, uylarni buzadi, ekinlarni 
nobud qiladi, kokos palmazorlariga katta 
zarar keltiradi.
Orollarning hayvonot dunyosi juda xil­
ma-xil. Bu yerda timsohlar, ilonlar, tosh­
baqalar, kakadu to'tilari, yovvoyi tovuqlar- 
ni uchratish mumkin. Kattaligi kalamush- 
dek keladigan hayvon - arvohmaymun 
(uzuntovon) yashaydi. Bu hayvon juda 
qadimgi davrdan ma’lum bo'lganligi uchun 
qoldiq hayvon deb hisoblaydilar. Ko'p sonli 
maymunlar galasi tez-tez dala va polizlar- 
ga yopirilib, ekinlarni payhon qiladi. May- 
m unlarning eng ashaddiy kushandasi 
garpiya yirtqich qushidir. Dengizlarda bal­
iq mo'l. Aholisining ko'p qismi baliq ovlash 
bilan shug'ullanadi. Baliqni oftobda quri- 
tadilar yoki tuzlaydilar.
Filippin - qishloq xo'jaligi mamlakati. Bu 
yerda sholi, shakarqamish, tamaki yetishti- 
radilar. Mahalliy aholi abaka o'simligi bar- 
gidan tola ajratib oladi, undan dunyoda eng 
pishiq, dengiz suvida chirimaydigan arqon 
tayyorlanadi.
Sanoatning asosiy tarmoqlari - qayta 
ishlash va kon-ruda sanoati. Mamlakatda 
mis, temir rudasi, oltin, kumush, rux qazib 
olinadi.
Mamlakat poytaxti va eng yirik shahri 
Manila - asosiy port hisoblanadi, tashqi 
savdo yuklari shu port orqali o'tadi.
Filippin orollarida bir necha o'nlab katta 
va kichik xalqlar yashaydi. Mamlakatning 
tashqi dunyodan butunlay ajralgan, odam 
borishi qiyin bo'lgan rayonlarida olimlarga 
ma’lum bo'lmagan qabilalar uchraydi.
14-16-asrlarda Filippin orollarida bir 
necha knyazliklar mavjud bo'lgan. 1565 -
1571 -yillarda ular Ispaniya hukmronligi os- 
tiga o'tgan. Bosqinchilar filip p in likla rn i 
shafqatsiz ekspluatatsiya qilganlar, orollar- 
dan kemalarda ziravorlar, tamaki, shakar- 
qand, kanop tola olib ketganlar.
»
www.ziyouz.com kutubxonasi


19-asr oxirida Filippin orollarida atoqli yo- 
zuvchi Xose Risal boshchiligida umumxalq 
qo'zg‘oloni ko'tarildi. Xalq g'alaba qozondi va 
1898-yili mamlakat respublika deb e’lon qilin­
di. Biroq filippin xalqi o‘z g‘alabasi samarasidan 
foydalana olmadi. Ispaniya bilan AQSH 
o'rtasidagi shartnomaga ko‘ra Filippin orollari 
Qo‘shma Shtatlar ixtiyoriga berildi. Filippin xal­
qi uzoq yillar davomida yangi mustamlakachi- 
larga qarshi kurashdi. Faqat Ikkinchi jahon 
urushidan keyin mamlakat mustaqillikka erish- 
di.
Filippin bilan O'zbekiston Respublikasi 
o'rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda 
o'rnatildi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish