Xix asr oxiri—xx asr boshlarida Rossiyaning tashqi siyosati Chor Rossiyasi mustamlakachi davlat



Download 334,43 Kb.
bet1/11
Sana17.04.2022
Hajmi334,43 Kb.
#559135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XIX asr oxiri


XIX asr oxiri—XX asr boshlarida Rossiyaning tashqi siyosati
Chor Rossiyasi mustamlakachi davlat

Rossiya ham qudratli mustamlakachi davlatlardan biri bo`lgan. Bosqinchilik urushlari yo`li bilan ulkan imperiya vujudga keltirildi. Ayni paytda, Rossiya mustamlakachilik imperiyasi Angliya yoki Fransiya mustamlakachilik imperiyasidan farq qilardi.

Bu farq — Rossiya bosib olgan hududlarning bevosita imperiya tarkibiga qo`shib olinishida edi. Shu tufayli Rossiyaning okean yoki dengizorti mustamlakalari yo`q edi.

Chunonchi, o`rta Osiyoning bosib olingan qismi imperiya tarkibiga qo`shilib, bu hududda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilganligi sizga «O'zbekiston tarixi»dan ma'lum.

Rossiya agressiv siyosatining asosiy yo`nalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiya hamda Qora dengiz bilan o`rta dengizni bog`lovchi Dardanell va Bosfor bo`g`ozlari hamda o`rta Osiyoda o`z hukmronligini o`rnatish edi.

Rossiya XIX asrning 70- yillaridan keyin ham o`rta Osiyoda bosqinchilik siyosatini davom ettirdi. 1873- yilda Xiva xonligi vassal davlatga aylantirildi. Bosqinchilik yurishlari 1885- yilda to`la amalga oshirilib bo`lindi.




Rossiya - Turkiyaurushi

Tez orada Bolqon inqirozi yuz berdi. 1875- yilning yozida Gersegovina va Bosniyada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi. Ular milliy mustaqillik talab qildilar. Bolgariyada ham shunday qo`zg`olon ko`tarildi. Biroq qo`zg`olon shafqatsizlik bilan bostirildi.

Bolqon inqirozi buyuk davlatlarning manfaatini yana bir bor to`qnashtirdi.

1876- yil Serbiya - Turkiya urushida Turkiyaning qo`li baland kela boshladi. Shunday sharoitda 5- oktabr kuni Rossiya Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolashni va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etdi. Biroq Turkiya bu talabning bajarilishini paysalga soldi.

31- oktabr kuni Rossiya bu masalada Turkiyaga ultimatum topshirdi. Shu tariqa, Serbiya halokatdan saqlab qolindi.

1876- yil 26- dekabrda Konstantinopolda Bolqon masalasida xalqaro konferensiya chaqirildi. 1877- yilning 28- fevralida Serb - Turk tinchlik shartnomasi imzolandi. Bosniya, Gersegovina va Bolgariyaga muxtoriyat berish talablari esa qog`ozda qoldi.

Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo`lsa-da, o`z armiyasini demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni muddao bo`ldi. Rossiya 24- aprel kuni Turkiyaga urush e'lon qildi. Serbiya va Chernogoriya ham urush harakatlarida qatnashdi. Rossiya armiyasi Turkiya armiyasiga katta talafot yetkazdi. 1877- yil oxirida Plevna yonida Usmon poshsho 43 ming qo`shini bilan taslim bo`ldi. 1878- yil yanvarda Skobelev armiyasi Adrianopolni ishg`ol qildi.

Rossiyaning muvaffaqiyatlari Angliyani tashvishga solib qo`ydi. 1878- yilning 3- fevralida Angliya o`z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi. Rossiya armiyasi Konstantinopol shahriga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqasini uzishini ma'lum qildi.





Download 334,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish