Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

FALASTIN - qarang 
Yaqin Sharq.
FIL
Fillar faqat Afrika va Janubi-Sharqiy Osi­
yoda yovvoyi holda yashaydi. Bular ikki tur- 
dagi, ya’ni Afrika va hind fillaridir. Ular bir- 
biriga juda o'xshash. Faqat Afrika fillarining 
qulog'i katta supradek, hind fillariniki esa 
kichikroq. Yana boshqa farqlari ham bor. 
Lekin yuqoridagi farq ko'zga yaqqol tashla- 
nadiganidir.
Filning bir oz bukrisimon yelkali bahay- 
bat gavdasi, yo'g'on, xuddi ustundek oyoq- 
lari, kichkina ko'zlari, do'ng peshonalari, 
katta kallasi, supradek qulog'i va uzun qoziq
tishlari bor. Afrika fillarining qoziq tishi ikki 
yarim m etrgacha yetadi. Bu nihoyatda 
dahshatli qurol va himoya vositasidir.
Lekin eng qizig'i — bu filning xartumidir. 
Bironta hayvonda bunday a’zo yo'q. Fil xar- 
tumi burni va yuqori labidan o'sib chiqqan. 
Xartumning uchida, hamma hayvonlar burni- 
da bo'lgani kabi, ikkita katagi (teshigi), xar­
tumning ostida og'zi va uchburchaksimon 
pastki labi bor. Fil xartumi bilan yerdan bir tu- 
tam o't yoki baland daraxtdan shox uzib olishi 
mumkin. Mana shu bahaybat hayvon o't va 
barglar bilan ovqatlanadi. Agar fil suv ichmoq- 
chi bo'lsa, xartumiga suv to'ldirib olib, og'ziga 
quyadi. Kunlar isib ketganda fil xuddi shlan- 
gadan quygandek ham ustidan, ham ostidan 
o'ziga suv sepadi. Keyin sochiq o'rniga va tur­
li kanalar terisiga yopishib olmasligi uchun 
ustiga tuproq sochadi. Kichkina avtobusdek 
keladigan "mitti" filcha esa xartumchasi bilan 
onasining dumidan ushlab, ergashib yuradi. 
Agar u sho'xlik qilsa, onasi yoki otasi xartumi 
bilan urib qo'yadi.
Agar fil tuzoqqa ilinib qolgan bo'lsa yoki 
o'raga tushib ketsa, boshqa fillar xartumlari- 
ni uzatib unga yordam berishga harakat 
qiladilar. Xartumsiz fil yashay olmaydi: na 
ovqat yeya oladi, na suv icha oladi. Shunday
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'lsa ham Afrika savannalarida mayib bolib 
qolgan xartumsiz fillarni ko'rishgan. Yarasi al- 
laqachon tuzalib ketgan fil esa sog‘-salomat. 
Demak, uni boshqa fillar oziqlantirishgan. Fil- 
lar mana shu usul bilan bir-biriariga... "yordam 
xartumini" cho'zadilar. Yaralangan yoki kasal 
bolib qolgan sheriklarini fillar biqin tomonidan 
avaylab suyab, xatarli joydan olib ketishadi. 
Ular onasiz qolgan filchani hech tashlab ket- 
maydi.
Fillar qari, tajribali fil boshchiligida poda 
bo'lib yurishadi. Poda boshlig'i ba’zan 
olishuvlarda chiniqqan, dovyurak erkak fil yoki 
qari, aqlli urg'ochi fil bo'lishi mumkin. Fillar 
havoni iskab ko'rib, xartumlarini baland 
ko'tarishadi, dushmanni sezib qolgudek 
bo'lishsa, shovqin ko'tarishadi. Odatda, ular 
xatarli joydan uzoqlarga ketib qolishga inti- 
lishadi. Hozirgina poda bo'lib turgan fillardan 
bir zumda nom-nishon qolmaydi. Ular ovoz 
chiqarmay, shovqin-suronsiz changalzor 
orasiga kirib ketishadi. Mana shunday bahay­
bat, kuchli jonivoming odamdan boshqa dush- 
mani yo'q. Odamlar fillarning qoziq tishlari 
deb ularni ko'plab qirganlar. Qimmatbaho fil 
suyagidan nodir buyumlar — qutichalar
bezak anjomlari yasashgan.
Endilikda fillarni ovlash taqiqlangan. Afri- 
kaning qo'riqxonalari va milliy boglarida fillar 
ko'p. Bu yerda ularni suratga tushirish 
mumkin. Faqat bu ishni nihoyatda ehtiyotkor- 
lik bilan bajarish lozim, fillarning jahlini chiqar- 
maslik kerak: g'azablangan fil juda ham dah- 
shatli bo'ladi. Fil odamni oyoqlari bilan ma- 
jaqlab tashlashi yoki xartumi bilan oldirishi
hatto mashinani ham ag'darib tashlashi 
mumkin. Qadimda Eron va Karfagen armi- 
yasida jangovar fillar bolgani bejiz emas. So- 
vut bilan himoyalangan, qoziq tishiga xan- 
jardek o'tkir tig' bog'langan fillar yo'lida 
uchragan hamma narsani vayron qilib keta- 
vergan.
Hidistonda qadimdan fillar uy hayvoni si­
fatida ishlatiladi. Ular nihoyatda aqlli, farosatli 
hayvon. Fil chig'irni aylantirib quduqdan suv 
oladi. U daraxtni ildizi bilan qo'poradi, og'ir 
yog'ochlarni tashiydi. Fildek mehribon enaga
bormikan! Uni qarangki, ayrim hind oilalarida 
bir fil hozirgi egasining otasiga enagalik qil­
gan, so'ng uning bolalari va hatto nabirasiga 
ham enagalik qilayotgan ekan. Bunga ajab- 
lanmasa ham boladi, nega deganda fillar 
uzoq - 70 - 80-yil umr ko'radi. Lekin fil bola- 
si 20 yoshda ham go'dak hisoblanadi.
Fillar qo'lga tez o'rganadi va ularning ish- 
tirokida sirkda muvaffaqiyat bilan tomosha 
ko'rsatiladi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish