Ensiklopediyasi


“Ahmadjon bilan Luqmonjon” ertagiga ishlangan rasm



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

“Ahmadjon bilan Luqmonjon” ertagiga ishlangan rasm.
xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi 
ma’lum darajada o'z ifodasini topadi.
Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy 
uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va 
sehr vositalariga asoslanishi, voqea-hodisa- 
larning ajoyib-g'aroyib holatlarda kechishi, 
qahramonlarining g'ayritabiiy jasorati bilan 
folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi.
Asrlar osha davr tahririga uchrab, sayqal- 
lashib, go'zal shakllari, sodda va teran 
mazmuni bilan bizgacha yetib kelgan ertak- 
larning badiiy kuchi — ularning xalq orzu- 
um idlari va turm ush h aqiqatlari bilan 
uyg'unligida, kishilarning ruhiyatini o'zida aks 
ettirishida, kattalarga ham, kichiklarga ham 
birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir.
Ertak so'zining lug'aviy ma’nosi — aytish, 
aytmoq, hikoya qilmoq ma’nolarini bildiradi.
Ertak Samarqand va Surxondaryo viloyat- 
larining ayrim tumanlarida «matal», Buxoro 
viloyatining ba’zi tumanlarida «ushuk», Tosh-
www.ziyouz.com kutubxonasi


kent shevasida «cho'pchak» atamasi bilan 
nomlanadi. Bundan tashqari, o'zbeklar orasi­
da ertakning hikoya, afsona, o'tirik, tutal kabi 
atamalari ham uchraydi.
Ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, ba- 
hodirlik ertaklari, sehrli-fantastik ertaklar, sar- 
guzasht ertaklar, tarixiy va ijtimoiy-maishiy er­
taklar singari guruhlarga ajratiladi.
O'zbek xalq ertaklari, odatda, saj’ (nasr- 
dagi qofiya) usulida yaratiladi va «Bor ekan- 
da, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan...» si­
ngari an’anaviy kirish bilan boshlanadi ham­
da «... murod-maqsadlariga yetibdilar», de­
gan an’anaviy tugallanma (xulosa) bilan yakun- 
lanadi.
Ertaklarda xalqning badiiy ijodga, boy ta- 
xayyuloti (fantaziyasi)ni ifodalashga intilishi 
aks etadi. Zero, hayotdagi buyuk kashfiyotlar 
ham, odatda, to'qimalardan, ijodiy tasavvur- 
dan yaraladi. «Uchar gilam», «Zangori gilam» 
kabi mashhur xalq ertaklaridagi qahramonlar 
bundan m inglab y illa r oldin osmonga 
ko'tarilish, parvoz qilishni orzu qilib, ko‘z 
ilg'amas masofalarni uchar gilamlarda bosib 
o'tgan edilar. Masalan, uchar mashina 
—samolyot ayni ana shu sehrli ertak 
mahsuli, ertaklardagi uchar gilamning 
hayotdagi aksidir. Albatta, uchar gilam 
bilan samolyot o‘rtasida yer bilan os- 
moncha farq bor, lekin bunda insonning 
ko'kka parvoz qilish haqidagi asriy orzu- 
lari ro'yobga chiqdi. Shuningdek, ertak- 
larimizda baxt-saodatli kunlarga erish- 
ish, odil podsho, farovon hayot orzusi ni­
hoyatda keng yoritilgan. «Ur, to‘qmoq!» 
ertagida esa kambag‘al, sodda chol er­
kin, farovon hayotni qidiradi. Chol oyog'i 
singan laylakni davolagani uchun sehrli 
buyum lar bilan m ukofotlanadi. Bu 
buyumlar cholga yordam qiladi. «Ochil 
dasturxon» chol bilan kam pirni 
to‘yg‘izsa, «Gazla, gazim» ularni kiyinti- 
radi, «Ur, to'qmoq!» esa zolim podsho- 
ni urib, yo‘q qiladi va o'rniga kambag'al 
chol podsho bo'ladi.
Xalq ertaklari o'zining teran mazmu- 
ni (syujeti) va katta-kichikka birday 
tushunarliligi, orzularining beqiyosligi va
niyatlarining olijanobligi bilan barcha yozuvchi- 
lar diqqatini jalb etgan. Fransuz yozuvchisi 
Perro, nemis ertakchilari aka-uka Grimmlar, 
daniyalik Andersen, rus shoiri Pushkin, o'zbek 
shoiri Hamid Olimjon va boshqa ijodkorlar 
xalq ertaklari asosida adabiy ertaklarning 
ajoyib namunalarini yaratganlar.
E rtaklar 
barcha 
davrlarda 
ham 
dolzarbligicha qolaveradi. Barcha xalqlarning 
o'g'il va qizlari ertaklarni o'qib, ulardan hayot 
sabog'ini oladi, adolat va ezgulik tantanasi- 
ga ishonch ruhida tarbiyalanadi. Ertaklar bar­
cha kitobxonlarda fikrning mardonavorligi va 
xayolotning shijoatkorligini shakllantiradiki, bu 
ayniqsa, bugungi misli ko'rilmagan ishlar va 
kashfiyotlar davrida g'oyat ahamiyatlidir.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish