Toshkent arxitektura qurilish instituti Arxitektura fakulteti Falsafa fanidan. MUSTAQIL ISH. Mavzu; O’zbekiston san’ati rivojlanish tarixi va hozirgi zamon. GURUH; 4-20 Ao’ BAJARDI; Abduvahobov D. TEKSHIRDI; Rashidova M. Mavzu; O’zbekiston san’ati rivojlanish tarixi va hozirgi zamon. - Reja;
- 1.Qadimgi davr san’ati.
- 2.O’rta asrlarda san’atning rivoji.
- 3.Temuriylar davri san’ati.
- 4.Xonliklar davri.
- 5.Chor rossiya bosqini davrida san’atning rivoji.
- 6.Mustaqillik davri san’ati.
Bugungi O'zbekiston hududi insoniyatning qadimiy manzillaridan hisoblanadi. Jayhun va Sayhun kabi ikki daryo oralig‘ida joylashgan bu hududda qadimshunoslarning fikriga ko'ra million yildan ortiq vaqt mobaynida odam yashab keladi. Shu uzoq asrlik taraqqiyot davomida bu yerlarda turli davlat va birlashmalar paydo bo‘ldi yoki atrofda shakllangan yangi davlatlar tarkibiga kirdi. Ana shu jarayon va taraqqiyot goh ko'tarilib, goh so'nib o‘z yo’lida izlarini qoldirib keldi. 0‘zbekiston san’ati tarixi ayni shu izlarni o'rganib uni san’atdagi namunalari orqali tahlil etadi.
0‘rta tosh asriga kelib odamlar katta
Bo’lmagan jamoalarga birlashib katta
maydonlarni egallay boshladilar. Bu davrga kelib toshga ishlov berish ham murakkablashdi. Bu o‘zgarishlar odamlar yaratgan buyumlar, ishlagan rasmlarida o’z ifodasini topdi. Shu davrdan san’at rivojlanishiga xos xususiyatlar sezilarli darajada o‘sdi.
Eramizdan avvalgi V asrdan boshlab O'rta Osiyo yerlarida nisbatan tinch hayot boshlandi.
Shu davrda kanallar qazildi, ulardan suv ariqlari tarmoqlandi.
Dehqonchilikning jonlanishi bilan bog'liq holda,iqtisodning yaxshilanishi san’at va madaniyatda o'z ifodasini topdi, hunarmandchilik taraqqiy etdi, Buyuk Ipak yo'li rivojlana boshlad. Yozma manbalarga ko'ra,(bu davrda devoriy rassomlik rivojlangan bo'lgan. Saroylar, boy-zodagonlarning uylari va mehmonxonalari devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. Bu rasmlarda shu davrda mashhur bo'lgan Odatida va Zariadra romani sujetlari ko'proq ishlangan. Bu haqda yunon tarixchilari ham yozib qoldirganlar.
Odatda miloddan awalgi IV-yangi eraning IV asrlarini antik davrga kiritiladi va bu davr avvalgilaridan san’at va madaniyatda Sharq va G'arb san’atining o'ziga xos murakkab aralashuv, uchrashuv va taraqqiyoti bo'lganligi e ’tirof etiladi. Shu davrda Markaziy Osiyo san’ati va madaniyati rivojlanishning yangi bosqichini boshidan kechirdi. Me’morlik san’atida awalgidek asosan xom g'isht asosiy qurilish materiali sifatida ishlatilsa ham, shu bilan birga qumtosh, marmar va pishiq g'isht hayotga keng ko'lamda kirib kela boshladi, devor pardoziga maxsus qorishmalar, alebastrli qoplamalar ishlatila boshlandi. Shu davrda qurilgan saroylar, gimnaziya, ibodatxonalarda yunon me’morlik an’analari ta’sirini ko'rish mumkin.
V— VII asrlarda amaliy bezak san’ati ham nihoyatda rivojlandi. Kandakorlik, badiiy to'qimachilik, kitobat san’atida
betakror asarlar yaratildi. Inkrustatsiya uslubida kitob muqovalari tayyorlandi, qadamatoshli oyoq kiyimlar ishlandi. Bu yodgorliklar haqida zamondoshlar, tarixchilarning yozib qoldirgan xotiralari ma’lumot beradi. Shunisi e’tiborliki, o'ymakorlikda, xususan, yog'och o‘ymakorligida islimiy va handasiy naqshlardan tashqari, odam va hayvonlar, turli holat va harakatdagi qush va parranda bo'rtma tasvirini
ishlash keng yoyildi.
Arablar istilosi va undan keyingi davr Markaziy Osiyo san’ati va madaniyati tarixini qator bosqichlarga ajratib ko'rish mumkin. Shuning dastlabkisi VII1 —IX asr o'rtalariga to'g'ri keladi. Bu istilochilarning
Markaziy Osiyoga kirib kelishi va u bilan bog'liq ozodlik kurashi davri bo'lib, san’at va madaniyat o'z xarakteri jihatidan tushkunlikni va shu bilan birga yangi jarayonlaming kurtak otishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar, awalo, islom dini va u bilan bog'liq yangi urf-odat va marosimlaming kirib kelishi qurilmalar paydo bo'lishida bilinadi. Shu davrda mavjud bo'lgan saroy va ayniqsa, boshqa dinlarga oid ibodatxonalar buzilib yoki qaytao ‘zgartirib islom diniga mos masjidlarga aylantirildi, yangi masjidlar qurila boshlandi.
IX—X asrlarda yana mustaqillikka erisha boshlagan xalq tasviriy va
amaliy san’atni jonlantira boshladi, me’morlikda esa nodir yodgorliklar
vujudga kela boshladi. Me’morlik san’atida yangi tipdagi binolar, ijodiy g'oyalar
yuzaga keldi. Qurilishda pishiq g'isht, alebastr, ganch kabi materiallar
keng ishlatildi. Mehmonxonalar, istirohat bog'lari qurilishi shahar qiyofasi
va topografiyasini o'zgartirib yubordi. Bu davrda amaliy san’at yana jonlandi. Kulolchilik, shishasozlik
san’ati, zargarlik rivojlandi. Buyumlami turli tasvirlar bilan bezatish
keng yoyildi. Bezak san’atida jonivor va qushlar, afsonaviy hayvonlar
tasviri ishlatildi. Buxorodagi Mag'oki Attori masjidi, Termizdagi saroy
bo'rtma tasvirlarini shunga misol qilib olish mumkin.
Chingizxon barpo qilgan imperiya XIII asr oxirlariga kelib qator mustaqil, bir-biriga aloqasi bo'lmagan davlatlaiga ajrala boshladi. Buning ustiga Chingizxon vorislari tomonidan taxt uchun boMgan kurashlar ham bu davlat qudratini susaytira boshlagan edi. Ana shu davrda Markaziy Osiyoda yangi hukmdor Amir Temur maydonga chiqa boshladi. Shu davrda bu ulug' saltanatda yashagan ko'p xalq va elatlar san’ati, madaniyati, urf-odatlari chatishib rivojda bo'ldi. Shu san’at hududida shakllangan yangi an’ana va jarayonlar esa tezda boshqa yerlarda o'z davomini topib yangi maktab va yo'nalishlarga turtki berdi.
O'rta asr o'zbek me’morlik san’ati o'zining gullagan
davrini boshidan kechirdi. Yangi, chin ma’nodagi aristokratik me’morlik
— hashamatli va go'zal binolar qurish san’at uslubi vujudga keldi,
rivojlandi
O'rta Sharq madaniyatida kitobni bezash, xattotlik va miniatyura san’ati
tarixda o'ziga xos qaytarilmas jozibasi bilan tengi yo'qdir. Bu san’at turlarida nodir yodgorliklar yaratiladi. Ayniqsa, kitoblarga illustratsiya tarzida ishlangan miniatyura san’atida yutuqlar kattadir. Movarounnahr san’atida mahalliy-madaniy an’analar unga kirgan ko'pgina xalqlar an’analari silsilasi kuchaya bordi. Natijada yangi, ilg'or ijodiy jarayon shakllana bordi. San’atkorlar mavjud va o'tmish san’ati yutuqlarini inkor etmaganlari holda an’anaviy shakl va yo'nalishlarga yangi badiiy ruh kirita boshladilar. Eng muhimi, ijodkorlar yangi ijodiy yechimlarga erishib, zamon talabiga mos asarlar yaratishga muyassar bo'ldilar.
Shayboniylar davriga kelib esa, Buxoro xonligining muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqeyini oshirib yubordi. Hunarmandchilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro hunarmandlari yaratgan buyumlar tashqarida ham mashhur bo'ldi. Paxtadan mato ishlab chiqarish, terini qayta ishlash, gilamchilik, kandakorlik, kulolchilik va qurolsozlik borasida Buxoro ustalari katta yutuqlarga erishdilar. Dunyoviy fanlar, musiqa, sh e’riyat, xattotlik va miniatyura rassomligi rivojlandi.
Keyinroq Xiva xonligi davriga kelib badiiy hayotning jonlanishi XVIII asrning oxirlaridan boshlandi va bu XX asrgacha davom etdi. Shu davrda Xivaning Majnun sahroda asosiy yodgorliklari yaratildi, sirli koshinkorlik bilan bino devorlari pardozlandi.
Xiva xonligining madaniyati haqida gapirilganda unga XX asr boshlarida kirib kelgan yangi san’at - kino san’ati haqida alohida to'xtalish kerak.
Bu davrda kulolchilik va, ayniqsa, sopol koshinlar Xorazm madaniyatining yutug'i bo'lib, uning ustalari keyingi o'zbek mahobatli koshinkorlik san’ati rivojida muhim o'rin egallaydi.
Bu davrda Qo'qon xonligida hunarmandchilik rivoj topdi, ajoyib koshinlar, sirli sopol buyumlar, o‘ymakor eshiklar shu davr ko'tarinki ruhini o'zida aks ettiradi.
Qo'qon xonligi mahobatli dekorativ rassomchiligida gul va daraxt shoxchalari tasvirlarida, turli handasiy shakllardan tashkil topgan pannolarda uchraydi.
Adabiyot san’atining rivoji bo'yicha Qo'qon Markaziy Osiyo hududida o'zini yaqqol namoyon qildi. Bu yerda yashab ijod qilgan Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Mahzunalar o'z davrlari ruhini she’rlarida aks ettirdilar.
XX asr boshlarida o‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, san’atda ham o‘z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san’at asarlaridagi kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida, voqe’likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko‘rish mumkin. Bunday o‘zgarishlar rus va o‘zbek me’morchilik san’ati an’analarining bir-biriga yaqinlashishi va qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan yangi uslublarda ham namoyon bo‘la boshladi.
XX asr boshlariga kelib ma’rifiymadaniy ishlar qizib ketdi. Birin-ketin toshbosma tipografiyalar ko'paydi, yangi-yangi gazeta va jurnallar, kitob va turli to'plamlar nashr etila boshlandi. Muzeylar tashkil etila boshlandi, xalq ustalarining ishlari xorij mamlakatlarida namoyish etilib e’tiborga tushdi. Shu davrda milliy teatr truppasi tashkil topdi. 1914-yili Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi Toshkentdagi «Kolizey» teatrida qo'yildi. Shu kundan o'zbek zamonaviy teatri shakllandi, badiiy ta’lim masalalarida ham siljish boshlandi.
Turkiston o'lkasining muhim madaniy markazlaridan bolgan Toshkentda amaliy litsey va maktablarda rasm chizish asoslarini o'rgat ishdan tashqari, haykaltaroshlikdan ham saboq berildi, haykaltaroshlik studiya (to‘garaklar)lari ochildi. Taniqli rus haykaltaroshlari Slonim, Shvars kabi san’atkorlar dastlabki bilimlarini shu muhitda olganliklari haqida maMumotlar saqlanib qolgan.
XX asr boshlarida O'rta Osiyoga keluvchi rassom va haykaltaroshlar soni yanada ko'paydi. Bular ichida mashhur rus rassomlari Pavel Kuznetsov, K. S. Petrov—Vodkin, Frans Rubolami ko'ramiz. Shu bilan birga bu davrdan boshlab o'z ijodini butunlay O'zbekiston hayotiga bag'ishlagan va o'zlari uchun Vatan topgan rassomlar, shuningdek, shu yerda tug'ilib ijod yo'liga kirgan san’atkorlar safining kengayishi san’at rang-barangligining ortishida muhim o'rinni egalladi.
Asr boshlarida amaliy bezak va xalq san’ati bir tomondan yangi Kandakorlik namunasi turlar bilan boyib borsa, ikkinchi tomondan uning ayrim turlari muomaladan chiqib keta boshladi. Shu yillarda xalq amaliy san’at ustalari yaratgan buyumlarga nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham talab paydo bo‘ldi. Gilamdo‘zlik, zardo'zlik, kandakorlik buyumlari tashqarida ham o‘z xaridorini topdi. Charmdo‘zlik va Buxoro zardo‘zligiga ham talab yuqori edi. Ganch va yog*och o‘ymakorligi jonlandi, bu san’atning yirik vakillari yetishib chiqdi. Buxorolik usta Shirin Murodov, qo‘qonlik yog‘och o‘ymakori usta Najmiddin Haydarov, xivalik usta Ota Polvonov kabi san’atkorlar o'z ishlari bilan el e’tiborini qozondilar. Kulolchilikda turli idish- tovoqlardan tashqari har xil o'yinchoqlar, mayda haykalchalar ishlandi. Zargarlikda yaratilgan turli xildagi taqinchoq va tillaqoshlar bozori ham chaqqon bo'ldi.
30-yillar o'zbek san’atining rivoji murakkab va ziddiyatli. Bir tomondan, san’at davr mafkurasi bilan dastlabki tazyiqiga uchragan bo'lsa, ikkinchi tomondan mahalliy rassomlarning keng ko'lamda san’at maydoniga kirib kelishi va realistik san’at alifbosini o'zlashtirish davri bo'ldi. O'zbek san’atida birinchi bor dunyoviy san’atning yangi tur va janrlari paydo bo‘ldi, uning tanqidiy yo'nalishi yuzaga keldi.
0 ‘zbek san’atining yangi bosqichi 40- yillar oxiri — 50-yillarga to‘g‘ri keladi Shu yillarda tasviriy va me’morlik san’atida 30-yillarda boshlangan jarayonlar nihoyasiga yetdi. Borliqni o'ziga o'xshatib ishlash tamoyillarida asarlar yaratilib birodarlik san’ati an’analarini davr mazmuni bilan to'ldirishga qilingan harakat o‘z natijasini berdi. Butun qizil saltanatda bo‘lgani kabi 0 ‘zbekistonda ham bir-biriga o'xshash, faqat mavzusi bilan farqlanadigan asarlar yaratildi. Me’morlikda esa klassitsizm uslubining «stalincha ampiri» da salobatli binolar qurildi.
60—80-yillar o'zbek san’ati tarixida yangi bosqich bo'lib, milliy san’at xususiyatlarining yanada mustahkamlanishi, san’atda milliy o'ziga xoslikni izlash bilan birga shaxsiy his-tuyg'ularni ifodalashga o'tib borilishi bilan xarakterlanadi. Bu narsa o'z navbatida uslubiy rang-baranglikni oshirib tasviriy va ifoda vositalari ning kengayishiga olib bordi. Rassomlar turli ramziy obraz va shartli belgilardan, rang, shakl, chiziq, faktura imkoniyatlaridan to'liqroq foydalanishga intildilar.
Bu yillarda o'zbek san’atining yangi tur va janrlari rivojlandi. Jumladan, vitraj, mozaika, gobelen, sgraffito san’ati rassomlarni o'ziga tortdi.
0‘zbek san’atining yangi bosqichi mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Huquq va erkinligini qo'liga olgan O'zbekiston o'zining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishning ustuvor yo'nalishini belgilab, yangi iqtisodiy va ijtimoiy dasturni ishlab chiqdi. Jahon hamjamiyatida mavqeyini belgilab, xalqaro aloqalarni mustahkamladi. O'zbek madaniyati, ayniqsa, san’atining mustaqillikdan keyingi rivojida Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov farmoniga binoan 1997-yili O'zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi madaniy rivojning yangi bosqichini ochib berdi. Yangi oliy badiiy dargoh Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, shahar va viloyatlarda ko'plab san’at kollej, litsey va maktablari tashkil topdi. Bular esa o'z navbatida san’at olamiga ko'plab san’at ixlosmandlari^ ijrochilari va iste’molchilarini yuzaga keltirib, badiiy muhit hayotini jonlantirdi. Bu muhit milliy san’at turlarining rivojlanishi uchun keng sharoitlar yaratdi.
Xulosa Mavzuni yoritish davomida shuni angladimki, bizding diyorlarda odamlar avvaldan bo’lgan va san’at, madaniyat, qo’l mehnati rivojlanib, ravnaq topib borgan. O’zbekistonning hozirgi san’ati yillar mobaynida ko’plab xalqlarning tasirida shakillanib hozirgi ko’rinishiga yetib kelgan . Bizlar shuni anglashimiz kerakki o’zbek xalqi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga kata xissa qo’shgan eng qadimiy xalqlardan biridir. Demak, o’zbek xalqi qadimdan boy mana’viyatli, madaniyatli bo’lganligini va san;at qadimdan rivoj topganini ko’rishimiz mumkun. Etiboringiz uchun rahmat Foydalanilgan adabiyotlar. - http/fayllar.org
- http/arxiv.uz
- http/elib.buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |