dir. Uning shimoliy va g'arbiy sohillarini yuvib
turuvchi Boltiq dengizi uning hayotida mu
him rol o'ynaydi. Sohillar yaqinida bir necha
yirik va yuzlab mayda orollar bor.
Juda qadim davrlarda bu yerlarga tez-tez
dengiz suvlari toshib turgan. Dengiz go'yoki
odamlarga hadya sifatida bu yerlarda ohak-
tosh, dolomit, fosforit hamda sarg'ish-jigar-
rang yonuvchi slanes kabi qimmatbaho
xazina qoldirgan. Hatto gili ham o'ziga xos
ko'kimtir rangda bo'lib,
u sement, qoplama
plita va bo'yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
E sto n iya ta b ia ti ju d a g o 'z a l. A gar
Estoniyadagi eng baland Suur-Munamyagi
tepaligi (Xaanya balandligi)ga chiqsangiz,
uzoq-uzoqlarga
yoyilib ketgan moviy tepa-
liklarni, qoramtir o'rmonlarni, rang-barang
dalalarni, zangori k o 'lla rn i, lentasim on
cho'zilgan yo'llarni ko'rasiz.
Shimoliy sohil bo'ylab baland tik qoya —
glint ko'zga tashlanadi. Bu yerdan Fin
qo'ltig'ining ajoyib manzarasi namoyon
bo'ladi. Daryolar
dengiz tomon oshiqar
ekan, o'z yo'lida go'zal sharsharalar hosil
qiladi.
Bu diyorning tub aholisi — estonlar
qadimdan dehqonchilik, chorvachilik bilan
mashg'ul bo'lishgan.
Haydaladigan yer och-
ish uchun daraxt kesish, botqoqliklarni qu-
ritish, dalalarni toshlardan tozalash kerak
bo'ldi. Quritilgan hamda toshlardan tozalan-
gan
minglab gektar yerlar ekinzor, maysa-
zor va yaylovlarga aylantirildi. Respublika
qishloq xo'jaligi yil sayin ko'plab sut, yog',
tu z la n g a n c h o 'c h q a g o 's h ti y e tk a z ib
bermoqda. Eston baliqchilari ko'plab baliq
tutishadi, ulardan
zavodlarda xilm a-xil
konservalar tayyorlanadi.
Boshqa zavodlarda eston injenerlari va
ishchilari juda murakkab va aniq mashinalar,
o'lchov asboblari tayyorlashadi. Respublika
da yonuvchi slanes yoqilg'i manbai bo'lib xiz
mat qiladigan yirik issiqlik elektr stansiyalari
qurilgan. Slanesdan gaz, benzin, texnik moy-
lar, ekinzorlar uchun o'g'itlar olinadi. Hatto
keraksiz bo'lib tuyulgan xarsang toshlar
binolar poydevori, to'g'on qurish,
sohil
bo'ylarini mustahkamlash va yo'l qurilishida
ishlatilmoqda.
Estoniya poytaxti — Tallin chinakam
muzey-shahardir. Shahaming eski qismida
o'rta asr qal’a devorlari,
minoralar, tor ilon
izi ko'chalar saqlanib qolgan. Minoralardan
biridagi qurollangan soqchi — keksa Too-
mas qiyofasidagi ko'hna flyuger (shamol
yo'nalishini ko'rsatuvchi temir parrak) sha-
harning emblemasi bo'lib qolgan. Estoniya
bilan O'zbekiston munosabatlari 1994-yilda
o'rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: