Sement sanoati



Download 23,82 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2022
Hajmi23,82 Kb.
#382138
  1   2   3
Bog'liq
QURILISH MAT


  1. Sement sanoati - qurilish ma-teriallari sanoatining eng yirik tarmogʻi. Portlandsement, putssolan portlandsementi, toshqol portland-sementi, shifer, asbotsement quvurlar, ganch, gil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Sement dastlab 1824-yilda Angliyaning jan.dagi Portlend sh. yaqinida ("portlandsement" nomi shundan) ingliz ixtirochisi J.Asp-din tomonidan maʼlum nisbatlarda qoʻshilgan ohak va tuproq aralashmasi-ni kuydirib olingan. 19-asrning 30-y.la-ridan boshlab Bukj Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniyada sement zavodlari qurila boshladi. 19-asrning 70-yillariga kelib sement jahon qurilish texnikasi rivojlanishining asosiy yoʻnali-shini belgilab, yigma temirbetonning kashf etilishiga olib keldi. 20-asr davomida jahonning rivojlangan mam-lakatlarida Sement sanoati yuqori surʼatlarda oʻsdi va sement i.ch.ning umumiy hajmi 1500 mln. t ni tashkil etdi (1998). Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan Xilkovo (hozirgi Bekobod) sement zavodi 1913-yildan qurila boshlagan. 1926-yilda korxona qayta ishga tushiriddi. 1932-yilda Quvasoy sement zavodida turli marka-dagi sementlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillardan bu korxonalar kengaytirilib, k-tlarga aylantirildi, ularda sementdan tashqari shifer, ohak, asbotsement quvurlarni i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Xalq xoʻjaligining sementga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadlarida 1962-yilda yillik quvvati 1,7 mln. t boʻlgan Ohangaron sement k-ti, 1976-yilda yillik loyiha quvvati 3,4 mln. t boʻlgan Navoiy sement k-tining 1-navbati (yillik quvvati 1150 ming t) ishga tushirildi. 70-yillar oʻrtalariga kelib Sement sanoatida 3536 ming t turli markadagi sement ishlab chiqarildi.

  2. 90-yillar oʻrtalaridan tarmoq korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, chet el texnologiyalari bilan jihozlandi. "Ohangaron-sement" aksiyadorlik jamiyati huzurida "Ohangaron rangli sement" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1995). "Qizilqumse-ment" aksiyadorlik jamiyati (sobiq Navoiy sement zavodi)da i.ch. quvvatla-rini toʻliq ishga solish tadbirlari amalga oshirildi. Oʻzbekistan Sement sanoatida gidrotexnika va yer osti inshootlari qurishda yuqori namlik va muzlash sharoitlarida ish-latiladigan, sement muddati va yaroqliligi hamda yuqori sifati betonni suv oʻtkazmaydigan, chidamli boʻlishiga koʻmaklashadi. Kislotaga chidamli M400 va M500 markali portlandsement, avtomobil yoʻllari va aeroportlar qurilishida ishlatiladigan portlandsement, neft va gaz quduqlarini burgʻulashda ishlatiladigan tamponaj sementi, shuningdek, putssolan sementi, ohak va may-dalangan ohak, shifer, qurilish gan-chi, mineral paxta va boshqa ishlab chiqariladi. 2003-yilda Oʻzbekiston Sement sanoati korxonalarida 4062,5 ming t sement, 313,7 mln. dona shartli shifer taxtalari ishlab chiqarildi (2002-yilda tegishlicha 3926,7 ming t sement; 298,8 mln. dona shartli shifer taxtalari). Respublika Sement sanoati korxonalari mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Xorijiy mamlakatlardan AQSH, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Fransiya sement i.ch. boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Nuriddin Musayev.


  3. Download 23,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish