Mavzu: Gidravlik ohak ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 5,99 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi5,99 Kb.
#923939
Bog'liq
Mavzu Gidravlik ohak ishlab chiqarish texnologiyasi-fayllar.org


Mavzu: Gidravlik ohak ishlab chiqarish texnologiyasi

MAVZU: Gidravlik ohak ishlab chiqarish texnologiyasi



REJA:
1. Gidravlik ohak, romansement hom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi,
2. Gidravlik ohak xossalari va ishlatilishi.
3. Ohak – tarkibli bog‘lovchi moddalar
Gidravlik ohak. Tarkibida 8 dan 20 %gacha tuproq boʼlgan mergelli ohaktoshni kuydirib gidravlik ohak olinadi. Shaxtali yoki aylanuvchi xumdonlarga solingan ohaktoshni 800– 1000°S haroratda kuydiriladi va tegirmonlarda tuyilib, qurilishga yuboriladi. Mergelli ohaktoshni kuydirish jarayonida tuproqdagi kalsiy sulfatning parchalanishi bilan birga, unda qisman kalsiy, alyuminiy hamda temir silikatlari hosil boʼladi. Shuning uchun gidravlik ohak suv taʼsirida toʼla soʼnmaydi, ammo undagi kalьtsiy oksidning (SaO) tuproqdagi moddalar bilan birikishidan hosil boʼlgan faol minerallar
(2СаОSiO2, СаО А12О3, 2СаОFеО2)
namlik taʼsirida ham asta-sekin qota boshlaydi.
Ohaktoshning tarkibiga va uni ishlash usuliga qarab, sust gidravlik (ohaktoshda tuproq kam boʼlganda) va kuchli gidravlik (tuproq moddalari koʼp boʼlganda) turlarga boʼlinadi.
Soʼndirib va tuyilib olingan gidravlik ohakni suv bilan qorishtirilgandan soʼng ohak xamiri hosil boʼladi. Uning quyuqlanish vaqtidan keyingi qotish jarayoni suvda yoki nam taʼsirida ham toʼxtamaydi. Sust gidravlik ohak suvda oson soʼnadi. Аmmo, uning suvga chidamlilik va mustahkamlik koʼrsatkichi kuchli gidravlik ohakka nisbatan kam boʼladi.
Gidravlik ohakning zichligi 2,2– 3,0 g/sm3, hajmiy ogʼirligi 500–800 kg/m3, hajmiy qorishmalari birinchi 7 kun davomida quruq muhitda boʼlishi kerak.
Gidravlik ohakni ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishni mazmuni xom ashyoni kuydirishda maydalashda yoki kuydirilgan mahsulotni so‘ndirishda. Bir hil ishlab chiqarishlarda gidravlik ohakni kuydirgandan so‘ng so‘ndirishadi, so‘nmagan zarrachalarni ajratib va maydalab so‘ng so‘ngan zarrachalar bilan aralashtiriladi, boshqa holatda ikkita mahsulot ishlab chiqariladi kuchsiz va kuchli gidravlik ohak olinadi. Gidravlik ohakni kuydirish harorati va rejimi kuydirilayotgan xom ashyoni tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq.
Bu moddalar turkumiga gidravlik ohak, portlandsement va uning turlari kiradi. Gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida tarkibida 6-20% gil qo‘shimchalari bor ohakli mergellardan foydalanadilar. Xom ashyo tarkibi katta chegarada tebranib turadi va ulardan olingan mahsulotni ya’ni ohak ham har hil xossaga ega bo‘lishi mumkin.
Ohak tarkibli gidravlik ohak asosida har xil faol mineral qo‘shimchalar qo‘shib ohak tarkibli gidravlik bog‘lovchi moddalar olinishi mumkin:

  • Ohak – putsolon bog‘lovchi

  • Ohak – kulli bog‘lovchi

  • Ohak – shlakli bog’lovchi

Bog‘lovchi tarkibida ohak miqdori 10 – 30% massa bo‘yicha, gips toshi 5% dan ko‘p emas, putssolon sement 80 – 70% oralig‘ida. Fizik mexaniq hususiyatlarni oshirish uchun har xil qo‘shimchalar 5% ga qo‘shish mumkin. Uzoq vaqt muddatda ishlatilishini oshirish uchun 15 – 25% miqdorda portlandsement qo‘shiladi.


Suv bilan birlashishda tutib qolishi va qotishi kalsiy kalsiygidrati Sa(ON)2 ning qo‘shimchadagi bilan kalsiy gidrosilikat mahsulotlari C-S-H(1) CSH (II) hosil qilishi bilan tushuntiriladi. Oddiy haroratda (0,8 – 1,5) CaO SiO2 2,5 H2O ko‘rinishdagi gidrosilikatlar yuzaga keladi.
Agar qum tarkibida 15 – 20% erkin SaO bo‘lsa, unda ohak miqdorini kamaytiriladi. Qo‘shimchaning faol komponentlari bilan Sa(ON)2 ning ta’sirlashuvi faqat qorishmaning yuqori namligida o‘tadi. Agar gidrosilikatlar, gidroalyuminatlarni va boshqa hosil bo‘lishi uchun suv kamlik qilsa, qotish to‘xtaydi.
Ohak – putssolon bog‘lovchilarni xossalari: Zichligi: qo‘shimcha turiga bog‘liq holda 2,2 – 2,7 g/sm2 oraliqda tebranadi. Hajmiy og‘irligi sochiluvchan holatda 700 – 800 zichlanganda esa 900 – 1200kg/m3. Mustahkamligi bo‘yicha 50, 100, 150, 200 markaga bo‘linadi va bug‘ ta’sirida ortadi.
Suvga talabchanligi: bu sementlarni suvga talabchanligi portlandsementga qaraganda ancha baland. Vulqon jinsli qo‘shimchali sementlarni suvga talabchanligi 30-35% bo‘lsa, cho‘kkan jinsli ko‘shimchalilarda 40 – 50% teng. Tutib qolish muddatlari: boshlanishi 25 min oldin emas, oxiri esa kech emas. Bu ko‘rsatkich ohak va ko‘shimchaning xossasiga, muhitni haroratiga va namligiga bog‘liq. Suvga chidamliligi baland: sulfat va yumshoq suvlar ta’sirida yemirilishga duch kelmaydi. Sovuqqa chidamligi bo‘yicha markasi 10 – 20 sikl teng. Bu bog‘lovchilar asosida past markali qorishma va betonlar tayyorlashadi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Йўлдошев Н.Қ., Умаржонов А.М. Иқтисодиёт ва менежмент. - Т.: ТДИУ, 2005
2. Ш.Н.Зайнутдинов, Н.Р.Қодирходжаева. “Менежмент” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа. “Иқтисодий таълимдаги ўқитиш технологияси” сериясидан. Т.: ТДИУ, 2006, 156 б
3. Ш.Н.Зайнутдинов, Н.Р.Қодирходжаева. “ Менежмент” фани бўйича ўқув услубий таълим технологияси. Услубий қўлланма. “Иқтисодий таълимдаги ўқитиш технологияси” сериясидан. Т.: ТДИУ, 2006, 185 б
4. Йўлдошев Н.Қ., Қозоқов О.С. Менежмент. Дарслик. - Т.: Фан, 2004.
http://fayllar.org
Download 5,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish