Ensiklopediyasi


Turli mamlakatlarda nashr etilayotgan ensiklopediyalar



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Turli mamlakatlarda nashr etilayotgan ensiklopediyalar.
Har bir rivoyatda ma’lum bir haqiqat 
bo'lganidek, yuqoridagi hikoyada ham ha­
qiqat bor: ilmlar olami nihoyatda bepoyon va 
murakkab — uni o'rganishga bir odamning 
umri yetmaydi.
Lekin baxtimizga har bir inson hammasini 
boshidan boshlashiga hojat yo'q. Ajdodlari- 
miz to'plagan tajriba va bilimlar — bizning ix- 
tiyorimizda. Bu bilimlar, birinchi navbatda, ki- 
toblarda jamlangan. Murakkab olamlardagi 
hodisalardan eng muhimlari bilan tanishishi- 
mizda kitoblar bizga yordam beradi. Biz 
o'zimizning qiziqish doiramizdan kelib chiqib 
ulardan foydalanib, bilimlarimizni oshirib bori- 
shimiz mumkin. Bu o'rinda shuni nazarda tu- 
tish kerakki, kitob bilan do'stlashsak, vaqt 
o'tishi bilan bilimlarimiz tobora ko'payib bo­
radi. Biz tobora bilib, bilganlarimizga aniqlik 
kiritib boramiz.
Mana shu jarayonda kitoblar olamida en- 
siklopediya Sizga, umuman hammaga, jum- 
ladan, kattalarga ham qo'l keladi, u bilmagan- 
laringizni bildiradi.
«Ensiklopediya» yunoncha so'z bo'lib, 
«bilimlar doirasi», degan mazmunni bildiradi. 
Qadimgi davrda bu so'z «erkin san’at» deb 
atalagan 7 ilmni anglatgan bo'lsa, 16-asrda 
G 'arbiy Y evropada tu rli ilm lar majmui 
ma’nosida ishlatilgan. Hozirgi paytda bu ata- 
ma fanning barcha sohalari bo'yicha (univer­
sal ensiklopediya) yoki biror soha (soha en- 
siklopediyasi) yoxud amaliy faoliyat bo'yicha 
eng muhim ma’lumotlami o'z ichiga oluvchi 
nashrni - maxsus kitobni anglatadi. Ensiklo­
pediya maqolalari asosan alifbo tartibida yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavzuli bo'lishi mumkin. Jahonda turli tillarda 
juda ko'p ensiklopediyalar bor.
Ho'sh, O'zbekistonda ensiklopediyalar qa­
chon paydo bo'ldi, degan savol tug'ilishi tabiiy. 
O'zbekistonda keng qamrovli kitoblar juda 
qadimdan yaratilib kelingan. Lekin ular «ensik- 
lopediya» deb atalmagan, balki «qomusiy 
asar» deyilgan. «Qomus» so'zi arabcha bo'lib, 
mukammal, to'liq lug'at mazmunini beradi. 
Buyuk ajdodlarimiz Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, 
Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg'ariy, Alisher 
Navoiy, Bobur asarlarining ba’zilari qomusiy 
asarlar deyiladi. Tom ma’nodagi ensiklopediya
— 14 jildli o'zbek ensiklopediyasi birinchi bor 
1970— 1980-yillarda Toshkentda nashr etildi. 
Bolalarning o'zbek tilidagi birinchi ensiklopedi­
yasi — 3 jildli «U kim, bu nima» 1986— 1988- 
yillarda chiqdi. Keyingi yillarda yana bir necha 
tur ensiklopediyalar nashr etildi. Hozir 12 jildli 
«O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» ustida ish 
olib borilyapti.
Siz o'zingizning ushbu ensiklopediyangiz 
orqali murakkab olamga ilk qadam qo'yib, shu 
turdagi kitoblarning ko'magiga ancha o'rganib 
qolasiz. Bu jihatdan siz hikoyamiz boshida til- 
ga olingan, ilmlami o'rganishning oxiriga yetol- 
may bu dunyodan o'tib ketgan podshodan ko'ra 
baxtliroqsiz.
Ensiklopediya aql chirog'i bo'lib, yoshliging- 
izdan ilmlar dunyosiga sizni yetaklamoqda. Bu 
sizga oxirgi kitob emas, hali o'sib, 
ulg'ayganingizda kattalaming turli ensiklopediya- 
laridan ko'p va xo'p foydalanasiz. Demak, Siz 
murakkab dunyoning murakkabligini o'sha pod­
sho kabi keksayganingizda emas, ilk bolaligi- 
ngizdayoq bilib bormoqdasiz. Bilganingiz sari 
hali bilmaganlaringiz ko'p ekanligini kundan 
kunga anglab yetasiz.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish