Ensiklopediyasi


Bu rasmda issiqlik elektr stansiyasining qanday ishlashi ko'rsatilgan.Suv trubalardan o'tib isiydi va bug'ga ay­



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Bu rasmda issiqlik elektr stansiyasining qanday ishlashi ko'rsatilgan.Suv trubalardan o'tib isiydi va bug'ga ay­
lanadi. Bug' jarayoni turbinani, u bilan birga generator rotorini aylantiradi. Shu tariqa elektr toki hosil bo'ladi.
atrofdagi aholi va tabiat uchun o‘ta xavfli ekan. 
Buni Chernobil AES dagi baxtsiz hodisa tas- 
diqlab turibdi).
Olimlar va muhandislar elektr energiyasi- 
ning yangi m anbalarini izlam oqdalar. 
Masalan, dengizning qirg'oqqa urilib-qaytib 
turadigan tolqinlarini ishga solish mumkin 
emasmikan? Elektr stansiyalarining turbi- 
nalarini aylantirish uchun dengiz suvi kuchidan 
foydalanib bolmasmikin? Ma’lum bolishicha, 
mumkin ekan.
Saxovatli Quyosh milliard yillardan buyon 
o‘z nurini Yerga sochib turadi. Quyosh nuri 
ham energiya. Odamlar uni elektr tokiga ay- 
lantirishni o‘rganib oldilar. Buning uchun max­
sus yarimo‘tkazgichli asboblar — fotoele- 
mentlar yaratilgan. Ular birgalikda quyosh ba- 
tareyasini tashkil qiladi. Quyosh radiatsiyasi 
energiyasini amalda foydalanish uchun qulay 
bo'lgan energiya turlariga aylantirib berish 
masalalari bilan shug'ullanadigan texnika so- 
hasi geliotexnika deb ataladi. Geliotexnika 
yordamida elektr energiyasi yetib bormagan 
joylar (masalan, chorvadorlar istiqomat qila- 
digan joylar) ni elektr toki bilan ta’minlash, uy- 
larni elektr nurlari yordamida isitish, issiq- 
xonalarni isitish va boshqa ko'pgina ishlar 
amalga oshirilgan. Kosmik kemalar va Yer­
ning sun’iy yoldoshlarini elektr energiyasi bi­
lan aynan quyosh batareyalari ta’minlaydi.
ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI
Odamzod paydo bolibdiki, narsalarni sa- 
nash va hisoblashga ehtiyoj tug‘ilgan. Hayot- 
ning o‘zi shuni taqozo qilgan. Ular asta-sekin 
ayrim oddiy sanash usullari va vositalarini 
o‘ylab topishgan.
O dam lar qadim zam onlardanoq bu 
maqsadda turli hisoblash vositalari: cho‘plar, 
arqon tugunchaklari, simga o'tkazilgan danak- 
lar, cho‘tlardan foydalanib kelganlar. Lekin 
bular odamlarni qoniqtirmadi. Ular tezroq va 
aniqroq hisoblashni xohlashardi.
Masalan, 
shunday 
ikkita 
sonni: 
18473396603007056299 
bilan
15999742936756201743 sonlarini qo'shib 
chiqish uchun sizga qancha vaqt kerak 
bo'ladi? Albatta, bir minutdan kam emas. 
Hisobni tezlashtirish mumkin emasmikin? 
Fransuz matematigi B. Paskal 1641-yili 
mexanik hisoblash asbobini ixtiro qildi. Bu as­
bob yordamida Paskal o‘n xonali sonlarni bir 
necha sekundda qo‘shar va ayirar edi. As­
bob tishli g‘ildirakcha va richagchalardan ibo­
rat bo'lib, kichkina mashinani eslatardi. Shu
www.ziyouz.com kutubxonasi


vaqtdan boshlab bunday qurilmalar «hisoblash 
mashinalari» deb ataladigan bo'ldi.
Dastlabki elektron hisoblash mashinalari — 
EHM — 1943-yilda paydo bo'ldi. Ularda 
g'ildirakcha va richagchalaming vazifasini 
elektron lampalar bajarar edi, keyinroq esa bu 
vazifa yarimo'tkazgichlarga yuklandi. Dastlabki 
EHM sekin hisoblar, juda qo'pol bo'lib, tez-tez 
buzilib turardi. 40 yildan ko'proq vaqt o'tdi. 
EHM aql bovar qilmaydigan darajada tez 
hisoblaydigan — 1 sekundda 10 milliondan 
ko'proq sonlami qo'sha oladigan bo'ldi. Uning 
ol-chamlari ham kichraydi. Masalan, maktab 
darsliklari hajmidan ham kichik EHM yaratildi.
Murakkab masalalaming bir necha amal bi­
lan yechilishini har bir o'quvchi yaxshi biladi. Bu 
esa ko'p vaqt talab qiladi. Shunday masalalar 
ham borki, ularni yechish uchun hatto bitta 
matematikning butun umri ham yetmaydi. 
Masalan, atom elektr stansiyasi yadro reak- 
torining tuzilishi va ish sharoitlarini aniqlash 
masalasi 6 milliard arifmetik amalni o'z ichiga 
oladi. Bu hisoblarni bajarish uchun 100 ta 
matematik 80 yil davomida har kuni 10— 12 
soatdan hisoblash ishlarini bajarishi kerak!!! 
EHM esa bu hisoblarni atigi bir necha soatda 
bajaradi.
EHM ning o'z darsligi bor — ular dastur 
(programma) deb ataladi. EHM dasturni 
o'rganib oladi, xotirada saqlaydi, shundagina 
masalalarni yechadi. EHM lar uchun turli dars- 
liklar mavjud. Masalan, matematika darsligi — 
matematik masalalarni yechish uchun dastur. 
Kosmonavtika darsligi esa kosmik kemalar va 
Yer sun’iy yo'ldoshlarining parvozini boshqa- 
rish dasturidir. EHM uchun dasturlarni ilmiy 
xodimlar — dasturchilar tuzadi. EHM ning mu- 
vaffaqiyatli ishlashi dasturlarning qanchalik 
to'g'ri tuzilganligiga bog'liq. Masalan, matema­
tik masalalaming qanday yechilishini olaylik. 
Mashinaga sonlar kodlovchi blokdan keladi 
(rasmga q.). Unda sonlar va buyruqlar «ma­
shina tili»ga aylantiriladi va kiritish qurilmasi- 
ga keladi. Keyin masalaning dastlabki beril- 
ganlari xotira qurilmasiga yo'naltiriladi. U 
masalaning shartlarini va yechish dasturlarini, 
oraliq va oxirgi natijalami, hisoblashda kerak
bo'ladigan ko'plab son qiymatlarini saqlab 
qolish uchun xizmat qiladi.
Dastlabki berilganlar tanlangandan so'ng 
xotira blokida barcha kerakli axborotlar elektr 
signallari ko'rinishida arifmetik qurilmaga kela­
di. Bu yerda ko'plab jamlash mashinalari — 
elekron «arifmometrlar», ko'paytirish, bo'lish, 
ayirish sxemalari ishga tushadi.
Hisoblashlarning oxirgi natijasi chiqarish 
qurilmasiga keladi va ko'pincha grafiklar yoki 
qog'oz o'ramlari yoxud plankalarga yozilgan 
sonli jadvallar tarzida beriladi. Bu maqsadda 
harf bosish telegraf apparatlaridan — teletayp- 
lar va elektr yozuv mashinkalaridan foydala- 
niladi. Ma’lumotlarni EHM dan olish uchun 
ekranlash pulti — displey juda qulay. U axborot- 
ni xotiralovchi va uni ekranga uzatuvchi quril- 
malari bo'lgan televizordan iborat.
Hisoblash mashinasining hamma ishini 
boshqaruvchi 
qurilm a 
idora 
qiladi. 
Mashinaning shu dasturi oldindan malakali 
mutaxasislar tomonidan tuziladi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish