Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

EDISON TOMAS ALVA
(1847—1931)
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasi- 
ga baland bo'yli kishi kirib, yozuv stoli ustiga 
mo'jazgina apparatni qo‘ydi:
— 
Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni 
istaysizmi?
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasi- 
ni aylantira boshlagan edi, apparatdan yo- 
qimli bolalar qo‘shig‘i eshitila boshladi. Mu- 
harrir hayratdan orqaga tisarildi. Bu ixtirochi
- Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar 
«Menloparklik sehrgar»ning yangi g'alati ix- 
tirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York 
(AQSH) yaqinidagi — Menloparkdagi labora- 
toriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo'lib kela 
boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta 
eshittirish uchun Edison ixtiro etgan apparat 
yaratilgan davrda insonning ovozini yozib 
olib, qayta eshittirish hali hech kimning xayo- 
liga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha 
grammofonlar, patefonlarning ajdodi, mag- 
nitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. To­
vushni yozib olish hayotga ana shu yo'sinda 
kirib keldi. Bu voqea 1877-yilda sodir bo'lgan 
edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob 
o'qishga juda qiziqardi. Ayniqsa kimyo va fizi- 
kaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shun- 
chaki o'qib qo'ya qolmas, balki kitobdan ol­
gan bilimlarini tajribada tekshirib ko'rishga 
harakat qilardi. Tajriba o'tkazish uchun mab- 
lag' kerak edi, shu boisdan yosh Edison 
poyezdlarda gazeta sotuvchi bo'lib ishladi. 
Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya 
jihozlab, u yerda tajribalar o'tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o'rganib, 
telegrafchi bo'lib oldi. Yigitcha bo'sh vaqtini va 
pulini asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo 
preparatlari uchun sarfladi. Tez orada Edison 
AQSH Kongressidagi ovozlarning avtomatik 
hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab 
mashina hech kimni qiziqtirmadi. Ikkinchi ix­
tiro muvaffaqiyatliroq bo'lib chiqdi. Bu bir- 
jadagi aksiyalar kursini uzoqqa uzatishga 
mo'ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu 
apparat uchun katta pul oldi. Tez orada u Men-
loparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya 
tashkil etdi va o'zini butunlay ixtirochilikka 
bag'ishladi.
Edison rus ixtirochisi A. N. Lodiginning 
cho'g'lanma lampasini takomillashtirdi, unga 
patron o'ylab topdi, yoqib-o'chirgichni, elektr 
energiya hisoblagichni, o'tkazgichlar tizimini 
yaratdi. Ajoyib ixtirochi elektr stansiyalar 
uchun o'sha davming eng kuchli generatorlari- 
ni yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir 
juft sim orqali bir yo'la ikkita yoki hatto to'rtta 
telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison 
telefonni ham takomillashtirib, gaplashish 
chog'ida ovozning baland, aniq va tiniq 
bo'lishiga erishdi. Edison qamrovi keng ixtiro­
chi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo'lni 
qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir 
rudalarini boyitish usulini ishlab chiqdi.
Edison 1882-yili dunyoda birinchi marta 
ko'pchilik foydalanadigan elektr stansiyasini 
ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison 
tem iryo'llarni elektrlashtirish tajribalarini 
oxiriga yetkazdi.
Edison AQSH va Yevropada o'zi to ­
monidan qurilgan e le ktr sta n siya la rin i 
ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va 
mashinalarni ishlab chiqarish va sotish, 
cho'g'lanma lampa tayyorlash va sotish 
bo'yicha ulkan savdo operatsiyalarini amalga 
oshirdi. 1887-yildan umrining oxirigacha Edi­
son Uest-Oranj shahrida yashadi. Bu paytda 
u yirik korxonalar egasi edi. Edison temiryo'l 
tormozi hamda kinetoskopni ixtiro etdi (1887),
www.ziyouz.com kutubxonasi


fonografni (1889) hamda kinoga olish kame- 
rasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni 
qurish, sement ishlab chiqarish usullarini 
ishlab chiqdi.
Tomas Edison jahonga Am erikaning 
buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi, shuningdek 
bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va 
kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi 
uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylan­
gan.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish