bo'lib, u porshenning harakatini mashina-
ning ish organlariga uzatadi.
19-asrning ikkinchi yarmida dvigatellar-
ning ikki yangi turi: bug' turbinasi va ichki
yonuv dvigateli paydo bo'ldi. Birinchi bug'
turbinalari tashqi ko'rinishidan suv charx-
palaklariga o'xshagan,
lekin ularning kurak-
lariga suv emas, bug' ta’sir etardi. Ichki
yonuv dvigatellarida ham asosiy qism por
shenli silindr bo'lib, porshenga bug' emas,
silindr ichida yonilg'i yonishi natijasida ho
sil bo'lgan qizigan qisilgan gaz ta’sir qiladi
(dvigatelning nomi shundan kelib chiqqan).
Shundan biroz keyinroq elektr dvigatellari-
ning ixtiro qilinishi va qo'llanilishi turmush va
sanoatda muhim bosqich bo'ldi. Barcha
elektr dvigatellarining
ishi quyidagi fizik
hodisaga asoslangan: elektr toki o'tayotgan
o'tkazgich magnit maydonlar orasiga joy-
lashtiriladi; o'tkazgich magnit maydon kuch
chiziqlariga ko'ndalang yo'nalishda hara-
katlanadi, shunda elektr toki vujudga kela
di. Elektr dvigatellari zamonaviy yuqori
unumdor mashinalarni,
agregat stanok-lar-
ni, avtomat liniyalar va avtomat-zavodlarni
yaratishga imkon berdi. Ular tufayli turmush-
da asqotadigan qulay elektr qurollar, turli-
tuman mashina va asboblar (tikuv va
kir yu-
vish mashinalari, sovitkichlar, elektr ust-
aralarva h. k.) paydo bo'ldi. 20-asrning 70-
yillaridan boshlab turli mamlakatlarda elek
tr dvigatelidan avtomobil dvigateli sifatida
foydalanish im koniyati o'rganilm oqda,
chunki ular atrof- muhitni ifloslantirmaydi.
20-asrning birinchi
yarmida issiqlik dvi-
gatelining yangi turi — gaz-turbinali dvigatel
yaratildi. Ular aviatsiyada eng keng tarqalgan
(aviatsiyada ular turboreaktiv dvigatellar deb
ataladi). Gaz-turbinali dvigatellardan issiqlik
elektr stansiyalarida elektr generatorlarini har-
akatlantirishda, gaz-turbovozlar, og'ir yuk av-
tomobillari va boshqa transport vositalarida,
kemalar, katerlar va suv osti kemalarida tor-
tuvchi dvigatellar sifatida foydalaniladi. Rus
olimi K.E. Siolkovskiy dunyoda birinchi bo'lib
raketa dvigatellarining asosiy elementlarini
bayon qildi. Raketa dvigatellari reaktiv dvi
gatelning bir turi hisoblanadi.
Havo - reaktiv
dvigatellarida yonish kamerasiga yonilg'idan
tashqari havo ham beriladi. Shu bois ulardan
faqat atmosferaning zich qatlamlarida uchish-
dagina foydalanish mumkin. Raketa dvigatel-
lariga havo shart emas (yonilg'ining barcha
aralashmalari bularning o'zida mavjud), ular
havosiz bo'shliq, ya’ni
koinotda bemalol
ishlay oladi. Ushbu dvigatellar asosan jango
var raketalarga hamda kosmik kemalarning
raketa eltuvchilariga o'rnatiladi.
Texnikaning taraqqiyot tarixi dvigatel-
larning yaratilishi va takomillashtirilishi bilan
uzviy bog'langan. Dvigatel qanday bo'li-
shidan — u suv charxpalagimi yoki gaz tur-
binasimi, elektr dvigatelimi yoki
reaktiv dvi-
gatelmi — bundan qat’iy nazar, u biror ener-
giya turini mexanik ishga aylantirib beradi
gan mashina hisoblanadi. Mexanik ish ho
sil qilish uchun tabiiy energiya manbalari
(yoqilg'i, suv oqimi, shamol va hokazo) dan
foydalaniladigan dvigatellar birlamchi dviga
tellar deb ataladi (masalan, bug' mashina
si, gidroturbina, shamol dvigateli). Birlam
chi dvigatellar
energiyasini mexanik ishga
aylantiradigan dvigatellar ikkilamchi dviga
tellar deb ataladi (masalan, elektr dvigatel
lari, pnevmatik dvigatellar va hokazo).
M exanik e n ergiyani to 'p la b , za ru riy a t
bo'lgan sari uni qaytaradigan qurilmalar (in-
ersion yoki zalvor g'ildirakli, prujinali va
toshli mexanizmlar) ham, aviamodellar va
avtomodellarni harakatlantiradigan burama
rezina ham dvigatellar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: