gi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra ol-
maydilar. Furot daryosining dahshatli suv
toshqini uni vayronaga aylantirdi.
Hozir u
bog'lar o'rnida minora va ayvonlarning xa-
robalari qolgan, xolos.
Kichik Osiyoning Efes shahridagi yunon
ma’budasi Artemida ibodatxonasi dunyo
«mo‘jizasi»ning uchinchisi hisoblanadi. Bu
ibodatxona marmardan ishlangan bo'lib,
qariyb 120-yil davomida qurilgan va milod
dan avval 550-yilga yaqin tugallangan. Ko-
shona g'oyat hashamatli qilib bezatilgan,
peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan.
Miloddan avvalgi 356-yilda Gerostrat degan
kimsa nom chiqarish maqsadida ibodat-
xonaga o't qo'yadi. Lekin uning nomi tarix-
da bema’ni vahshiylik ramzi bo'lib qoldi.
Gretsiyaning janubida, Olimp tog'lari
etagida, Olimpiada o'yinlari vatanida shuh-
rati olamga taralgan ibodatxona bo'lib,
uning to'rida yunonlarning oliy xudosi —
Zevs q iy o fa s i ta s v irla n g a n haykal
o'matilgan. Bu haykal o'z zamonasining
mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan
2400-yildan ko'proq vaqt ilgari, miloddan
avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haykali —
to'rtinchi «mo'jiza»dir. Haykal nihoyatda
ulug'vor bo'lib, balandligi 14 metr. Zevs xu
dosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmat
baho toshlardan ishlangan taxtda o'tirgan.
Uning boshi
zaytun daraxti novdalaridan
yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu
— xudolar va odamlar hukmdori, osmon,
momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi
belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo'llari fil
suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tash-
langan kiyimi, sochi va soqoli oltindan
yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos oli-
himmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bi
lan qoplangan va sochlari to'zg'igan qiyo-
fasida faqat salobat, ulug'vorlik emas, oli-
janoblik, ezgulik balqib turadi. Go'yo uning
lablarida hozir tabassum paydo bo'ladi-yu,
azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadigan-
day tuyuladi.
Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib
kelmagan: yong'in vaqtida batamom vay
ron bo'lgan. H ozirgi vaqtda ta rix c h ila r
yunon y iln o m a c h ila ri yozib q o ld irg a n
ma’lumotlar asosida Zevs haykalini tas-
virlab bermoqdalar.
Dunyoning beshinchi «mo'jiza»si
Kichik
Osiyoda, uncha katta bo'lmagan Kariya
podsholigi poytaxti — Galikarnas (Turkiya-
ning hozirgi Bodrum shahri)dagi podsho
Mavsol va uning xotini Artemisiya maqbara-
sidir. Nihoyatda muhtasham bo'lgan bu
maqbara miloddan avval 4-asr o'rtalarida
qurilgan. Maqbara binosi uch qavatdan ib
orat bo'lib, birinchi qavati zinasimon poyde-
vor shaklida oq marmardan ishlangan. Bu
qavatda podsho va uning xotini qabrlari
qo'yilgan. Ikkinchi qavatda chiroyli marmar
ustunlar bilan bezatilgan xonalar bo'lib, bu
xonalar podsho va malika sharafiga turli
marosimlar o'tkazish uchun mo'ljallangan
edi. Keyingi qavat bino tomiga qadar zi
nasimon piramida shaklida, marmardan
is h la n ib , eng y u q o ri q ism id a to 'rt ot
qo'shilgan aravani haydab borayotgan Mav
sol va Artemiziya tasviri marmar haykal
tarzida ifoda etilgan edi. M aqbaraning
kiraverish qismida marmardan yasalgan
sher haykallari hamda ot yeldirib borayot
gan chavandozlar tasvirlangan edi.
Mavsol va malika haykali, shuningdek
maqbaraning ba’zi bezak buyumlari hozir
Londondagi Britaniya muzeyda saqlanadi.
Yana shu ma’lumotni bilib qo'ying:
maqbara
so'zining yunoncha nomi - «mavzoley» pod
sho Mavsol ismidan olingan.
Miloddan awal 4-asrda Rodos oroliga Is-
kandar Zulqarnayn sarkardalaridan biri - An-
tigonning o'g'li Demetriy hujum qiladi. Biroq
erksevar rodosliklarning mardona qarshi-
liklari tufayli bu makkor sarkarda boy va
qudratli orolni qo'lga kirita olmaydi. Mana
shu ajoyib g'alabadan xotira qoldirish uchun
mudofaachilar dunyoda eng katta haykal
o'rnatm oqchi bo'ldilar. Rodoslik Koloss
www.ziyouz.com kutubxonasi
(yunonlar baland haykalni shunday atashgan)
nomi bilan mashhur bolgan bu haykal dun
yoning oltinchi «mo‘jiza»si hisoblanadi. May-
donda balandligi 37 metrli bronzadan yasal
gan o'spirinning qiyofasi qad ko'targan.
Uning baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o'ng
qo'lining kafti esa ko'zlari ro'parasiga qadar
oldinga ko'tarilgan. Qaddini bir ozgina orqa
ga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qarat-
gan. Boshi atrofga nur sochib turgan gul-
chambar bilan bezatilgan. Bu Quyosh xudo-
si - Geliosning tasviri bo'lib, orol aholisi bu
xudoni o'zlarining homiylari deb hisoblash-
gan.
Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli
dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug'likka
Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan emish.
Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb
ham ataydilar.
Miloddan aw algi 227-yilda zilzila nati
jasida vayron bo'lgan yettinchi «mo'jiza»
Misrda Nil daryosining dengizga quyilish
joyida, Faros orolida bo'lgan. Uni Iskanda-
riya mayog'i deb atashgan. Iskandar Zu-
Iqarnayn Mismi zabt etgandan keyin o'ziga
yangi poytaxt - Iskandariya shahrini quradi.
Shahar dengiz sohilida bunyod etilganligi
uchun savdo-sotiq rivojlanib, tez orada yuk
sak madaniyatli, ilm-fan taraqqiy etgan sha-
harga aylanadi. Hashamatli saroylar, qasr-
lar, go'zal binolar quriladi. Shaharga kema
lar qatnovini yaxshilash uchun miloddan av-
valgi 280-yilda Faros orolining sharq to
monida - Iskandariya shahri yonida mayoq
qurishga qaror qilindi. Uning loyihasini o'z
zamonasining mashhur va talantli me’mori
Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora
shaklida qurilgan. U uch qavatli bo'lib, ba
landligi 120 metr edi. Mayoq poydevori
kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metr
ga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bi
lan ishlab, ikkinchi
qavatini sakkiz qirrali
toshlardan qurishgan va ajoyib marmar pli
talar bilan pardoz berishgan. Minoraning
qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy
shamol yo'nalishlariga mo'ljallab qurilgan.
Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali mino
ra shaklida bo'lib, uning ustiga dengiz xu
dosi Poseydonning bronzadan ishlangan
ulkan haykali o'rnatilgan edi. Uchinchi qa
vatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar
edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilar-
di. G ulxan a langasi uzoq m asofadan
ko'rinib turishi uchun maxsus ko'zgular
o'rnatilgan edi. Yoqilg'ini eng yuqori qavat-
gacha eshaklarga ortib olib chiqishgan. Ay-
lanma zinalar shunday qurilgan ediki, usti
ga yoqilg'i ortilgan eshaklar bu zinalardan
bemalol yuqoriga chiqa olgan. Mayoqdagi
xonalarda butun boshli bir garnizon askar-
ni joylashtirsa bo'lardi. Mayoq kemalarga
yo 'l k o 'rs a tib g in a qolm ay, o 'zig a xos
kuzatuv punkti ham bo'lgan. Arab tarixchi-
larining yozishlariga qaraganda, mayoqning
ikkinchi qavatini, ya’ni sakkiz qirrali mino-
rani juda ko'p bronza haykalchalar bezab
turgan. Haykalchalardan
biri Quyosh qaysi
tomonga o'tsa, o'sha tomonga qarab olar-
kan. Boshqa bir haykalcha kecha-yu kun-
duzi har soatda bir marta bong urgan. Yana
bir haykalcha dushman kemasi yaqinlasha-
yotganda harakatga kelib, dengizga ishora
qilgan va ovoz chiqarib xabar bergan. Al
batta, bu hikoyalar m ubolag'adan xoli
emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi
mayoq dunyoda tengi yo'q, yagona inshoot
bo'lgan. Zamonlar o'tishi bilan nam havo va
to'xtovsiz shamollar mayoqqa o'z ta’sirini
o'tkazdi. 14-asrdagi zilzila natijasida mayoq
batamom vayron bo'ldi. Bizgacha mayoq
ning poydevorigina yetib kelgan, xolos.
Dunyoning yetti «mo'jiza»si har birining
taqdiri ana shunday bo'ldi: Misr ehromlari-
dan boshqa hamma haykal va inshootlar
yo'qolib ketdi. Lekin ular haqidagi xotira
asrlar osha
tarixiy m anbalarda yashab
kelmoqda. Ulardan keyin — eng qadimgi
davrdan boshlab hozirga qadar inson qo'li
bilan yaratilgan, go'zalligi bilan hammani
hayratga soluvchi har qanday ajoyib san’at
d u rd o n a s in i d u n yo n in g s a k k iz in c h i
www.ziyouz.com kutubxonasi
«mo‘jiza»si deb atash qadimdan qolgan.
D arhaqiqat, yu n o n la r dunyoning yetti
«mo‘jizasi»ni belgilagan davrdan buyon yer
yuzida «mo‘jiza» deb atasa bo'ladigan juda
ko‘p tarixiy yodgorliklar bunyod etildi. Ana
shunday obidalar 0 ‘zbekistonda ham an-
chagina. Samarqand, Buxoro, Xiva shaha-
rlaridagi tarixiy yodgorliklarni ko‘rganlar
shunga iqror bo‘lmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: