Kurs ishi rejasi



Download 15,15 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi15,15 Kb.
#725356

KURS ISHI MAVZUSI: Zaytun daraxti - (Olea europaea L.)ni yetishtirish texnalogiyasi.
KURS ISHI REJASI
I. Kirish qismi
II. Asosiy qism
2.1
III. Xulosa va takliflar
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
V. Ilovalar
VI. Mundarija

Zaytun (Olea) — zaytundoshlar oilasiga mansub oʻsimlik turkumi. 600 ga yaqin turi maʼlum. Fakat bir turi — Yevropa zaytuni (O. europaea, 3. daraxti) xoʻjalik ahamiyatiga ega. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrikada ekiladi. 3. yetishtiradigan asosiy mamlakatlar Yaqin Sharq va Oʻrta dengiz mamlakatlari — Ispaniya (2 mln. ga dan ortiq), Italiya (1,5 mln. ga), Gretsiya (500 ming ga) va Portugaliyadir. Ozarbayjon, Gruziya, Qrim, Turkmaniston, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida ham zaytunzorlar bor. Ekiladigan 3. daraxti bal. (4—12 m), shoxshabbasi tarvaqaylagan. Barglari mayda, uchli yoki toʻmtoq, toʻq yashil, yaltiroq, poyada qaramaqarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli, oqish, shingil yoki roʻvaksimon, 3—5 mm, xushboʻy hidli. Mevasi — rezavor, danakli, tuyey qora, toʻq binafsha. Mevasi etida 80% gacha, magʻzida 30% gacha moy, oksil, vitamin S va karotin bor. Kurgʻoqchilikka chidamli, 13—18° sovuqqa bardosh beradi. 300—400 (1000 gacha) yil yashaydi. Har tupidan 20—40 kg hosil olinadi. Unumdor, qumoq va kumloq, ohakli tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Danagidan yetishtirilgan koʻchati 10— 12y., qalamchasidan 4—5y. hosilga kiradi. 3. danagi, ildiz bachkisi, qalamchasidan koʻpaytiriladi, asosan payvand qilingan 2—3 yillik koʻchati 10x10 m, 10x8 m (buta shaklida oʻstirilganda 6x6 m) qilib bahorda ekiladi. Agrotexnikasi boshqa subtropik meva daraxtlarnikiga oʻxshash.

Zaytun: 1 — yetilgan mevali shoxi; 2 — gʻoʻra mevasi. Mevasi marinadlanadi, gʻoʻrasi va pishgan mevasi konserva qilinadi. Z.ning pishgan mevasi etida (25—80%) qurimaydigan moy bor. 3., asosan, moyi uchun yetishtiriladi. Mevasini sovuqlayin presslab olinadigan birinchi fraksiya 3. moyi oziqovqat uchun, shuningdek, konserva sanoati va tibbiyotda ishlatiladi. Turpi va danagini qizdirib presslab olinadigan ikkinchi fraksiya 3. moyi texnikada va sovun pishirishda qoʻllaniladi. Kunjarasi chorva uchun yem, yogʻochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi.

Olea europaea- Zaytun. Ayrim olimlarning fikricha, zaytun birinchi marta Yaqin Sharqda madaniylashtirilgan bo`lib u yerda Kichik Osiyo, Gretsiya, Misr va keyinchalik butun O`rta Yer dengizi mamlakatlarida tarqalgan. Ayni vaqtda zaytun o`simligi turli subtropik mamlakatlarda sanoat miqyosida madaniylashtirilgan. Bu o`simlik Gretsiyada, Ispaniyada, Turkiyada, Italiyada, Tunisda, Fransiyada, AQSH da keng tarqalgan. Subtropik iqlimga mansub barcha mamlakatlarda ekib о`stiriladi. Zaytundoshlar oilasiga (Oleaceae) hali qadimdan ma`lum bo`lgan Yevropa zaytuni yoki madaniy xuddi shunday ”Zaytun daraxti” deb nomlanadigan o`simlik kiradi. Bu o`simlik (Olea europaea) hozirgi kunda (Morrettini bo`yicha, 1962) O`rta yer dengizi atrofi mamlakatlarida keng tarqalgan va bu davlatlar uni ekib ko`paytirmoqda. Zaytun daraxtining balandligi 20 metrga yetishi mumkin. Bu haqiqiy subtropik о`simlik bо`lib, tropik zonalarda meva hosil qilmaydi, mо`tadil iqlimli о`lkalarda hatto, gullamaydi ham. Zaytunda odam uchun kerakli vitamin va mikroelementlarning deyarli barchasi bor. Zaytun yog`ining mashhurlik siri shundan iboratki, zaytun daraxti mevasida shunday turdagi yog` kislotasi saqlanadiki ular zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi.


О`rta Osiyoga dastlab 1938 yilda keltirilib Qizil-Atrekda introduksiya qilingan. Denovga esa 1967 yilda introduksiya qilingan. Ayni paytda ushbu dendrariyda 20 ta о`simlik o`sadi. Bu yerda gullaydi va sifatli urug` hosil qiladi. Dendrariy xodimlarining fikriga qaraganda bir necha yilda bir marta urug` hosil qiladi. Buxoro viloyati sho`rlangan tuproq iqlim sharoitida introduksiya qilish uchun 2006 yilning 11 mart kuni Turkmaniston bilan Eron chegarasidan olib kelib ekildi. Ushbu turni Qarshiga iqlimlashtirish ijobiy natijalar bermadi. Adabiyotlarda keltirilishicha zaytun sovuqqa ancha bardoshli. Bizning о`lkamizda uning bemalol о`sishini sovuq emas, balki edafik omil cheklaydi. Chunki zaytun kislotali tuproq muhitini yaxshi kо`radi.
Download 15,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish