Ensiklopediyasi


DUNYO Q IT’ALARI VA MATERIKLAR



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

DUNYO Q IT’ALARI VA MATERIKLAR
Agar siz Yerga bir necha ming kilometr 
balanddan qaray olganingizda edi, uning ko'p 
qismi okean va dengizlardan iborat ekanligi­
ni ko'rgan bo'lar edingiz. Darvoqe, baland­
dan qarashga hojat ham yo'q. Agar globus 
yoki yarimsharlar kartasiga nazar tashlasa- 
ngiz, quruqlik yuzasi suvga nisbatan ancha 
kichik ekanligi yaqqol ko'zga tashlanadi. De­
ngiz va okeanlar o'zaro tutashgan, ular birga­
likda Dunyo okeanini tashkil etadi. Ana shu 
ulkan suvlik oralarida joylashgan quruqliklar- 
ni materiklar yoki kontinentlar deb ataydilar.
Yer sharida oltita materik bor. Ularning 
eng kattasi Y evrosiyodir. V atanim iz — 
O'zbekiston Respublikasi shu materikning 
O'rta Osiyo qismida joylashgan. Kattaligi ji-
www.ziyouz.com kutubxonasi


*<С*:
ЧЬ
Y E V R O S I Y O 54, 9
J A N U B I Y
A M E R I K A 18
ANTARKTIDA 14
A V S T R A L I Y A
V A O K E A N I Y A
9 G A Y A Q I N
M A T K R I K L A R N 1 N G Y A Q I N I D A G I O R O L L A R BI LAN B IRG A M AY D O N I ( M L N . K V . K M HIS.)
hatidan ikkinchi materik — Afrika. U ikki 
okean — Hind va Atlantika okeanlari o'rtasida 
joylashgan. Ikki materik — Shimoliy Amerika 
va Janubiy Amerika torgina Panama bo‘yini 
orqali birlashgan. Antarktida - beshinchi ma­
terik. U muz qalqon bilan qoplangan. Antark­
tida yer sharidagi doimiy aholisi bo'lmagan 
birdan - bir materikdir. Bu materikda tashkil 
etilgan qutb stansiyalarida ko'pgina mam- 
lakatlarning olimlari ilmiy kuzatishlar olib bo- 
rishadi. Eng kichik materik Avstraliya bo'lib, 
u janubiy yarimsharda joylashgan. Ma- 
teriklarning ko'lami va shakli muttasil o'zgarib 
turadi. Yuz millionlab yillar a w a l Janubiy 
Amerika, Afrika, Osiyoning bir qismi va Avs­
traliya yagona materik — Gondvanani tash­
kil etgan. Yer po'stining sinishlari va siljishlari 
natijasida bu materik bir necha qismlarga 
bo'lingan. Hozirgi materiklar shu tarzda vujud­
ga kelgan. Bizning davrimizda ham materiklar 
asta siljiyapti. Masalan, Yevrosiyo va Shimoliy 
Amerika materiklari asta-sekin bir-biridan 
uzoqlashyapti.
Yer sharidagi quruqlikni qadimdan faqat 
materiklargina emas, balki dunyo qit’alariga 
ham bo'lishgan. Dunyo qit’alari ham oltita: 
Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya, 
Antarktida. Janubiy Amerika va Shimoliy 
Amerika materiklari bitta qit’a—Amerika 
qit’asini tashkil etadi, Yevrosiyo materigida 
esa ikkita qit’a—Yevropa va Osiyo qit’alari 
joylashgan. Ular o'rtasidagi shartli chegara 
Ural tog'lari, Emba daryosi bo'ylab Kaspiy 
dengizigacha, Kuma va Manich daryolari 
bo'ylab Don daryosining quyilishigacha, key­
in Qora va O'rta dengizlar bo'ylab o'tadi.
Ural tog'larida, Yevropa va Osiyo o'rtasida 
shartli chegara o'tadigan yerlarda bir necha
9—K-8279
yodgorlik o'rnatilgan. Shunday ham bo'ladiki, 
ba’zan shu yodgorliklar oldida esdalik uchun 
suratga tushayotgan sayyohlaming bir oyog'i — 
Yevropada, ikkinchisi — Osiyoda bo'lib qoladi.
Dunyo qit’alarining nomi qayerdan kelib 
chiqqan? Ularni yangi yerlar ochish vaqtida 
yevropaliklar qo'yishgan. Yunonlar faqat ikki­
ta qit’ani: Yevropa va Osiyoni bilishgan. Ular 
Yunoniston (qadimgi Gretsiya)dan g'arbdagi 
yerlarni — Yevropa, sharqdagisini esa Osiyo 
deb atashgan. Qadimgi rimliklar O'rta de- 
ngizning janubiy sohili bo'ylarini bosib olish- 
ganidan keyin uchinchi qit’a nomi — Afrika 
paydo bo'ladi. 15-asroxiri 16-asr boshlarida 
Xristofor Kolumb ekspeditsiyasi Amerikani 
kashf etdi. 17-asrda golland dengiz sayyohlari 
beshinchi qit’ani — «Terra Australis Inkognit» 
(«Noma’lum janubiy Yer»)ni — Avstraliyani 
ochdilar. Antarktida (ya’ni «Arktika qarshisi- 
da yotgan yer») qirg'oqlariga 1820-yil 
boshlarida ilk marta rus dengizchilari F. F. 
Bellinsgauzen va M. P. Lazarev boshchiligida- 
gi kemalar yaqinlashib bordi. Ko'plab de- 
ngizchilarning sa’i-harakatlari tufayli dunyon­
ing oltinchi qit’asi ham fanga ma’lum bo'ldi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish