Ensiklopediyasi


DANIYA  — qarang  Skandinaviya davlat- lari. DARYO



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

DANIYA 
qarang 
Skandinaviya davlat-
lari.
DARYO
Deyarli har bir daryo tog'dagi muzliklar- 
ning erishidan, buloq yoki botqoqliklardan 
boshlanadi. Kichik jilg'alar qo'shilib soyni 
hosil qiladi. Soylardan daryolar vujudga 
k e la d i. D a ry o la r ye r o sti s u v la ri va 
yog'inlardan ham to'yinadi. Har bir daryo­
ning boshlanish joyi (manbai) hamda den­
giz, ko'l yoki boshqa daryoga quyilish joyi 
(mansabi) bo'ladi.
Eng muhim daryolar
Nil(Kagera bilan birga) 
6671
Amazonka (Maranyon bilan birga) 6 437
Missisipi (Missuri bilan birga) 
6971
Yanszi (Chanszyan) 
5800
Ob (Irtish bilan birga) 
5410
Amur (Argun bilan birga) 
4444
Lena 
4400
Yenisey (Katta Yenisey bilan birga) 4092
Volga 
3531
Sirdaryo 
2212
Dnepr 
2200

1000 
2 0 0 0
3 0 0 0
4 0 0 0
5 0 0 0
6 0 0 0
7 0 0 0 k m
________

I_ _ _ _ I_ _ _ _ _ _ _ _ I_ _ _ _ _ _ _ _ I_ _ _ _ _ _ _ _ I_ _ _ _ _ _ _ _ I_ _ _ _ _ _ _ _ I
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chotqol daryosi.
Biroq buloqlardan boshlanmaydigan dar­
yolar ham bor. Masalan, Biya daryosi Oltoy- 
dagi Telets ko'lidan oqib chiqadi, u 400 metr 
kenglikdagi tosh tizmalaridan otilib tushadi. U 
boshlanish va quyilish joyida ham keng va 
ulug'vordir.
Shunday daryolar ham borki, ularning quyi­
lish joyi yo'q. Turkmanistondagi Murg'ob va 
Tajan daryolari shular jumlasidan. Bu daryo- 
larning suvi dalalarni sug'orishga sarflanadi, 
natijada ular biron havzaga quyilmaydi. Shar­
qiy Yevropadagi Volga (bu daryoni o'rta asr- 
larda Mahalliy elatlar Itil deb atashgan), Af­
rikadagi Nil, Amerikadagi Missisipi kabi yirik, 
sersuv daryolar dengizga ko'p miqdorda 
loyqa, qum keltiradi. Ularning oqimi quyilish 
joyida va tekisliklarda sekinlashadi, bunday 
yerlarda loyqa va qum to'planadi, natijada 
loyqa yoki qumloq orollar hosil bo'ladi. Daryo 
oqimi ko'plab tarmoqlarga ajraladi, natijada 
daryo deltasi vujudga keladi. Missisipi delta- 
sida joylashgan Yangi Orlean shahri xuddi 
shunday oqiziq jinslar tufayli chuqurlikka 
tushib qolgan, undan yuqorida Missisipi 
daryosining o'zani mavjud.
Daryolar ikki qirg'oq orasida, o'zanlarda 
oqadi. Qor yoki muzliklarning jadal erishi nati­
jasida suv sathi ko'tarilib, toshqin ro'y bergan 
kezlarda daryo qayiri va hatto sohilning talay 
qismini suv bosadi. Shunday yerlarda, odat­
da, yaxshigina yaylovlar vujudga keladi. Tekis-
likdagi daryolar sekin, ravon 
oqadi. Faqat keskin burilish yer- 
larida va sayoz joylardagina suv 
oqimi tezlashadi. Hatto shunday 
daryolar ham toshqin paytlarida 
ba’zan o'zanini o'zgartirib yu­
boradi. Eski o'zanlarni, ko'p 
o'tmay, qamish, nilufar kabi 
o 's im lik la r qoplab, ko'l va 
botqoqliklar vujudga keladi.
Tog' daryolari jo'shqin oqa­
di, qoyalarni o'yib, chuqur 
o'zanlar hosil qiladi, sharshara 
bo'lib otiladi. Bahor kezlari jala 
yog'ganda 
hamda 
yoz 
o'rtalarida qor va muzliklarning 
erish jarayoni tezlashganda bu 
daryolar ba’zan million tonnalab 
loy va toshlarni olib keladi, ba’zida o'z 
yo'lidagi butun qishloqlami oqizib ketadi.
Qadim zamonlardan beri daryolar odam­
larga saxiylik bilan o'z suvini hadya etib kel­
gan. Ular azaldan aloqa yo'li bo'lib xizmat qil­
gan. Termiz, Ko'hna Urganch, Banokat, Kiyev 
kabi qadimgi shaharlar daryo sohilida quril­
gan. Daryolar davlat chegarasi, dushman hu- 
jumidan ishonchli tabiiy to'siq bo'lib xizmat qil­
gan. Hozirgi vaqtda ham daryolar inson hayo- 
tida nihoyatda muhim rol o'ynaydi. Daryo suvi 
qishloq va shaharlar, fabrika va zavodlar 
uchun zarur. Daryolarda arzon elektr energiya 
beruvchi gidroelektr stansiyalar qurilmoqda. 
Daryo suvida yo'lovchilar tashuvchi va yuk ke- 
malari suzadi, yog'och oqiziladi. Daryolar suv- 
ga chanqoq yerlarni sug'orish manbaidir. 
O'zbekiston hududida uchta yirik daryo mav­
jud, bular: Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon.
Daryolar — bizning ulkan boyligimiz. Ular­
ni neft, sanoat va maishiy chiqindilar, paxta 
dalalaridan chiqadigan oqava suvlar bilan if- 
loslanishdan saqlashimiz lozim. Daryolar ser­
suv bo'lishi uchun ularning sohillaridagi va 
suvayirg'ichlaridagi daraxt hamda butalarni 
kesmaslik kerak.
DASHT
Dashtning asosiy o'simligi o't-o'lanlardan 
iborat. Dashtda namlik yetishmasligidan u 
yerda daraxtlar sidirg'a o'smaydi, faqat daryo
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'ylarida yoki yer osti suvlari yuza joylashgan 
yerlarda uchraydi. Dashtda iqlim cho'lga nis­
batan yumshoqroq bo'ladi.
0 ‘t o'simliklar quruq iqlimga turli tarzda 
moslashgan. Erta bahorda, qor erishi bilan 
dastlabki o'sim liklar — efemerlar paydo 
bo'ladi. Ular yirik emas, bo'yi atigi 10 — 20 
santimetr, ildizi ham qisqagina — 10 santi- 
metrga yaqin. Bir oy mobaynida efemerlar 
rivojlanib, gullab, urug' tugib, qovjirashga ham 
ulguradi. Shu sababli ularga uzun ildizning 
keragi yo'q: ilk bahor oyida yerning nami hali 
yetarli bo'ladi.
Keyinchalik efemerlar o'rnini uyquli o'tlar 
(ba’zi o'simlik barglari, ko'pincha gullari kun- 
duzi ochilib, kechasi yumiladigan va ayrimlari- 
da bu hodisa aksincha ro'y beradigan), sun- 
bul, mushuko't egallaydi. Ularning gullari och 
rangli, ko'rkam. O'rta Osiyo dashtlarida 
asosan, shuvoq, tipchoq, chalov o'sadi. Cha- 
lov boshoqlarini shamol tebratganida dasht 
bo'ylab kumush to'lqinlar yugurayotgandek 
tuyuladi. Peshinda shuvoqning achchiq hidi 
hamma yoqni tutib ketadi. Bahorda va yoz 
boshlarida o'tlarning gullashiga qarab dasht- 
ning rangi o'zgarib turadi.
Yozning oxiri — kuzning boshlarida dasht 
deyarli butunlay qovjiraydi. Shunda sharsimon
o'simliklarni ko'rish mumkin. Kuzda ularning 
poyasi shamolda naq tagidan sinadi va 
shamol yengil o'simliklarni uchirib yuradi. Shu 
tarzda ular o'z urug'larini uzoqlarga tarqatadi.
Dashtlarning tuprog'i juda unumdor, shu­
ning uchun ularning ko'p qismi haydalib, ekin 
ekiladi. Endilikda inson nazaridan chetda 
bo'lgan dasht deyarli qolmayapti. Dashtni 
ekinzorga aylantirish bilan birga uni ihota 
qilish ham zarur. Aks holda tuproqning unum­
dor qatlamini shamol uchirib ketadi. Natijada 
dashtni o'zlashtirish uchun ketgan katta xara- 
jatlar behuda sarflangan bo'ladi. Dashtda eng 
ko'p tarqalgan hayvon kemiruvchilardir. Ular 
orasida sug'ur va yumronqoziq ko'p uchray­
di. Kuzga kelib dasht o'simliklari siyraklasha- 
di, sovuq kunlar boshlanadi, shunda sug'urlar 
iniga kirib olib, bahorgacha uyquga ketadi.
Yumronqoziq ham, dasht sichqoni ham, 
olaxurjun ham qish uyqusiga ketadi. Faqat 
olaxurjunning uyqusi qattiq emas. U qish 
uchun o'z omboriga 15 kilogrammga yaqin 
donni lunjida tashib yig'ib oladi. Har gal 
olaxurjun 45 grammgacha bug'doy tashib kel- 
tirishi mumkin. Qishda uyg'onganida shu don- 
dan ovqatlanadi. Sug'urdan farqli o'laroq olax­
urjun va yumronqoziqlar dala zararkunandala- 
ridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bo‘ktargi, burgut, qarchig'ay, kalxat, qirg'iy, 
miqqiy kabi yirtqich qushlar kemiruvchilarning 
kushandasidir. Bularning bari kunduzgi yirt- 
qichlardir. Tunda esa botqoq yapaloqqushi va 
quloqli yapaloqqush ovga chiqadi. Kemiruv- 
chilarni bo'ri, tulki, oqsuvsar, bo'rsiq kabi 
to'rtoyoqli yirtqichlar ham ov qilishadi. Ularni 
ilonlar - dasht zaharli qorailoni, chiporilon ham 
ovlaydi. Shunga qaramay kemiruvchi hayvon­
lar ko'p, ular ayniqsa donli ekinlarga katta 
zarar yetkazadi.
Dasht o'tloqlarida to'rg'ay, dasht qirg'ovuli, 
to'xtatuvaloq va boshqa qushlar uchraydi.
Shimoliy Amerikada bizning dashtlarga 
o'xshash dashtlar bor, ularni preriya deb 
yuritishadi.
Preriyalar ham keng ko'lamda o'zlashtirilib, 
haydalgan. Janubiy Amerikada o't bilan qop­
langan keng maydonlar pampa, Vengriyada 
pushta, tropiklarda lyanos deb ataladi. Hozir­
gi vaqtda tipik dashtlar deyarli qolmagan. Ular 
faqat qo'riqxona va zakazniklarda saqlanib 
qolgan. Dashtdan shimoldagi zona o'rmonli 
dasht deb ataladi. U yerda o't-o'lanli ochiq 
dasht bilan birga o'rmonlar ham uchraydi.
DELFIN
Qadimdan delfinlar haqida xud­
di ertaklarga o'xshash hikoyalar 
mavjud.
Yunon afsonalaridan birida, bir 
bolani har kuni ko'rfazning narigi 
qirg'og'idagi maktabga olib borib 
va yana qaytarib olib kelib 
qo'yadigan delfin haqida hikoya 
qilinadi. Kunlardan birida bola og'ir 
dardga chalinib olamdan ko'z 
yumadi. Delfin esa odatdagi joyiga 
kelib bolani kutar edi. Bora-bora 
delfin yosh do'stini ko'rishdan umi- 
dini uzibdi va intizorlikka chiday ol- 
may u ham halok bo'libdi. Yunon 
tarixchisining hikoya qilishicha, 
delfinlar baliqchilar to'riga baliqlami 
haydab kelishga yordam berishar 
va buning evaziga m ukofot 
tariqasida vinoga botirilgan non 
bo'laklarini olishar ekan.
Pilorus Jek deb nomlangan bir delfin Yan­
gi Zelandiyadagi Admiralteystvo ko'rfazi orqali 
o'tadigan kemalarga 30 yil davomida yo'l 
ko'rsatib turgan. Bu mamlakatda uning himo- 
yasi uchun maxsus qonun chiqarilgan.
Delfinlar sutemizuvchi hayvon bo'lib, suvda 
yashasa ham, havo bilan nafas oladi. Delfin­
lar odatda 15 — 40 tasi birga to'da-to'da bo'lib 
yashaydi. Agar biror delfin yordamga chaqir- 
sa, boshqalari darhol yetib kelishadi va uning 
nafas olishi uchun ikki tomondan suvning yu- 
zasida ushlab turishadi. Ular cho'kayotgan 
odamga ham shunday yordam ko'rsatishadi.
Delfinlar ko'pincha ochiq okeanda ham ke- 
malarni kuzatib yurishadi. Ularning torpedosi- 
mon yaltiroq tanlari to'lqinlarni yorib juda katta 
tezlikda ketadi. Ular to'satdan turli joylarda xud- 
di signal berilgandek ju ft bo'lishib yoki 
uchtadan va, hatto, butun bir to'dasi bilan suv- 
dan shiddat bilan yuqoriga otilib chiqib, 1-2 
metr balandlikka sakrashadi. Keyin sekund 
o'tmay yana yuqoriga otilib chiqish uchun ya­
rim doira shaklida suvga sho'ng'ishadi.
Delfinlar hatto uchar baliq va tez suzadigan 
makrel baliqlarini ham osongina tutib oladi. 
Delfinlar soatiga 50 kilometrgacha tezlikda 
suza oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Inson delfinlar hayotini yaqindan boshlab 
jilddiy o'rganishga kirishdi. Ko'pchilik mam­
lakatda delfinlarni ovlash taqiqlangan.
Olimlar delfinlarning maymun yoki itga nis­
batan ancha idrokli ekanligini aniqlashdi. 
Hozirgi davrda baliq ovlash (baliq to'dalarini 
to'rga haydash), okeanning turli chuqurliklari- 
dagi harorat, sho'rlik, radioaktivlikni aniqlash 
va boshqa ishlarda delfindan foydalanish 
mo'ljallanmoqda.
Delfinlar o'zaro g'ichirlagan va xushtakka 
o'xshash tovush chiqarib «so'zlashadi». 
Odam qulog'i ular chiqaradigan ba’zi tovush­
larni ajrata olmaydi. Ammo tutqunlikda boqil- 
gan delfinlar inson nuqtiga taqlid qilishga 
harakat qilishgan.
Delfinlar o'zaro «so‘zlashganlarida» ultra- 
tovush ham chiqaradilar, lekin biz ularni eshit- 
maymiz. Ultratovush delfinlarga loyqa suv va 
qorong'ilikda yo‘1 topishga, tirik baliqlami xud­
di shunday hajm va shakldagi jonsiz predmet- 
lardan ajratib olishga yordam beradi.
Delfinlar — yuksak darajada rivojlangan 
jonivor. Bu samimiy, ajoyib hayvonlar bizning 
yaqin do‘stimiz bo'lib qolishi mumkin.
DENGIZ - qarang 

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish