bog'lar ko‘p. Asosiy shahri — Belfast. Unda
yirik kem asozlik va aviatsiya zavodlari,
to'qimachilik fabrikalari bor.
Buyuk Britaniya bilan O'zbekiston Res
publikasi o'rtasida 1992-yil diplom atiya
munosabatlari o'rnatilgan.
BUYUK IPAK YO‘LI
O'zbek xalqi jahon taraqqiyotiga beqiyos
hissa qo'shgan qadimiy xalqlardan biridir.
Necha ming yillar muqaddam mamlaka-
timiz hududida dehqonchilik, hunarmandchi-
lik, me’morlik, ilm-fan va san’at sohalari bi
lan birga tijorat ishlari ham keng taraqqiy et
gan. O'lkamiz savdo ahli o'z kasbining sir-
a sro rla rin i a ’lo darjada bilgan, a srla r
mobaynida o'z ellarining
xilma-xil ziroat va
kasb-hunar mahsulotlarini manzur qilgan.
O'sha zamonlardayoq yurtimiz hududi
orqali o'tgan karvon yo'llari barcha el-elat-
larga mansub savdogarlarning uzog'ini ya
qin etgan, uzoq safarining, joni va molining
bexatarligini ta’minlagan.
Shu yo'llardan qadimgisi va gavjumi
Buyuk Ipak yo'lidir. Dastlab Xitoy ipagi ayni
shu yo'ldan Hindiston, Markaziy Osiyo va
Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya)ga jo'natilgani
sababli ham u «Ipak yo'li» deb nomlangan.
Eramizdan avvalgi 2-asr oxiridan boshlab
obod bo'lgan va 9 ming kilometrlik masofa
ga yastangan Buyuk Ipak yo'lining tarmoqlari
qaysi o'lkalardan o'tgan?
Awalo u Xitoyning Xuanxe daryosi bo'yidagi
Sian
shahridan boshlanib, Lanchjou shahri
orqali Dunxun manziligacha davom etgan. Bu
joydan yo'l ikkiga ajralib, biri shimoli-g'arb, ik-
kinchisi janubi-g'arb tomon yetaklagan. Shi
moliy yo'ldan Turfon orqali Tarim vodiysiga,
so'ng Qashqar va Farg'ona, undan Samar
qand va Marv shaharlariga, janubiy yo'ldan
esa Xo'tan, Yorkent va Pomir tizma tog'lari
ortidan Balx shahriga o'tilgan. Balxda yo'l yana
ikkiga bo'linib, biri — Hindistonga, boshqasi
— Marvni kesib o'tib, Eron orqali Mesopota-
miyaga, undan Bag'dodga, Dajla daryosi o'ng
qirg'og'i bo'ylab Damashq shahriga va ni-
hoyat, O'rta dengiz shaharlari orqali Quddus
shahri va Misr mamlakati sari boshlagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qadim ajdodlarimiz Buyuk Ipak yo'lining
qoq markazida yashagani uchun ko'plarining
kasbi savdogarchilik bo'lgan. O'lkamizdagi
o'nlab rabotkarvonsaroylar, mavzelar,
muso-
firxonalar, doimiy xizmatxonalar tijorat ahlining
og'irini yengil qilgan. Tarixchi olim Narshaxiy
yozishicha, Buxoro viloyatidagi Paykand
shahri «savdogarlar shahri» deb atalgan,
uning ko'pchilik aholisi tijorat ishida mashg'ul
bo'lib, Xitoy bilan aloqa qilgan va juda boyib
ketgan. Xitoy sayyohi Vay Sze samarqand-
liklar haqida shunday dalolat beradi: «Barcha
aholi— mohir savdogar. O'g'il bola besh
yoshga kirdimi, bas. Savodini chiqarishadi.
Xat taniy boshlashi bilanoq majburiy suratda
tijorat ishiga o'rgatishadi».
Buxoro va Samarqand, Urganj va Tosh
kent, Farg'ona va Termiz, Qiyot va Xiva sha-
harlarida yashagan hunarmandlar qo'lidan
chiqqan yuzlab xil mahsulotlar, qurol-yarog'lar,
yoy-kamonlar, idish-tovoqlar, zargarlik,
kulol-
lik va zardo'zlik buyumlari, ip va ipak gazmol-
lar, movutlar, gilam va poyondozlar, egar-jab-
duqlar, pichoq-qaychilar, mo'ynalar, doshqo-
zonlar, ko'n-terilar, oq qog'ozlar, ziroatchilar
yetishtirgan asal, yong'oq, mayiz, tarva qoqi
mevalar karvon yo'llar orqali yetti iqlim mam-
lakatlariga yetkazib berilgan, o'z navbatida,
xorijiy ellarning ming bir xil mollari yuqorida til-
ga olingan o'z shaharlarimizdagi obod bozor-
larda sotilgan.
Buyuk Ipak yo'li bo'ylab joylashgan karvon-
saroylarda savdogarlar
uchun barcha im-
koniyat muhayyo bo'lgan. Ular har 20—25 ki-
lometrda joylashgan bo'lib, bu yerda tijoratchi-
lar o'zlariga zarur tovarlarning narxini surish-
tirib-bilib olishgan, xarid qilgan mollarini man
zilga eson-omon yetkazib olib borish maqsa-
dida shirkatlar tuzishgan, yo'lda uchrab tura
digan qaroqchilarni daf qilish uchun qurollan-
gan posbonlar yollashgan. Turli el-elatlarga
mansub savdogarlar maxsus tilmochlar orqali
o'zaro til topishgan. Oldi-sotdi ishlarida aso
san oltin, kumush va mis tangalar qo'llanilgan.
Ayni vaqtda cheklardan ham foydalanishgan.
Mazkur tangalar davlat boshlig'i yoki hokim-
lar nomidan zarb qilingan. Chek olish uchun
savdogar ishonchli sarrof— pul ayirboshlovchi
kishiga bor pulini topshirib, undan tegishli huj-
jat —
yorliq olgan, so'ng karvon bilan yetib
borgan joydagi boshqa bir sarrofga yorliqni
taqdim etib, undan pulini yuz foiz qaytarib ol
gan. Aytaylik, Turkiya poytaxti — Istambulda
imzolangan— muhr bosilgan chek Xitoyning
Xonbaliq (hozirgi Pekin) shahrida bemalol
o'tardi, ya’ni xuddi o'shancha miqdordagi pul
yoki molga almashtirish mumkin edi. Savdo-
sotiq ishlari o'zaro mol ayirboshlash (mavo-
za) asosida yuritilardi: savdogar o'z moliga
narx belgilab, uni boshqa bir narxdagi molga
almashtirardi. Shuningdek,
tijoratchilar bir
mamlakatdan ikkinchisiga, bir shahardan
boshqasiga tovar olib o'tayotganda, uning
qiymatiga qarab aniq belgilangan miqdorda
soliq to'lashga majbur edi. Soliqdan tushgan
daromad yo'l va karvonsaroylar qurish ham
da ularni obod qilish, savdogarlar havfsizligi-
ni ta’minlash, hunarmandchilik va dehqonchi-
likni rag'batlantirish maqsadlarida sarflangan.
O 'rta O siyo re spu b lika la ri m ustaqil
bo'lgach, Qadimda Sharq bilan G'arbni
bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklash
g'oyasi olg'a surildi va shu maqsadda ma’lum
tadbirlar ko'rildi. Xitoy davlatini O'rta Osiyo,
jumladan, O'zbekiston orqali O'rta dengiz so-
hilida
joylashgan mamlakatlar, so'ng esa
Yevropani bog'laydigan temiryo'l qurishga ki-
rishildi...
Hademay siz, aziz farzandlarimiz uchun
mana shu ulug' yo'l bo'ylab sayr-u sayohat
qilish, dunyoni ko'rish imkoni tug'iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: