Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Okean va dengizlar.
DIN
Din so'zi arabcha b o'lib, «e’tiqod», 
«ishonch» ma’nolarini bildiradi. Din deganda 
xudo va boshqa g'ayritabiiy kuchlarning mav- 
judligiga, yer yuzidagi barcha narsalarni xudo 
yaratganligiga ishonch va e’tiqod tushuniladi. 
Inson qaysi dinga e’tiqod qilsa uning dunyo- 
qarashi, hissiyoti, xulqi, xatti-harakati, turmush 
tarzi shu dinga asoslangan bo'ladi.
Din — ijtimoiy-tarixiy hodisa. Kishilik 
jamiyati taraqqiyotining muayyan davrida pay­
do bo'lgan. Odamlar qadimda tabiatning 
ko'pgina hodisalari qarshisida ojiz bo'lganlar. 
Momaqaldiroq, yashin, zilzila, suv toshqini, 
bo'ron, sel, o 'rm o n la rd a g i yo n g 'in va 
boshqalar ularni qo'rquv va vahimaga solgan. 
Odamlar hodisalarning haqiqiy sabablarini 
bilmagach, ularni g'ayritabiiy kuchlar vujudga
keltirayotir, demak, osmonda qandaydir 
qudratli kuch bor, u hamma narsani boshqarib 
turadi, deb o'ylaganlar. Shu tariqa odamlar- 
da bunday kuchga ishonch paydo bo'lgan. 
Ko'zga ko'rinmas kuchlar ruhlar deb atalgan. 
Keyinchalik bu ruhlar xudolar darajasiga 
ko'tarilgan. Qiyinchilik va qo'rquvdan qutulish 
yo'lini haqiqiy dunyodan topolmagan odam­
lar tabiat kuchlarida ilohiy, sirli xususiyatlar bor 
deb faraz qilganlar, ularga sig'inib, iltijo qilib, 
homiy, haloskor izlaganlar. Odamlarning qan­
day narsaga e ’tiqod q ilish i ularning 
mashg'ulotlariga bog'liq bo'lgan. Masalan, 
dehqonlar uchun — ekinlarga nur sochadigan 
Quyosh 
xudosi, 
dalalarga 
yo m g'ir 
yog'diradigan bulut xudosi asosiy e’tiqod 
manbai bo'lgan. Har bir sohaning o'z xudosi 
bo'lib, ko'pxudolik vujudga kelgan. Davrlar 
o'tishi bilan ko'pxudolikdan yakkaxudolikka 
o'tilgan. Odamlar xudolarni odam qiyofasida, 
ba’zan jonivorlar shaklida tasawur qilishgan. 
Zamonlar o'tishi bilan sig'inish, xayr-ehson 
qilish odat, marosim shakliga kirgan. Asta- 
sekin dinning dastlabki shakllari vujudga kela 
boshladi: jon va ruhlarga sig'inish (animizm), 
jonsiz narsa (tosh, buyum)larga sig'inish (fe- 
tishizm ), turli o'sim lik yoki hayvonlarga 
sig'inish (totemizm), hayvonlarga va tabiatga 
g'ayritabiiy yo'l bilan ta’sir o'tkazish maqsa- 
dida bajariladigan xatti-harakatlar (sehrgarlik) 
va boshqalar. Keyinchalik din taraqqiy eta 
borib qabila dinlari, milliy-davlat dinlari, jahon 
dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga 
keldi.
Dunyoda dinlar juda ko'p. Masalan, 
zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, daosizm, 
konfutsiylik, hinduizm, xristianlik, islom va 
boshqalar. Har bir dinga xos dunyoqarash, 
marosim va sig'inish manbalari bo'lsa-da, 
ularning mohiyati va g'oyasi bir. Din ijtimoiy 
hayotning boshqa sohalari bilan muqarrar ra­
vishda munosabatda bo'lgan. Ularga ta’sir 
ko'rsatgan va o'zi ham boshqa sohalarning 
ta’siriga duch kelgan.
O'zbekistonda o'zbek xalqi islom diniga 
e’tiqod qiladi. Yurtimizda xristianlik, yahudiy­
lik dinidagi bir necha jamoalar ham faoliyat 
ko'rsatib kelmoqda. Din davlatdan ajratilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘lsa-da, dindorlar barcha fuqarolar bilan 
bab-barobar ijtimoiy-siyosiy hayotda qatna- 
shish huquqiga ega. Dindorlar o'z diniy ehti- 
yojlarini erkin ado etishlari uchun barcha 
sharoitlar yaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- 
ning 31-moddasida shunday deyilgan: «ham­
ma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir 
inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech 
qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. 
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l 
qo'yilmaydi». O'zbekiston Respublikasining 
yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tash- 
kilotlar to'g'risida»gi qonuniga ko'ra, maktab 
dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o'quv das- 
turlariga diniy fanlar kiritilmaydi.
DIZAYN
Inson o'zini tanibdiki o'zi uchun kerakli 
buyumlarni yaratishga intiladi, turar joyi qulay, 
shinam bo'lishini istab, unga oro beradi; hat­
to oddiy toshdan to'qmoq yoki chopish uchun 
kerakli bo'lgan qurol yaratganida ham u qu­
lay, ixcham va foydalanganda mehnatini 
yengillashtiradigan qurol bo'lishiga harakat 
qilgan. Shu tarzda inson faqat tosh, yog'och, 
suyakdan o'zi uchun qurol yasabgina qolmas- 
dan, qo'rg'oshin, temir, oltin, kumushdan ham 
go'zal buyumlar yaratishni o'rganib borgan. 
Inson o'zi uchun kerak bo'lgan buyumlarning 
qulay, ixcham va maqsadga muvofiq bo'lishi 
bilan birga ular go'zal, ko'zni quvontiradigan 
bo'lishi kerakligini ham hisobga ola boshla­
gan. Asta-sekin buyumlarning badiiy qimmati- 
ga e’tibor ortib, ularga qo'yilgan talablar ham 
murakkablashib borgan. Tanlangan o'lcham, 
buyumning rangi, shakli, yengil yoki og'irligi, 
xullas, hammasi nazarda tutiligan.
Insonning ana shu faoliyati rivojlana borib, 
buyumlarning loyihalarini yaratuvchi rassom­
lar paydo bo'la boshlagan. Bu mutaxassislarni 
dizayn ustalari, dizayn rassomi yoki, qisqagi- 
na qilib, dizayner deb atay boshladilar.
20-asrda fan-texnika taraqqiyoti tufayli 
«dizayn» iborasi muomalaga kirib keldi. 
«Dizayn» asli inglizcha so'z bo'lib, «chizma», 
«loyiha», «rasm» ma’nolarini bildiradi. Dizayn
20-yillarda yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus 
faoliyat turi sifatida shakllandi. Buyumlar dun- 
yosining tuzilishi, qurilishini o'rganadigan 
san’at sohasiga aylandi. Endilikda dizaynning 
tub mohiyati inson ruhiyati va talabidan, davr 
rivoji va texnologiyasidan unumli foydalanib, 
eng qulay va foydali, sodda, lekin arzon va 
go'zal buyumlar yaratish san’atidan iborat 
bo'lib qoldi. Bugungi kunda mashinalarning 
yangi modellari, mebel, idish-tovoq, turli dast- 
goh va raketalarning yangi shakllaridan tortib 
kundalik turmushda ba’zida e’tibor berilmay- 
digan o'rashga ishlatiladigan oddiy konfet 
qog'ozlari, konvert markalari, televizor qutilari, 
poyabzalga yopishtiriladigan oddiy etiket- 
kalar, har bir buyumning tutqichi-yu, uning yu- 
zasiga berilgan ishlov, tanlangan rangi, ishla- 
tilgan xom ashyosi — hammasi dizaynerning 
mehnati mahsuli. Rassom - dizayner buyum­
ning qayerda va qanday sharoitda ishlatilishi- 
ni, qanday tashilishi va qanday o'rnatilishini, 
o'matiladigan joyi qanday bo'lishi, unga 
yorug'likning qanday tushishi va hokazolarni 
aniq tasawur eta olishi kerak. Shuning uchun 
ham dizayner loyihachi, shuningdek yaxshigi- 
na psixolog, muhandis, sotsiolog, iqtisodchi 
ham bo'lishi kerak. U bozor sharoitini yaxshi 
bilishi, yaratgan har bir buyumi raqobatga 
bardosh bera oladigan bo'lishini ta’minlashi 
kerak.
Dizayn sanoat ishlab chiqarishi bilan 
bog'liq. Sanoatda esa birdaniga ko'plab 
buyumlar ishlab chiqariladi. Shuning uchun bu 
buyumlar ommaviy mazmun kashf etib, juda 
ko'pchilikka — erkak va ayolga, yosh-u qari- 
ga, ziyoli va ishchiga yoqishi, ma’qul kelishi 
lozim. Bunga esa kuzatish, izlanish, talabni 
o'rganish orqali erishiladi. Mamlakatimizda 
dastgohlar, transport vositalari, maishiy 
buyumlarga bo'lgan talab va istaklarni ilmiy 
asosda o'rganish masalasi 1960-yillardan 
boshlangan. Yirik korxonalar qoshida loyiha­
chi guruhlar ochildi, maxsus loyiha institutlari 
ishga tushirildi. Dizaynerlar maxsus oliy o'quv 
yurtlarida tayyorlana boshlandi.
Bugungi kunda dizayn respublikamizda 
o'zining yangi taraqqiyot bosqichini boshidan 
kechirmoqda. Mamlakatimiz endilikda oddiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


xomashyo bozoridan dunyoga tayyor sanoat 
mahsulotlari bilan chiqa boshlagan davlatga 
aylanib bormoqda. Yangi-yangi mashinalar, 
dastgohlar va boshqa sanoat mollari eng 
so'nggi dizayn yutuqlari asosida ishlanib, ja­
honga yuz tuta boshlagani buning dalilidir. 
Chunki dizayn yutug'i taraqqiyot ramzi, zamon 
ko'zgusidir.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish