Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

BUYUK XITOY DEVORI
Ulug' shoir Alisher Navoiyning «Saddi Is- 
kandariy» dostonida Chin (Xitoy) mamlakati- 
da Ya’juz zulmidan Qirvon Navohisi aholisini 
qutqarish uchun Iskandar tomonidan mis, qa­
lay, rux, temir va tog' toshlaridan mustahkam, 
baland devor qurilganligi hikoya qilinadi. 
Navoiyning asarida «Saddi Iskandariy» yoki 
«Saddi Chin» haqidagi ma’lumotlar afsonaviy 
tarzda bayon etilishiga qaramay, mazkur de- 
vorning juda qadimiyligidan va devor haqida­
gi fikrlar qadim zamonlardan boshlab mav- 
judligidan guvohlik beradi. Navoiy hikoya qil­
gan «Saddi Chin» devori tarixda «Buyuk Xi­
toy devori» nomi bilan mashhurdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buyuk Xitoy devori — qadimgi Xitoy 
me’morchiligining ulkan yodgorligi.
Qadim-qadim zamonlarda, miloddan av­
valgi 
A
— 3-asrlarda ko'chmanchi qabilalar hu- 
jumidan bezigan imperator Sin Shi Xuandiy 
Xitoyning shimoli-g'arbiy chegaralarida dush­
man o ‘ta olm aydigan, karvon savdo 
yo'llarining xavfsizligini ta’minlaydigan baland 
va uzun mudofaa devorini qurish haqida 
buyruq beradi.
Imperatorning xizmatkorlari shimoliy che- 
garaga lak-lak askarlar-u, behisob qarollarni 
haydab kelibdilar. Qurilishda jami bolib, 2 
milliondan ortiq kishi jalb etilgan. Ular kecha- 
si-yu kunduzi ishlashgan. Rivoyatda aytilishi- 
cha, dastlab qancha urinishmasin, tiklangan 
devor qulab ketavergan. Shunda imperator­
ning boshi qotibdi. Nima qilish kerak?! U ko'p 
donishmandlarni chaqirib maslahat qilibdi. 
Ular ichidan eng keksa donishmand impera- 
torga:
— 
Menga ayon bo'lishicha, devor qula- 
masligi uchun mamlakatimizda yangi turmush 
qurayotgan yigit yoki qizni qurbon qilib, devor 
ostiga ko'mishimiz zarur, ana shundagina ish 
yurishib ketadi, — deb maslahat beribdi.
Imperatorning xizmatkorlari donishmand 
aytganidek, darrov go'zal bir qiz bilan to'yi 
bo'layotgan Van degan yigitni topib kelishib- 
di. Uni qurbon qilib, qurilayotgan devor ichi- 
ga mo'miyolab ko'mib qo'yishibdi. Shundan 
keyin devor qulamaydigan bo'libdi, asta-sekin 
uning uzunligi o'n ming li (1 li — 400 metr ga 
teng) ga cho'zilib boribdi.
Shu-shu ushbu devor xitoycha nom bilan 
«Vanli chongchang» deb atalib ketibdi. Bu 
«10 ming li uzunlikdagi devor» demakdir. 
Hozir Xitoyda Van ismi o'zbeklardagi Ah- 
madga o'xshash eng keng tarqalgan ismdir.
Bunga o'xshash rivoyatlar ko'p. Buyuk Xi­
toy devori haqiqatan juda uzoq tarixdan 
hikoya qiladigan ulkan inshoot. Uni xitoyliklar 
bir necha asrlar davomida qurishgan. Devor 
qurilishining bunday sekin borishiga sabab, 
bir tom ondan, u vaqtlarda texnikaning 
rivojlanmagani bo'lsa, ikkinchi tomondan, 
ko'chmanchi qabilalar tez-tez hujum qilib, de- 
vorni buzib ketishar, yog'in-sochin va shamol-
"t
lar ham uni nuratib borardi. Shunga qaramay, 
Buyuk Xitoy devori miloddan awal 2— 1-asr- 
larda G'arbga tomon 500 kilometrga uzayti- 
rilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkam- 
lash ishlari (eng muhimi 14— 15-asrlarda) 
davom etgan. 1953-yilda Pekin yaqinidagi 
qismi ta’mirlangan. Sariq dengizdagi Lyao- 
dun qo'ltig'idan boshlanib g'arbga tomon ket- 
gan bu devorning uzunligi besh-olti ming ki­
lometrga yetadi, degan fikrlar ham bor. Buyuk 
Xitoy devori mamlakat poytaxti Pekin shahri- 
dan 40—45 kilometr shimoli-g'arbdan o'tib, 
janubi-g'arbga buriladi, so'ngra Su’jou shah- 
ridan g'arbda Gansu o'lkasidagi Szya- 
yuyguan qal’asida tugaydi.
Devorning balandligi 6,6 metr, ikki qavatli, 
ayrim joylarda uch qavatli bino balandligidan 
oshadi.
Devorning past qismi, poydevori kengligi
— 6,5 metr, ustki sathi kengligi 5 — 5, 5 metr. 
U nihoyatda qalin bo'lganidan ustidan jang 
aravalari, qo'shinlar, hatto har qatorda 5— 6 
tadan otliq askarlar ham saf tortib bemalol 
harakat qilishi mumkin bolgan.
Buyuk Xitoy devori yo'nilgan granit toshlar, 
g'ishtlar va loydan ko'tarilgan. Shuning uchun 
ham uning umri uzoqdir. Devor bo'ylab har 
60— 100 m masofada mustahkam burjlar (mi- 
noralar) va muhim strategik ahamiyatga ega 
bo'lgan yerlarda, ayniqsa, tog' yo'llar yoqasi- 
da istehkomlar barpo etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aytishlaricha, Buyuk Xitoy devori kosmik 
kemadan ko'rinadigan yer yuzidagi ikki in- 
shootdan biri emish.
Endilikda Buyuk Xitoy devori dunyo sayo- 
hatchilari — turistlarning uzluksiz intiladigan 
manzillaridan biriga aylangan. Uning ustida 
doimo sayr qilib yurgan turli millat kishilarini 
ko'rish mumkin.
BUG‘DOY
Siz, kunda dasturxonga qo'yiladigan 
bo'rsildoq nonlar bug'doy unidan tayyorla- 
nishini bilasiz, albatta.
B ug'doy dunyodagi g 'a lla e kin la ri 
maydonining qariyb yarmini egallaydi. U Yer 
yuzining deyarli hamma joyida ekiladi. 
AQSH, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Xitoy, 
Kanada bug'doy eng ko'p ekiladigan mam­
lakatlar hisoblanadi. Respublikamiz musta- 
qillikka erishganidan keyin bizda ham 
bug'doy bir million gektardan ko'proq may- 
donlarga ekiladigan bo'ldi va O'zbekiston
boshqa mamlakatlardan bug'doy sotib ol- 
may, g'alla m ustaqilligiga ham erishdi. 
Bug'doy insoniyatning asosiy ozuqasi hisob­
lanadi.
Bug'doyning xilma-xil navlari bir-biridan 
farq qiladi.
Issiq iqlimli Afrika yoki Avstraliya dalalar- 
ida yetishtirilgan bug'doylar O'zbekiston 
sharoitida o'sgan bug'doylardan farq qiladi. 
Bizda o'sgan bug'doy doni oltindek tovlanib 
turadi. Efiopiyada esa o'tkir quyosh nurida 
kuygandek doni siyohrang bug'doy o'sadi. 
Doni yashilsimon yoki qizg'ish bug'doylar 
ham bo'ladi. Bug'doy poyalari ham turli yer­
da turlichadir.
B ug'doy — eng qa d im iy m adaniy 
o'simliklardan biri. Biroq hozirgi kunda ham 
Yer yuzida yovvoyi turlari uchrab turadi. 
Bug'doyning qadimiy turlaridan biri doni par- 
daga o'ralgan oddiy polbadir. Keyinroq uning 
o'rnini sifatli — qiltiqsiz, yumshoq, biroq tu­
proq tanlaydigan bug'doy xillari egalladi. Ul­
arni yanchish polbani yanchishga nisbatan
www.ziyouz.com kutubxonasi


osonroq, chunki bug'doy donlari po‘stidan oson 
ajraladi.
O'simliklarning yangi navi yoki chorvaning 
yangi zotini yaratadigan fan seleksiya deb ata­
ladi. Bug'doyning ajoyib navlari ko'p. Bugungi 
kunga kelib seleksioner olim larim iz 
bug'doyning sovuqqa va issiqqa chidamli, po­
yasi baquwat, yirik boshoqli navlarini yaratdi- 
lar. Hatto tupida bir necha poya va boshoqlari 
bo'lgan, bir ekilgach 3— 4 yil hosil beradigan 
ko'p yillik bug'doylar ham bor. O'zbekistonda 
bug'doyning «Qizil bug'doy», «Qizil Sharq» 
kabi navlari ekiladi. Seleksioner olimlarimiz 
bug'doyning yangi navlarini yaratish ustida tin- 
may izlanish olib bormoqdalar.
Vatanimiz gerbida oltinrang boshoqlar ham 
tasvirlangan. Bu mamlakatimiz boyligi, yeri- 
mizning saxiyligi ramzidir.
BUG‘U
Bug'ular bir necha turdan iborat. Ularga mi­
sol qilib shimol bug'usi, Yevropa o'rmonlarida 
yashovchi yelik, Uzoq Sharq izyubri, Sibir ma- 
rali, Shimoliy Amerikadagi Virginiya bug'ulari, 
los va Ian bug'ularini ko'rsatish mumkin. 
B ug'ular orasida eng chiroylisi shimol 
bug'ularidir. Shimol bug'ulari og'ir sharoitda 
hayot kechirishga yaxshi moslashishgan. 
Masalan, qishda odamning oyog'i botib ketishi 
tufayli qalin qor ustida
og'irlash a d i. Bug'uning tu y o g 'i keng 
bo'lganidan oyog'i botmasdan bem alol 
yuraveradi.
Shimol bug'ularining juni ham o'ziga xos 
tuzilgan. Har bir junning o'zagi kengayib, 
havo bilan to'lgan bo'ladi, havo esa tanadagi 
issiqlikni yaxshi saqlaydi. Shuning uchun 
bug'uning juni hatto, kuchli shamolda ham 
uni sovuqdan yaxshi asraydi. Suvda jun bug'u 
uchun «qutqaruv chambaragi» vazifasini 
o'taydi: jun o'zagi ichida havo saqlanib qol- 
ganidan ularning suzishi yengillashadi. Odat­
da bug'ularning faqat erkaklarida, shimol 
bug'usining urg'ochilarida ham shox bo'ladi.
Bug'ular doimo to'da bo'lib, ba’zan juda 
katta ( bir necha ming boshdan iborat poda 
bo'lib ko'chib yuradi. Ko'pincha, bo'ron ular­
ning yo'lini to'sib qo'ygan paytlarda issiqroq 
bo'lishi uchun poda g'uj bo'lib oladi.
S him olda ya sh o vch i x a lq la r issiq 
mo'ynasi, pishiq terisi va mazali go'shti tu- 
fayli bug'ulami azaldan qadrlashadi. Shimol 
bug'ularini ovlash oson emas, chunki ular 
juda sergak va ehtiyotkor bo'lganidan odam- 
ni o'ziga yaqinlashtirmaydi.
Shimol xalqlari qadim zamonlardan buyon 
xonaki bug'ularni ko'paytirib kelishgan. 
Bug'ular birvarakayiga qo'y, sigir, ot kabi bar­
cha uy hayvonlari o'rnini bosadi. Bug'u bilan 
itlar qo'shilgan chanalar shu kunlarda ham 
Shimolda asosiy transport vositasi bo'lib xiz­
mat qilmoqda. Yengil chana- 
ga qo'shilgan bir juft bug'u 
100 kilogram m yuk bilan 
soatiga 10 kilometr tezlikda 
harakat qila oladi.
Xonakilashtirilgan shimol 
bug'usi yil bo'yi ochiq havo­
da o'tlab yuradi. Unga bosh- 
pana ham, qo'lda beriladi- 
gan yem ish ham kerak 
emas. Shimol bug'ulari qish­
da lishaynik bilan oziqlanadi. 
O z iq in i ku ch li va keng 
tuyoqlari yordam ida qorni 
titib topib oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BO‘RI
Bo'ri zararlimi yoki foydalimi? Aslida bun­
day savol berish noto‘g‘ri, chunki ko'pgina 
hayvonlar bir vaqtning o'zida ham foydali, 
ham zararli bo'lishi mumkin.
Uy hayvonlariga hujum qiladigan bo'ri 
odamlarga ziyon yetkazadi. Xuddi mana shu 
bo'ri o'rmonda yoki tundrada ko'pincha nim- 
jon, kasalmand bo'lib qolgan hayvonlarga hu­
jum qiladi, chunki bunday hayvonlarni tutib 
olish oson-da. Kasai hayvonlarni qirishi nati­
jasida bo'ri o'rmonga va unda yashaydigan 
jonivorlarga foyda keltiradi. Uni mana shu xiz­
matlari uchun o'rmon sanitari deb atashadi.
Biroq, bo'rilar faqat kasalmand hayvonlar- 
gagina hujum qilmaydi. Ehtiyotkor, epchil va 
ayyor bo'lmasdan podadan qolib ketadigan 
yoki hali kuchga to'lmagan hayvonlar ham 
uning o'ljasiga aylanadi. Ko'rinib turibdiki, 
bo'rilar ov qiladigan o'rmonda, asosan epchil, 
chaqqon, kuchli va ayyor hayvonlar omon 
qoladi.
Bo'rilar o'rmonda hayvonlarning haddan 
ziyod ko'payib ketishiga yo'l qo'ymaydi, Agar 
o'rmonda hayvonlar ko'payib ketadigan 
bo'lsa, ularga oziq yetishmasligi tufayli, nim- 
jon bo'lib o'sadi, kasallanib halok bo'la 
boshlaydi. Bo'rilar ana shunday nimjon 
hayvonlarni yeb, boshqa jonivorlarni ochlikdan 
va kasal bo'lib qirilib ketishdan saqlab qola­
di. Mana shuning uchun ham bo'rilarni yovvoyi 
hayvonlarning qorovul—cho'poni ham deb 
atashadi.
Nima qilish kerak — bo'rini qirib tashlash 
kerakmi yoki uni himoyaga olish zarurmi? Bu 
savolga bir xilda javob berib bo'lmaydi.
Bo'rilar ko'payib ketib, uy hayvonlariga 
ziyon yetkazadigan hududlarda ularni otib, 
soni kamaytiriladi. Bo'rilar unchalik ko'p 
bo'lmagan o'rmonlarda ularga boshqacharoq 
munosabatda bo'lish lozim. Bo'ri nihoyatda 
ayyor va aqlli hayvon. U o'zi ta’qib qilinayot- 
ganligini darhol sezib, xatarli joyni uzoq vaqt 
tark etadi. Shuning uchun ba’zida bo'rini yax- 
shilab qo'rqitib qo'yishning o'zi yetarli bo'ladi.
Bo'ri yashirinishga usta, juda ehtiyotkor 
hayvon. Ba’zan hatto eng tajribali ovchilar 
ham bolalarini katta qilayotgan urg'ochi bo'ri 
uyasini topa olmaydilar. Xavf-xatarni sezgan 
bo'ri o'z bolalarini boshqa joyga ko'chirib, 
yaxshilab yashirib qo'yadi. Kuzga borib bo'ri 
bolalari voyaga yetadi va ota-onasi bilan bir- 
galikda qishki safarga otlanadi. Ovchilar 
qordagi izlardan bo'ri to 'd a si qachon 
o'tganligini darrov aniqlashadi, lekin bu tez- 
kor va ehtiyotkor to'dani qidirib topish oson 
bo'lmaydi. Qishda bo'rilar odamlardan chet- 
roqda yuradi, qopqon qo'yilgan va xatarli joy- 
lardan aylanib o'ta d i. K o'pincha ular 
to'satdan paydo bo'lib, odamlarni esankira- 
tib qo'yadi va og'ildagi qo'yni olib qochadi.
O'rta Osiyoning cho'l, dasht va tog'oldi 
hududlarida cho'l bo'risi, Pomir tog'larida ti- 
bet bo'risi yashaydi. Ba’zan qora bo'ri ham 
uchrab turadi.
BO‘RON
Tabiatda sodir bo'lib turadigan bu hodisani 
eslaganimizda har gal ko'nglimizda qanday- 
dir havotirlik paydo bo'ladi. Chunki bu kuchli 
shamol esa boshlaganda o'z yo'lidagi har 
qanday to'siqni surib tashlash darajasiga 
yetishi mumkin. Bo'ron boshlanganda 
shamolning tezligi sekundiga 20 metrdan kam 
bo'lmaydi. Bo'ron antisiklonning chekkalarida 
ro'y beradi. Bo'ron shamoli boshlanishdan 
a w a l odatda havo soviydi. Qish paytida
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'ron qorni yer yuzasi bo'ylab uchirib, bir 
joydan boshqa joyga ko'chiradi. Shamolda 
uchirilgan qor o'z yo'lida devor, bino kabi 
to'siqqa uchrasa, katta qor uyumlari vujud­
ga keladi. Qor bo'ronlari vaqtida temir yo'l 
va avtom obil y o 'lla rin i ham qor bosib, 
poyezd va avtomobil transporter yurishini 
qiyinlashtirib qo'yadi. Aholi yashaydigan joy­
larda bo'ron tomlarni ko'chirib, bir necha 
o'n va hatto , yuz metrlar nariga uloqtirgan, 
katta-katta daraxtlarni ildizi bilan qo'porib, 
simyog'ochlarni ag'darib tashlagan hollar 
ko'p bo'lgan. Bo'ron Qizilqum va Qoraqum 
cho'llarida juda katta qum uyumlarini bir joy­
dan boshqa joyga ko'chirib, qum barxanlari- 
ni hosil qiladi. To'satdan boshlangan bo'ron 
qadimda qumli cho'lni kesib o'tayotgan sav­
do va e lchilar karvonlarini qum ostida 
qoldirgan v a q tla r ham bo'lgan. Qumli 
cho'llardan o'tgan temiryo'l va avtomobil 
yo'llarini ba’zan butkul qum bosadi. Quruq- 
likda shamolning kuchini qirqish uchun 
ko'pincha yo'l va aholi punktlari atrofiga iho- 
ta daraxtlari barpo qilinadi, qumli cho'llar 
o'sha yerlarda o'sishga chidamli daraxt va 
butalar bilan mustahkamlanadi.
Bo'ron dengiz va ko'l suvlarini ham 
harakatga keltirib, katta to'lqinlar hosil qila­
di. Baliqchilar bo'ron bo'lishini oldindan bil- 
salar, kemalarini darhol xavfsizroq bo'lgan 
qo'ltiqlarga olib kiradilar yoki ochiq dengiz­
ga chiqib ketishga harakat qildilar. Chunki 
shamol kemani qirg'oqqa yoki qirg'oq ya- 
qinidagi qoyatoshga urib chilparchin qilishi 
mumkin.
Odatda, dengizda bo'ron boshlanishidan 
bir muddat oldin bo'ronqushi deb ataluvchi 
qushlar juda bezovtalanib ucha boshlaydi. 
Hammayoqni shu qushning ovozi tutib ke­
tadi. Baliqchilar shundan biladilarki, demak, 
yaqin orada bo'ron boshlanadi. Shunga 
qarab e h tiy o t c h o ra la rin i k o 'ra d ila r. 
Bo'ronlar tropik mintaqalarda ham tez-tez 
bo'lib turadi. Odatda, bo'ron boshlanishi 
e h tim o li b o 'ls a , bu haqda o b -h a vo n i 
bashorat qiluvchilar aholini va transport 
idoralarini darhol ogohlantiradilar.
A gar bo'ron qor yo'q vaqtda bo'lsa, 
dalalarda tuproq qatlamini havoga uchirib, 
juda katta maydonlarda chang-to'zonlarni 
vujudga keltiradi. Natijada yerning unumdor 
q a tla m in i u ch irib keta d i. H ozir kuchli 
shamollar Orol dengizining qurigan tubida- 
gi tuzni uchirib, ekinzorlar ustiga yog'dirishi 
hollari bo'lib turibdi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish