Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

BULOQLAR
Yer ostida to'plangan suvning tabiiy holat- 
da yer yuzasiga chiqib turadigan joylari bu- 
loqlar deyiladi. Buloqlarni Markaziy Osiyoda 
va ba’zi Yaqin Sharq mamlakatlarida chash- 
ma deb ham ataydilar, arablar esa ayn deyi- 
shadi. Lotin tilida fontan atamasi ham dast- 
lab buloqni anglatgan. Ularni dunyoning bar­
cha qit’alarida, hatto dengiz va okean tublari- 
da ham ko'plab uchratish mumkin. Ayniqsa 
O'zbekistonning Farg'ona, Zarafshon va 
Qashqadaryo vodiylaridagi tog' oldi tuman- 
larini buloqlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Buloqlarni o'rganuvchi mutaxassislar ular­
ning kelib chiqish sharoitiga qarab qaynar- 
buloqlar va sokin buloqlar deb ikki turga 
ajratadilar. Buloq suvlari yil davomida mav- 
sumga qarab ba’zan ko'payishi yoki kamayi- 
shi mumkin. Buloq suvi nega hech tugamay- 
di, ular suvni mudom qayerdan oladi? Tog' 
yonbag'riga yog'gan qor va yomg'ir suvlari- 
ning bir qismi yerga shimilib, tog' jinslarin­
ing suv o'tkazmaydigan qatlamlari orasida 
to'planadi va relyefning pastroq joylaridan 
o'ziga yo'l topib, tog' yonbag'ri, adirlar, jar­
lik va soy yonbag'irlaridan yer yuzasiga 
chiqadi. Buloqlaming paydo bo'lish yo'llarini 
bundan qariyb 1000 yil awal buyuk olim Abu 
Rayhon B eruniy o 'z a s a rla rid a yozib 
qoldirgan.
Odamlar juda qadim zamonlardan, ya’ni 
ibtidoiy jamoa davridan boshlab buloq su­
vidan foydalanib kelganlar. Buloqlar yonida 
qishloq, karvonsaroy, yom Gom), davolanish 
m askanlari (Chortoq, Jeleznovodsk va 
boshqalar) va sardobalar, hasham atli 
maqbaralar qurilgan. Ba’zan buloq suvi an­
cha naridan sopol quvurlar orqali keltirilib 
masjid ichidagi, hovuzlarga quyilgan. Asrlar 
o'tish i bilan ko'pgina buloqlar muqad- 
daslashtirilgan va ular haqida turli afsonalar 
to'qilgan. Ayrim buloqlarni payg'ambarlar 
nomi bilan ataganlar. Masalan, Buxorodagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chashmai Ayyub me’moriy majmuasi o'rnida 
qadimda buloq bo'lganligi uning nomidan ham 
ko'rinib turibdi. Nurota tog'idagi buloq mahalliy 
aholi orasida muqaddas hisoblanadi. Buloq suvi 
kattagina havzada to'plangan. Hovuzda yuzlab 
baliqlar g'ujg'on o'ynaydi. Baliqlarga hech kim 
qo'l tekkizmaydi.
Buloqlardan ko'pincha jilg'a, soy va hatto dar- 
yolar ham boshlanadi. Ulardan suv olgan dary- 
olar ko'pincha Qorasuv (Qoradaryo) deb atala­
di. Sababi, suvi tiniq bo'ladi, o'zan tubi sayoz joy­
larda ko'rinib turadi. Bir-biriga yaqin joylashgan 
buloqlar o'sha joyning nomiga aylanib ketgan 
hollar ham uchraydi. Masalan, Mingbuloq (Nama­
ngan viloyatida, Qoraqalpog'istonda va boshqa 
joylarda), O'n ikki buloq, Qo'shbuloq va hokazo. 
Yakka buloqlar ham ko'plab qishloq va shahar- 
larga nom bo'lib qolgan. Andijon viloyatida Bu- 
loqboshi aholi punkti va tumani, Toshkent viloyati­
da Arashonbuloq, Surxondaryo viloyatida Qam- 
chibuloq, Mongoliyada Oltinbuloq (shahar), Oq- 
buloq, Dog'istonda Amabuloq degan joylar bor. 
Mashhur tarixiy shahar Ardabil ham buloq yoni­
da vujudga kelgan. Poytaxt Toshkent shahrida 
ham 20-asr boshlarida jarliklar yon bag'rida 
ko'plab buloq bo'lgan. Shulardan biri hozirgi 
«Chorsu» mehmonxonasi o'rnida, jaryoqasida- 
gi «Ukkosha» bulog'i juda mashhur edi. Uzoq- 
yaqindan «Chorsu» bozoriga kelganlar yozning 
saratonida o'sha buloq suvidan zarang kosada 
olib ichardilar.
Qishloq joylarda buloq suvidan hozir ham 
ichimlik suvi sifatida va chorva mollarini, ba’zan 
esa ekinzorlarni ham sug'orishda foydalanib 
kelinmoqda.
Buloqlar haroratiga ko'ra issiq suvli (Tojikis- 
tondagi mashhur Obigarm bulog'i, Farg'ona 
viloyatining Buvayda tumanidagi buloq) va sovuq 
suvli, suv tarkibiga ko'ra minerallashgan va oddiy 
chuchuk suvli bo'ladi. Mineral buloqlar shifobaxsh 
hisoblanadi. Shunday buloqlar yoniga shifoxo- 
nalar qurilgan.
BURGUT
Bu yirtqich qush shu qadar yirik va kuchliki, 
hatto bo'rini ham yenga oladi. Kavkaz va O'rta 
Osiyoda qadim zamonlardan burgut yordami­
da ov qilingan. Buning uchun ovchi, awalo, 
burgut uyasini topib, undan yosh burgutni oli­
shi kerak. Bu ancha xavfli: burgutning uyasi 
chiqib bo'lmas qoyalar orasida joylashgan 
bo'ladi, ota va ona burgutlar bolalarini jon-jah- 
di bilan himoya qiladi. Qolaversa, keyin yosh 
burgutni qo'lga o'rgatish kerak. Shundan 
so'ng yosh burgut ovga o'rgatiladi. Nihoyat, u 
ov qilishni o'rganib, uning qanotlari kuchga 
to'ladi. Endi ovchi uni olib ovga jo'naydi.
Bahaybat qush ikki metrli qudratli qanotlari- 
ni yozib, baland osmonda parvoz qiladi. 
Mana, ko'zi o'tkir burgut bo'rini ko'rib qoldi. 
U asta-sekin aylanib pastlay boshlaydi va bir- 
dan qanotlarini yig'ib, o'ljasiga o'qdek otila- 
di. Endi bo'ri hech qayerga qochib qutula ol­
maydi. Burgut kuchli panjalari bilan uni chan- 
gallab, yerga bosadi. Ovchi otda yetib kelib, 
bo'rini bog'lab olsa bas.
Respublikamizning tog' va cho'llarida ham 
burgut juda ko'p bo'ladi. Burgutning rangi to'q 
q o 'n g 'ir bo'lib, uzoqdan bir xil rangda 
ko'rinadi. Yosh qushlarning dumi aniq ikki xil 
rangda: dum asosi oq, uchi qora bo'ladi. 
Qizilqumdagi yowoyi burgutlar xonaki echki, 
tipratikan, jayron, toshbaqa, yumronqoziq, to- 
vushqon, qumsichqon, kakliklarga va boshqa 
hayvonlarga hujum qiladi.
Burgut janubiy mamlakatlarda baland 
tog'lar orasida ham yashaydi. U Sibir tayga- 
larida, Yevropa o'rmonlarida uchraydi.
O'rmonda burgut yo'l va aholi yashaydigan 
joylardan olisda, qalin o'rmon ichidagi baland 
daraxtlarning shoxiga uya quradi. Bu ehtiyot-
www.ziyouz.com kutubxonasi


kor qush odamlarning ko'ziga juda kam 
ko'rinadi. Ularni kuzda, bolalari palapom 
bo'lgan paytdagina butun oilasi bilan baland 
osmonda asta parvoz qilib yurganida ko'rish 
mumkin.
Sovuq tushganda burgutlar issiq o'lkalarga 
uchib ketadi. Qish tugab, bahor kelishi bilan 
ota-ona burgutlar eski uyasiga qaytib keladi, 
uni tuzatib, yana jo'ja ochishga kirishadi.
BUXORO
Buxoro jahonning eng ko'hna shaharlari- 
dan. Bu shahar bundan yigirma besh asr mu­
qaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida 
qad ko'targan. Dastawal u daryoning Zerirud 
nomli quyi tarmog'ining ikki sohilida bir-biriga 
qarama-qarshi joylashgan uchta qo'rg'on 
shaklida paydo bo'lgan. Qo'rg'onlarning biri 
Foxira, ikkinchisi Navmichkat (ba’zan Bu- 
miskat), uchinchisi esa Faroviz (yoki Farob- 
diz) nomlari bilan yuritilgan. Qo'rg'onlar teva- 
ra k-a trofi qadim dan suvga to 'la ko'l- 
ko'lmaklar va botqoqliklar hamda anvoyi 
chechaklar bilan qoplangan bepoyon dala-yu 
dashtdan iborat nihoyatda xushmanzara 
bo'lgan. Butun vodiy bo'ylab atrofni qoplab 
yotgan asriy qalin daraxtzor, chakalakzor va 
to'qaylarda son-sanoqsiz turli-tuman yovvoyi
Buxoro Arki.
hayvonlar hamda ajoyib-g'aroyib qushlar uya 
qurgan. Shuning uchun bu o'lkani va unda 
qad ko'targan dastlabki shaharni aholi qadim­
da «Bug'-ого», ya’ni «Tangri bezagi», «Tan- 
gri jilosi» yoki «Tangri jamoli» ma’nolarini an- 
glatuvchi yagona nom bilan yuritdi.
Bu qadimgi uch qo'rg'onning atrofi o'sha 
zamonlardayoq alohida-alohida mudofaa de- 
vorlari bilan o'rab olingan edi. Devorlar ba­
land va qalin bo'lgan. Ular paxsa va yirik xom 
g'ishtlardan urib chiqilgan. Ularning u yer-bu 
yerida baland tayanch minora (mo'la)lar bino 
qilingan. Qamal vaqtlarida dushmanga o'q 
uzish maqsadida devor va minoralar bo'ylab 
bir necha qator nishon tuynuk—shinaklar ish­
langan. Shahaming bir necha darvozasi 
bo'lib, har bir qismiga markaziy ko'cha orqali 
alohida darvozalardan kirilgan. Darvozaxo- 
nalarda maxsus soqchilar — darvozabonlar 
nazoratchilik qilib turgan. Kech tushishi bilan 
darvozalar berkitilib, erta saharda ochilgan. 
Qamal vaqtlarida ular kecha-yu kunduz tam- 
balanib turgan.
Shahaming maxsus devor bilan o'ralgan 
eng baland qismida bino qilingan istehkomli 
qo'rg'oni ark deb atalgan. Unda podshoh va 
am irlar yashagan. Arkda podshohning 
ko'shki va saroylaridan tashqari devonxona 
(vazirlar mahkamasi), xazina, chaqa-tangalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqariladigan zarbxona, qamoqxona, navkar- 
lar uchun bostirmalar bo'lgan. Shaharning qol­
gan asosiy ikki qismida shahar 
a ’y o n la r i,
xunarmandlar, savdogarlar yashagan, ularning 
korxona va do'konlari, shuningdek, ibodatxo- 
na va bozor joylashgan.
Qadimdan Buxoro Buyuk Ipak yo'li ustida 
joylashgan bo'lib, bu yo'l orqali buxorolik sav­
dogarlar Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya- 
ga tuyalar karvonida turli xil savdo mollarini 
olib borganlar.
Aholi soni ko'paygan sari shahar ham ken- 
gayib borgan. Shaharning kengaygan qismi 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida IX asrda 
Buxoro qadimgi uchta qismini ham o'z ichi­
ga olgan yagona tashqi devor halqasi bilan 
o'rab olingan. Asrlar o'tishi bilan shahar may­
doni yanada kengaygan. Uning atrofida, sha­
har devori tashqarisida, yangi ko'cha-ko'ylar, 
guzarlar va mahallalar qad ko'targan. 15— 
16-asrlarda esa yana yangi joylarni o'rab 
o'tgan navbatdagi tashqi devor halqalari bino 
qilingan. Bu davrda shaharga 11 darvozadan 
kirilgan. Shaharda 12 mahalla, 200dan ortiq 
guzar va masjid bo'lgan. Har bir mahallaning 
katxudosi, guzar oqsoqoli, imomi va poyko- 
ri—ellikboshisi bo'lgan. Har bir mahallaning 
mozori bo'lgani kabi, har bir guzarning alohi- 
da masjidi bo'lgan. Shahar 100 dan ortiq ho- 
vuzlar orqali ichimlik suv bilan ta’minlangan. 
Hovuzlar shahar Shahrud kanali va shoxob- 
chalari hamda ko'plab yer osti suv inshootlari
— tazar va g'ulbalar orqali oyda bir yoki ikki 
marta suvga to'ldirib turilgan. Maxsus suvchi
- meshkoblar xonadonlar, ayniqsa, arkdagi 
a ’y o n la r n in g
ehtiyoji uchun charm meshlarda 
suv tashiganlar. Shaharda yigirmaga yaqin 
hammom va bir qancha usti gumbazli rasta, 
toq-u timlar qishin-yozin ishlab turgan.
O'rta asrlarda Buxoro Movarounnahr va 
Turkistondagina emas, balki butun O'rta va 
Yaqin Sharqda ilm-fan, ma’rifat va madaniyat 
markazlaridan biriga aylangan. Bu shaharda 
o'z davrining buyuk mutafakkir olim va adiblari 
Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr 
Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy, Abu Ab- 
dulloh Ja’far Rudakiy, Abu Mansur Muham­
mad ibn Ahmad Daqiqiy, Bahouddin Naqsh-
band va boshqalar yashab ijod etganlar. 
Buxorolik mutafakkirlarning islom ta’limoti va 
targ'ibotiga qo'shgan ulkan hissasi tufayli 
o'rta asrlardayoq Buxoro «Qubbatul Islom — 
Islom gumbazi» va «Buxoroiy Sharif» nisbat- 
lari bilan musulmon olamida shuhrat topdi. 
Chunki turli davrlarda bino qilingan ikki yuz- 
ga yaqin madrasalarda minglab talabalar ilm 
olgan. 1447-yilda Mirzo Ulug'bek tomonidan 
Buxoroda qurdirilgan madrasa darvozasiga 
hatto arabcha «Ilm olmoq har bir musulmon 
erkak va ayolning burchidir» degan so'zlar 
o'yib bitilgan.
Asrlar davomida Buxoroning dong'i butun 
Sharq bo'ylab faqat ilm-u ma’rifat, madaniyat 
hamda savdo-sotiq sohasidagina emas, bal­
ki Turkistonning yirik ma’muriy markazi sifati­
da ham taralib kelgan. Tarixda bu shahar quyi 
Zarafshon o'lkasining qadimgi hokimlari — 
Buxorxudotlar (1—8-asrlar), Somoniylar (9— 
10-asrlar), Shayboniylar — Buxoro xonligi 
(16-asr), Ashtarxoniylar (17— 18-asrlar), 
Mang'itlar (18-asr oxiri — 20-asr boshi) to­
monidan idora etilgan Buxoro amirligi ham-
Minorai kalon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


da Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920— 
1924-yillar)ning poytaxti bolgan.
Hatto qadimgi Buxoro tojdorlari miloddan 
awalgi ikkinchi asrdanoq betiga toj kiygan 
hukmdor, tersiga otashkada (olovxona) tasviri 
tushirilgan kumush tangalarzarb etganlar. Ilk 
o'rta asrlarda buxorxudotlar (mahalliy hukm- 
dorlar) mamlakatni idora etganlar. Buxorxu­
dotlar bu davrda betida ikki o'rkachli tuya va 
tersida otashkada tasviriangan hamda gar- 
dishiga «Buxor malik» degan so'zlar bitilgan 
mis tangalar zarb etganlar.
O'z tarixi jarayonida Buxoro bir necha mar­
ta tashqi dushmanlar tomonidan vayron etil­
di. Fotih-u istilochilar asoratiga tushib, qonli 
janglar maydoniga aylandi. Lekin yana qay- 
ta-qayta tiklandi.
Buxoro bizning zamonimizda ayniqsa, 
navqironlashdi. Avvalo shaham ing suv 
ta’minoti tubdan yaxshilandi. U tola elektr- 
lashtirildi va gazlashtirildi. Eski shahaming 
yonginasida ko'p qavatli ulkan mikrorayon 
qad ko'tardi. Yirik sanoat korxonalaridan 
Qorakol teri zavodi, Zardo'zlik fabrikasi, neftni 
qayta ishlash zavodi, ip gazlama kombinati 
va boshqa ko'pgina korxona hamda qo'shma 
korxonalar turli-tuman mahsulotlar ishlab 
chiqarmoqda. Buxoro, xususan, mustaqillik 
yillarida yanada obodlashdi va ko'rkamlashdi. 
Viloyat hokimiyatining binosi, Xotira maydo­
ni kompleksi, Madaniyat saroyi, Buxoro va 
Varaxsha mehmonxonalari, Fayzulla Xo'jayev 
nomidagi Buxoro universiteti va kimyo:tex- 
nologiya instituti binolari majmuasi kabi 
ko'plab zamonaviy me’moriy imoratlar hozir­
gi vaqtda shahar qiyofasiga husn berib turib­
di. Shahardagi uch oliy o'quv yurti va o'nlab 
litsey, kollej hamda ixtisoslashgan maxsus 
o'quv yurtlarida minglab yosh avlod vakillari 
ilm va hunar egallamoqda. Buxoroda marka- 
ziy kutubxona, Bolalar kutubxonasi, tarix va 
o'lkashunoslik muzeylari, drama teatri, 
ko'plab kinoteatrlar, sport maydonlari va 
oromgohlar bor.
Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Mus­
taqillik yillarida qadimgi me’moriy yodgor- 
liklarning barchasi ta’mirlanib, o'zining asliy 
qiyofasiga ega bo'ldi. Hozirgi davrda Buxoro
mamlakatimizda tobora kengayib borayotgan 
turizmning jozibador maskanlaridan biriga 
aylandi. Buxoroga yo'l olgan sayohatchilar 
shahaming dovrug'ini jahonga taratgan noyob 
m e’m oriy obidalardan Ism oil Som oniy 
maqbarasi (9— 10-asrlar), Minorai Kalon (12- 
asr), Masjidi Mag'oki Attori (12-asr) (Chash- 
mai Ayub (12— 14-asr), Toqi zargaron, Toqi 
telpakfurushon, Toqi sarrofon ansambllari (16- 
asr), Ark (mil. av. 4—3-asrlar — 20-asr boshi) 
Ulug'bek madrasasi (1417), Kalon Jome 
masjidi (16-asr), ayniqsa Labi hovuz may- 
donidagi me’moriy obidalar majmui (16— 17- 
asrlar) kabilarni zavq-shavq bilan tomosha 
qiladilar. Shuning uchun ham bu obidalar 
hozirgi kunda minglab sayyohlarning diqqat- 
e’tiborini o'ziga jalb etmoqda. 1997-yilda 
UNESKOning qaroriga asosan dunyoning 
eng ko'hna shaharlaridan biri bo'lgan Buxo- 
roning 2500 yillik yubileyi jahon jamoatchiligi 
vakillari ishtirokida keng nishonlandi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish