Botanika bog'ida o'stirilgan gullar.
mumkin. Botqoqliklarni quritishda katta aha-
miyatga ega bolgan evkalipt daraxti ham
juda ajoyib. Uning ildizi nasos kabi ishlaydi,
barglari esa quyoshga qirra tomoni bilan joy-
lashganligidan soya tushirmaydi.
Viktoriya
o'ziga xos ko'rkam, yirik suv o'simligidir, uning
bargi barkashdek keladi: guli faqatgina ikki
oqshom va ikki tungina ochilib, tusini oq
rangdan to ‘q qizil ranggacha to'rt marta
o'zgartiradi. Viktoriyaning ikki metrli yaprog'i
ustida 3 yashar bola xuddi stolda o'tirgandek
bemalol o'tirishi mumkin.
Viktoriyaning vatani — Janubiy Amerika,
mamont daraxtining vatani — Shimoliy Ameri
ka, evkaliptning vatani — Avstraliya bizdan
juda uzoqda.
Lekin bir kunning o'zidayoq «dunyo
bo'ylab sayohat» qilish, mamont daraxtini
ham, evkalipt, viktoriya, Afrika palmalari, alp
lolaqizg'aldoqlari,
tayga kedrlari va mevalari
pishib yetilayotgan banan daraxtlarini ham
ko'rsa bo'ladi. Buning uchun nima qilish
kerak? Botanika bog'iga borish lozim. Mam-
lakatimizning va butun yer kurrasining o'simlik
boyliklari bilan tanishmoqchi bolgan barcha
kishilar uchun botanika bog'ining eshiklari
ochiq. Botanika bog'iga maktab o'quvchilari
ekskursiyaga keladilar, uning gerbariy va ti
rik kolleksiyalaridan talabalar ham, professor-
lar ham o'z mashg'ulotlari uchun foydalanadi-
lar.
Dunyodagi eng qadimgi botanika bog'i
Salerno (Italiya)da bolib, u 1309-yilda barpo
etilgan.
Pomir tog'idagi botanika bog'i dunyoning
eng
baland joyidagi, Xibin tog'laridagi Qutb
alp botanika bog'i eng shimoliy mintaqadagi
botanika boglaridir.
Toshkentdagi O'zbekiston Fanlar aka-
demiyasining Botanika bog'ida O'rta Osiyo
respublikalari, Yevropa mamlakatlari, Kavkaz,
Uzoq Sharq o'lkalari, Shimoliy Amerika, Xi
toy va O'rta dengiz bo'yidagi mamlakatlardan
keltirilib iqlimlashtirilgan 6 mingdan ortiq tirik
o'simliklarni ko'rish mumkin.
Bizning botanika bog'imiz Sankt-Peter-
burg va boshqa mamlakatlardagi botanika
bog'lari bilan o'simlik uruglarini almashadi,
nodir o'simliklarni izlab topish uchun eks-
peditsiyalar uyushtiradi.
Olib kelingan
o'simliklar yangi iqlimga moslashtiriladi.
BOG4
Naqsh olma, nashvati nok, olxo'ri, shirin-
shakar shaftoli, o'rik, anor, anjir, malina, kar-
sildoq uzumlarni kim sevmaydi deysiz. Anvoyi
g ullarning
m uattar
h id la ri-ch i!
Bu
ne’matlarning hammasi bog'da yetishtiriladi.
Bu m evalar konservalanib qishga olib
qo'yiladi, quritiladi, shuningdek, bu mevalar-
dan murabbolar, turli sharbatlar,
ichimliklar
tayyorlanadi.
Ko'p ming yillar ilgari kishilar yow oyi
daraxt, butalar, o't-o'lanlarning mevalarini
iste’mol qilish bilan kifoyalanar edilar. Bunday
o'simliklarning ko'p turlari hozir ham Yevropa,
Osiyo va boshqa qit’alarda uchrab turadi.
Bog'larda yetishtiriladigan barcha mevalar
ana shu yow oyi o'simliklarning avlodidir.
Masalan, odamlarga yowoyi olma mevasi
yoqib qoladi, shunda ular shu olma urug'idan
yosh nihollar yetishtira boshlaganlar, ba’zida
esa o'rmondagi yow oyi daraxtni keltirib,
o'zlari yashaydigan joylariga yaqinroq yerga
o'tqazganlar. Yowoyi daraxt avlodlaridan esa
eng yaxshi nihollarnigina kelajak uchun
qoldirganlar. Ana shu kabi saralash ko'p asr-
lar davom etgan.
Shu tariqa asta-sekin me-
vali o'simliklarning hozir biz madaniy deb
ataydigan yangi tur—xillari paydo bolgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yirik, sersuv, shirin mevasi bilan ular yovvoyi
ajdodlaridan tubdan farq qiladi.
Yersharining turli joylarida olma, nok, olxo'ri
kabi 200 dan ortiq meva va rezavor meva turi
o'stiriladi. Har bir meva turining esa yuzlab va
minglab navlari yaratilgan. Ular o'z mevalari-
ning mazasi, katta-kichikligi, pishib yetilish
muddati va yana ko'pgina xususiyatlariga
ko'ra bir-biridan farq qiladi. Faqat olma, nok,
shaftoli, olxo'ri, olcha kabi beshta asosiy me-
vali daraxtning 20 mingga yaqin navi bor. 01-
maning o'zi 6 mingdan ortiq navga ega. Ja-
honda olma, zaytun, finikiya palmasi, banan,
mango eng ko'p
ekiladigan meva turlariga
kiradi.
Mevali o'simliklar ko'p yillik hisoblanadi.
Olma va nok 100 yil, yong'oq 100— 300 yil,
smorodina bilan malina esa 25 yil yashashi
mumkin.
Mamlakatimizning bog'-rog'larida olma,
nok, behi, olxo'ri, gilos, o'rik, shaftoli, yong'oq
kabi mevalarning 20 turi o'stiriladi.
Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan
bo'lgan bog'dorchilik respublikamizda pax-
tachilik, ipakchilik, sabzavotchilik kabi yetak-
chi sohalar bilan birga rivojlantirilmoqda.
O'zbekiston bog'lari qadimdan mashhur.
O'zbekiston ko'pgina meva turlarining vatani
hisoblanadi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi
asosida — olma, o'rik, nok, yong'oq, bodom,
anor, anjir, tok va boshqa mevalarning sarxil
navlari yaratilgan. Respublikamiz bog'larida
urug'li meva daraxtlari (olma, nok, behi va
boshqalar), danakli meva daraxtlari (o'rik,
shaftoli, gilos, olxo'ri va boshqalar), subtropik
mevalar (anor, anjir, xurmo), yong'oq mevali-
lar (yong'oq, pista, bodom),
rezavor mevali-
lar (qulupnay, malina, smorodina) asosiy
o'rinni egallaydi. O'lkamizning iqlimi, tabiiy
sharoiti mevali daraxtlardan mo'l hosil yetish-
tirish imkonini beradi.
Bog'dorchilikni rivojlantirishda yangi meva
navlarini yaratish, ularni ma’lum bir hududlar-
da o'sishi uchun iqlimlashtirish, ularning
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bog'da olma terimi.
o‘sishi va rivojlanishi, hosil berishi qonuniyat-
larini o'rganishda olimlarning katta hissasi
bor. 0 ‘zbekistonda akademik Mahmud Mirza-
yev, xalq seleksionerlari
Rizamat Musamu-
ham m edov, Zayniddin Faxritdinov va
boshqalar bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta
hissa qo'shganlar. 20-asr boshlarida aka
demik R.R.Shreder Toshkent shahri yaqinida
Turkiston qishloq xo'jaligi tajriba dalasi tash
kil etgan edi. 1948-yildan bu ilmiy muasassa
R.R.Shreder nomi bilan atalgan bog'dorchilik,
tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga
aylantirildi. Respublikamizning ko‘p joylarida
bu institutning filiallari bor. Institut olimlari bog‘
va tokzorlardan mo‘l hosil olish agrotexnikasi-
ni ishlab chiqib, respublikaning tegishli minta-
qalariga tatbiq etmoqdalar. Did bilan par-
varish qilingan bog'larda mehnatkashlar faqat
mevasidan bahramand bolib qolmay, miriqib
dam oladilar ham.
0 ‘lkamiz bog'-rog‘larga aylanmoqda.
Mamlakatimizda maktablar qoshidagi bog'lar
ham behisob. Bu bog'larda yosh tabiatshu-
noslar, bo'lajak bog'bonlar mehnat qilishadi.
Ularning ezgu niyatlari ona yerimizda yangi
bog'lar yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: